239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI
25-rasm. Bakterium koli .
Ichak
tayoqchasi
(Bacterium
coli)geterofermentativ bijg‘ish jarayonida ishtirok etadi (25-rasm).
Ba’zi vaqtlarda sut-kislotali bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan mahsulotlar,
bakteriya va achitqilarning ishtirokida hosil bo‘ladi. Bunday mahsulotlar tarkibida
sut kislotadan tashqari spirt ham hosil bo‘ladi, bunday mahsulotlarga qimiz va
kefir misol bo‘ladi. Kefir olish uchun tomizg‘i sifatida kefir “donalari” qo‘shiladi,
bular tarkibida bakteriyalardan tashqari achitqilar ham bo‘ladi. 1866 yilda vrach
Djogi kefir “donachalari” tarkibida bakterium kavkazikum, streptokokkus laktis va
achitqi zamburug‘lari borligini birinchi bo‘lib aniqlagan.
Qimiz tarkibida 2% spirt bo‘ladi. Qimiz tayyorlash uchun biya suti alohida
tomizg‘i (“kor”, “qatiq”) bilan achitiladi. Tomizg‘ida sut kislota hosil qiluvchi
bakteriyalar va achitqi zamburug‘lari bo‘ladi. Boshqa ichimliklar – kuranga,
matsun kabi ichimliklar ham sutdan, shunday yo‘l bilan tayyorlanadi (Karam va
bodring tuzlashda osh tuzidan qo‘shiladi).
Silos tayyorlash . Sut kislotali bijg‘ish jarayoniga asoslangan holda chorva
mollari uchun sifatli silos tayyorlanadi. Yem xashakni siloslashda tipik va tipik
bo‘lmagan sut kislotali bijg‘ish jarayoniga asoslaniladi. Bunda sut kislotadan
tashqari sirka kislotasi hamda spirt hosil bo‘ladi. Sut kislotasi hosil qiluvchi
bakteriyalar ko‘payishi uchun muhit anaerob bo‘lishi zarur, ho‘l silos vaznining
1,5-2% miqdorida kislota to‘planadi va chirituvchi bakteriyalar rivojlanishini
cheklab ko‘yadi. Siloslash uchun tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan o‘simliklar
ishlatiladi.
3-jadva
l Siloslash uchun ishlatiladigan o‘simliklar va ular
tarkibidagi shakar miqdori
(A. A. Zubrilin, Ye. N. Mishustin, V. A. Xarchenkolar ma’lumoti)
65
O‘simliklarning
gruppalarga bo‘linishi
O‘simliklar
Shakar miqdori,
quruq
moddaga
nisbatan, (%)
Haqiqiy
shakar
miqdori
(quruq
moddaga
nisbatan, %)
Yaxshi siloslanadigan
o‘simliklar
Makkajo‘xori
Jo‘xori
Topinambur
Kungaboqar
3,4-5,4
5,0
4,0-9,4
10,3-12,2
12,0-13,8
15,6-17,8
19,1-23,5
14,3-14,8
Qiyin
siloslanadigan
o‘simliklar
No‘xat
Qashqarbeda
Vika
Sebarga
8,1
5,8-6,16
4,3- 5,2
4,5
9,6
6,4-6,7
5,7-6,6
5,7
Siloslanmaydigan
o‘simliklar
Beda
Soya
Kartoshka
palagi
5,5
4,7-6,0
3,6
3,9
3,3-4,4
2,5
Savollar. 1. Spirtli bijg‘ish jarayonida qaysi mikroorganizm ishtirok etadi?
2. Spirtli bijg‘ish jarayoni ximizmi qaysi omillarni o‘rganadi?
3. Bijg‘ish jarayoni bilan nafas olish jarayonining uzviyligini tushuntiring.
4. Spirtli bijg‘ish jarayonining ahamiyatini tushuntiring.
5. Sut-kislotali bijg‘ishda ishtirok etadigan mikroorganizmlar va ularning
guruhlarini aytib bering.
6. Sut-kislotali bijg‘ishning gomofermentativ va geterofermentativ hollarda
borishini sabablarini izohlang.
7. Moy kislotali, pektinli moddalar va sellyulozaning bijg‘ish jarayonlari