56
rasmlar). Bulardan tashqari, hujayrasida (bakteriopurpurin) pigment bo‘lgan
qirmizi va yashil rangli oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum. Qirmizi rang
bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy tarkibi jihatidan karotinoidlarga (likopin
gruppasiga) yaqin turuvchi bakteriopurpurun va havoda oksidlanganda xlorofillga
yaqin mahsulot hosil qiluvchi yashil pigment-bakterioxlorin uchraydi.
Vannilning aniqlashicha, bakteriyalarda boradigan fotosintez jarayoni yashil
o‘simliklarda boradigan fotosintezdan farq qiladi. Agar yashil o‘simliklarda avval
suv molekulasi fotolizga uchrasa va O
2
suvdan ajralsa, bakteriyalarda suv fotolizga
uchramaydi va N boshqa moddadan olinadi. Shuning uchun O
2
ajralmaydi.
Qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez anaerob sharoitda boradi. Bu
bakteriyalar 2 oilaga: Thiorodaceae (hujayrasida S tomchi shaklida to‘planadi) va
Athiorodaceae (hujayrasida S uchramaydi, bular N
2
S ni oksidlay olmaydi va
organik moddalar bo‘lgan oziqa muhitida o‘sa oladi)ga bo‘linadi. Bulardagi
fotosintez jarayoni xuddi qirmizi rang bakteriyalardagiga o‘xshash boradi, faqat O
2
ajralmaydi. Qirmizi rang bakteriyalar orasida avtogeterotroflar va avtotroflar ham
bor.
Yashil
rang
oltingugurt
bakteriyalari
hujayrasida
yashil
rangli
bakterioveridin pigmenti bo‘ladi. Ular N
2
S ni o‘zlashtirib, SO
2
ni qaytaradi,
hujayrasida oz miqdorda bakterioxlorofill va karotinoidlar uchraydi. Xemosintez
jarayonida organik moddalar ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun ham
xemosintez, fotosintez jarayoni singari keng tarqalmagan, chunki fotosintez
jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar barcha tirik organizmlar uchun oziq
manba hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: