59
Cpirtli bijg‘ish ikki bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqichda - glyukozadan fruktoza -1,6-difosfat hosil bo‘ladi. Keyin
u 2 molekula triozani hosil qiladi.
Ikkinchi bosqichda - 2 molekula triozadan 2 molekula piruvat hosil bo‘ladi.
Oltita uglerod molekulasiga ega bo‘lgan glyukozaning ikkita uch uglerodli
piruvatga parchalanishi birin-ketin amalga oshuvchi 10 ta fermentativ reaksiyalar
yordamida amalga oshadi.
Dastlabki, besh reaksiya glyukozani parchalash uchun tayyorgarlik bosqichi
hisoblanadi. Bu reaksiyalarda glyukoza S6 holatida ATF hisobidan fosforillanadi,
keyin izomerlanish oqibatida fruktoza-6-fosfatga aylanadi, u esa S1 holatida
fosforillanadi va fruktoza-1,6-bifosfat hosil bo‘ladi. Bu molekulaning parchalanishi
oqibatida ikki molekula glitseroaldegid-3-fosfat hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich ham birin-ketin keladigan 5 ta fermentativ
reaksiyadan iborat bo‘lib, piruvat hosil bo‘lishi bilan tugallanadi.
Dostları ilə paylaş: