P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

3.11. Moy kislotali bijg‘ish. 
Moy kislotali bijg‘ish jarayoni tabiatda keng tarqalgan. Bu biologik jarayon 
ekanligini 1861 yilda Lui Paster isbotlab bergan. Jarayonni moy kislotali 
bijg‘ituvchi bakteriyalar olib boradi. Tipik anaeroblar spora hosil qiladigan, 
vegetativ hujayralari duksimon, nog‘ora (baraban) tayoqchasiga o‘xshash, 1-5 nl 
uzunlikda bo‘ladi. Bular tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, sut, sir (pishloq), 
konservalarni buzadi, sabzavotlarni chiritadi va xalq xo‘jaligiga katta zarar 
yetkazadi. Lekin ba’zi vakillari (Clost. pasterianum) molekulyar azotni 
o‘zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi (26-rasm). 


 66 
Tuproqda uchraydigan bakteriyalarning 90% moy kislotali bijg‘ish 
jarayonida ishtirok etuvchilardir. Ular turli uglevodlar, spirtlar, kislotalar, kraxmal, 
glikogen, dekstrinlarni ham bijg‘ita oladi. Hosil bo‘lgan moy kislota boshqa 
organizmlar uchun oziqa manbai hisoblanadi. Moy kislota, moylar ba’zan 
murakkab va oqsillar parchalanganda ham hosil bo‘lishi mumkin, hatto oz 
miqdorda moy kislota hosil bo‘lsa ham, oziqa mahsulotlarining sifati buziladi. 
Moy kislotali bijg‘ish jarayoni quyidagi reaksiyaga muvofiq boradi: 
S
6
H
12
O
6


CH
3
CH
2
CH
2
COOH +2SO
2
+2N
2
O+20 kkal 
moy kislota 
Moy kislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning elektiv kulturasi uchun quyidagi 
sharoit zarur: anaerob muhit, shakar, oziqani 100° gacha isitish va unga ozgina 
tuproq qo‘shish kifoya. Oziqa isitilganda undan kislorod chiqib keladi va anaerob 
sharoit vujudga ketadi, bu oziqadan ko‘p miqdorda idishga solinadi va 30° li 
termostatda yoki issiq xonada o‘stiriladi. 
Pektinli moddalarning bijg‘ishi
.
Tabiatda keng uchraydigan bijg‘ishlardan 
biri, pektinli va sellyulozali bijg‘ishdir. Pektin o‘simliklar to‘qimasida ko‘p 
miqdorda bo‘lib, hujayralarni bir-biri bilan biriktirib turadi. Pektin juda murakkab 
birikma suvda erimaydi, kislotali muhitda kislota va uglevodlarga parchalanadi. 
Pektin kislotani ba’zi bakteriyalar, mog‘or zamburug‘lari, aktinomitsetlar va 
boshqa mikroorganizmlarda uchraydigan pektinaza, propektinaza va pektaza 
fermentlari parchalaydi: 
1) S
46
N
68
O
40 
+ 10N
2
O


4SNO(SNON)
4
SOON + S
6
N
12
O
6

pektin galakturon kislota galaktoza 
+ S
5
N
10
O
5
+ S
5
N
10
O
5
+ 2SN
3
SOON + 2SN
3
ON 
arabinoza ksiloza sirka kislota metil spirt 
so‘ngra uglevodlarni bakteriyalar anaerob sharoitda bijg‘itadilar:
2) S
6
N
12
O



SN
3
SN
2
SN
2
SOON + 2SO
2
+ 2N
2
+ X kkal 


 67 
galaktoza moy kislota 
S
5
N
10
O
5


SN
3
SN
2
SN
2
SOON + SO
2
+ N
2
+ X kkal. 
Pektinli bijg‘ish jarayoniga asoslanib, tolali o‘simliklardan tola ajratib 
olinadi. Bunda shudringli usul va suvda ivitish usullari qo‘llaniladn. Suvda 
ivitilganda zig‘ir, kanop va boshqa tolali o‘simliklar betonlangan hovuzlarda 25° da 
ko‘p miqdordagi suvga botirib qo‘yiladi. Dastlab ko‘p miqdorda ko‘pik hosil 
bo‘ladi, keyin pektinli bijg‘ish boshlanadi va tola oson ajraladi. Jarayon anaerob 
sharoitda yashaydigan spora hosil qiluvchi Clostridium pectinovorum (klostridium 
pektinovorum) bakteriyasi ishtirokida boradi. 
Shudringli usulda ivitishda tolali o‘simliklar kuzda yerga bir tekis yoyiladi 
va bijg‘ish aerob usulda, zamburug‘lar ishtiroki bilan boradi. Pektinli 
bijg‘ishda ishtirok etadigan bakteriyalar 1895 yili S. N. Vinogradskiyning 
laboratoriyasida Fribes tomonidan ochilgan va Clost. felsineum deb 
nomlangan. Keyinchalik Beyernik uni Granulobacter pectinovorum deb atagan, 
chunki u granulyozaga xos bo‘lgan (yod ta’siridan ko‘karish) reaksiyani 
bergan. Hozir esa Clostridium avlodiga kiritiladi. 1916 yili yana ikkinchi vakil 
Clost felsineum ham ma’lum bo‘ldi. 
Sellyulozaning anaerob yo‘l bilan bijg‘ishi
.
Sellyulozaning anaerob yo‘l 
bilan bijg‘ishini V. L. Omelyanskiy aniqlagan. Uni parchalaydigan bakteriyalar 
anaerob sharoitni talab qiladi. Bakteriyalar nog‘ora tayoqchasiga o‘xshash spora 
hosil qiladi. Ulardan biri sellyulozani moy kislotali bijg‘ishga o‘xshash bijg‘itadi, 
sirka kislota, karbonat angidrid va metan hosil qiladi.
Ikkinchi bakteriya esa metan o‘rniga vodorod hosil qiladi. 
Birinchi bakteriyani Omelyanskiy Vas. cellulosae hydrogenicus deb atagan. 
Bu bakteriya 10-12 nm uzunlikdagi spora hosil qiladi va hujayrasi nog‘ora 
cho‘piga o‘xshab ketadi. Ikkinchi bakteriya Vas. cellulosae methanicum. U 
maydaroq spora hosil qiladi va ko‘rinishi nog‘ora cho‘piga o‘xshab ketadi. 
Metanli bijg‘ishda ko‘p miqdorda SO
2
, SN
4
va sirka kislota hosil bo‘lsa, 
moy kislota esa kam hosil bo‘ladi. Ikkinchi vodorodli bijg‘ishda SO
2
va N
2
kam 
hosil bo‘lsa, moy va sirka kislota ko‘proq hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, chumoli 
va valerian kislotalar ham hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda faqat bitta bakteriya - Vas. 
Omelianskii sellyulozaning bijg‘ishida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Sellyulozani 


 68 
anaerob yo‘l bilan parchalovchi bakteriyalar suv havzalarining cho‘kindilarida 
ko‘p uchraydi. Tuproqda sellyulozani parchalashda zamburug‘lar aktinomitsetlar, 
aerob bakteriyalarning ayrim turlari ishtirok etadilar. 
Sellyulozaning aerob yo‘l bilan parchalanishi
.
Sellyulozaning aerob yo‘l 
bilan parchalanishida ko‘pgina bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar 
ishtirok etadilar. Odatda, sellyuloza parchalanganda shakarlar, yuqori molekulali 
organik kislotalar hosil bo‘ladi. Oraliq mahsulotlar sifatida esa oksikislotalar hosil 
bo‘ladi. Bulardan azotobakter va klostridium avlodiga mansub bakteriyalar oziq 
sifatida foydalanadilar. Azotobakter va klostridium tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, 
1929 yili S. N. Vinogradskiy tomonidan aniqlangan. Petri likobchasiga mineral 
tuzlar aralashmasida ho‘llangan filtr qog‘oz qo‘yiladi va ozgina tuproq qo‘shiladi. 
Unda (zangori, yashil yoki kul rangli) koloniyalar hosil bo‘lsa va filtr qog‘ozini 
yemirishi kuzatilsa sellyulozani parchalovchi bakteriyalar borligini ko‘rsatadi. 
Vinogradskiy sellyulozani parchalaydigan va spora hosil qilmaydigan aerob 
bakteriya borligini ham aniqlagan. 
1) Spirohaeta sytoophaga - uchlari bir oz qayrilgan, sellyuloza uni uchun 
zarur oziqa hisoblanadi. 
2) Cellovibrio - uchi bir oz qayrilgan, uzun tayoqchasimon bakteriya. 
3) Cellofacicula - uchi qayrilgan kalta tayoqchasimon mikrob. 
Bu mikroblar ta’sirida sellyuloza tez parchalanadi. Bulardan tashqari, 
sellyulozani aktinomitsetlar, penitsillium, trixoderma, aspergillus kabi, mog‘orlar 
va boshqa aerob mikroblar ham parchalashi mumkin. 
Sellyuloza parchalanishining odam hayoti uchun foydali va zararli tomonlari 
bor. Foydali tomoni shundaki, yerning unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, 
sellyulozani parchalaydigan mikroblar o‘txo‘r hayvonlarning ovqat xazm qilish 
jarayonida muhim rol o‘ynaydi, dag‘al xashaklarning hazm bo‘lishini 
osonlashtiradi. Lekin zararli tomoni shundaki, qog‘oz va yog‘ochning sifatini 
buzadi, ayniqsa Merulius avlodiga mansub zamburug‘lar qurilishga katta zarar 
yetkazadi. 
Propion kislotali bijg‘ish

Propion kislotali bijg‘ish Propionbacterium avlodiga 
mansub bakteriyalar tomonidan amalga oshriladi. Bu bakteriyalar grammusbat, 
harakatsiz, tayoqchasimon bo‘lib, spora hosil qilmaydilar va anaerob mikroorganizmlar 
safiga kirsada, kislorodli, past bosimda ham rivojlanib, ko‘paya oladilar. Ular uchun 


 69 
energiya manbai bo‘lib karbonsuvlar, organik kislotalar, spirtlar va boshqa metabolitlar 
xizmat qiladilar. 
Bu bakteriyalardan tashqari propion kislotasini shuningdek, Selenomonas va 
Micromonospora va boshqa avlodga mansub bakteriyalar ham sintez qila oladilar. 
Shulardan biri Micrococcus lactilyticus bakteriyasidir. Ular anaerob sharoitda 
glyukozani, saxarozani, laktozani va pentozalarni, hamda laktat, malat, glitserin va 
boshqa substratlarni bijg‘itib propion kislota hosil qila oladilar. 
Propion 
bakteriyalar 
ishtirokida 
shakarlarni 
parchalashni 
pirouzum 
kislotasigacha bo‘lgan bosqichi Embden-Meyergof sxemasi asosida o‘tadi. Bijg‘ishni 
boshlang‘ich mahsuloti bo‘lib, sut kislotasi ham -bo‘lishi mumkin. Bu holatda reaksiya 
laktatdegidrogenaza fermenti ishtirokida amalga oshadi va natijada pirouzum kislotasi 
hosil bo‘ladi. Keyin piruvat biotin-SO
2
kompleksi ishtirokida metilmalonil-KoA-
karboksitransferaza fermenti yordamida karboksillanadi va aksaloatsetatga aylanadi, 
keyin malat va fumarat orqali suksinatgacha qaytariladi. 
Bunda, fumaratreduktaza fermenti ATF ni regeneratsiyasida ishtirok etadi. 
Undan keyin suksinat suksinil-KoA-transferaza fermenti ishtirokida KoA ga bog‘lanadi, 
oqibatda suksinat faollashadi. Suksinil-KoA metilmalonil-KoA-mutaza fermenti ta’sirida 
va koferment V
12
ishtirokida metilmalonil-KoA ga aylanadi. Mana shu oraliq 
mahsulotdan SO
2
ajralib chiqadi. Natijada propionil-KoA hosil bo‘ladi, SO
2
esa 
jarayonning dastlabki bosqichida faoliyat ko‘rsatayotgan metilmalonil-KoA-
karboksitransferaza fermentiga bog‘lanadi. Propionil-KoA dan KoA-transferaza fermenti 
KoA ni suksinatga o‘tkazganligi oqibatida propionat hosil bo‘ladi. 
Reaksiya muhitida propion kislotasi bilan bir vaqtda sirka kislotasi (u 
piruvatdan hosil bo‘ladi) ham to‘planadi. Bijg‘ish jarayoni mo‘’tadil holatda 
o‘tganda propion kislotasining sirka kislotasiga nisbati 9:1 ni tashkil etadi. 
Propion kislotali bakteriyalarga xos bo‘lgan biokimyoviy xususiyatlardan biri 
ularning tiamin, biotin va pantoten kislotasini sintez qila olmasliklaridir. Ma’lumki, bu 
moddalar bijg‘ish jarayonini ta’minlovchi ferment tizimining faoliyat ko‘rsatishi 
uchun eng kerakli moddalar hisoblanadilar. Bakteriyalar uchkarbon kislotasi
halqasiga kiruvchi barcha fermentlarni hamda elektron-transport zanjiriga kiruvchi 
komponentlarni (degidrogenazalar, nogeminli temir, metaxinon
va sitoxromlarni) 
saqlaydilar. Shuning uchun ham substratni fosforlashdan tashqari bakteriyalar sitoxromdan 
elektronlarni ko‘chirib fumaratga o‘tkazuvchi va fumarat hosil qiluvchi oksidlanib, 
fosforlantirish xususiyatiga ham ega. 
Propion kilotali bakteriyalardan tashqari bunday yo‘l bilan bijg‘ish jarayonini 
Veilonella alcalescens va Selenomonas ruminantium ham amalga oshirishi 
mumkinligi kuzatilgan. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin