P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

.
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi
.
V. O. Tauson 1925 yildan 
boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va 
zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va 
anaeroblarga ajratadi. Keyinchalik u ochiq zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi 
formalarni ham topgan. Toluol, benzol, ksilolni parchalovchi turlarni aniqlagan. 
Ba’zilari faqat toluolni parchalasa, boshqalari 2 halqali (definil, naftalinni), 
uchinchilari uch halqali (fenantren va antratsen) uglevodorodlarni parchalaydi. 
Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu 


 54 
ishlari geterotrof mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni nihoyatda 
xilma-xil ekanligini ko‘rsatadi. 
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez.
Barcha yashil 
o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida SO
2
va 
N
2
O dan organik modda hosil qilish, ya’ni fotosintez jarayonidir. Uni tubandagi 
tenglama bilan ifodalash mumkin: 
6SO
2
+ 6N
2

→ S
6
N
12
O
6
+6O
2
Fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada 
to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi. 
18-rasm. Yashil bakteriyalar
19-rasm. Qirmizi bakteriyalar
Tuban organizmlardan ko‘k-yashil va bir hujayrali yashil suv o‘tlarda ham 
fotosintez jarayoni boradi, ayniqsa bu jarayon xlorella misolida yaxshi o‘rganilgan 
(20-rasm). Yuksak o‘simliklardan farqli o‘laroq, yashil bakteriyalar va ko‘k-yashil 
suvo‘tlari xlorofillni qorong‘ida hosil qiladilar. Rus olimi Lrtari (1899, 1913) 
aniqlashicha, ko‘pchilik yashil suvo‘tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan 
suvo‘tlar agar-agarda yaxshi o‘sadilar (ya’ni oziqda glyukoza, pepton, mineral 
tuzlar bo‘lganda). Bu esa V. N. Lyubimenko va A. I. Oparinni “geterotrof 
oziqlanish - avtotrofdan oldin kelib chiqqan” degan fikrini tasdiqlaydi. Yashil 
bakteriyalar va yuksak o‘simliklardagi xlorofill turli nurlarni yutadilar. Yuksak 
o‘simliklardagi xlorofill qizil va ko‘kbinafsha nurlarni yutsa, bakteriyalardagi 
xlorofill olti xil rangli nurlarni yutadi. 
Bundan tashqari, bakterioxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha, 
nurlarning yutilish maksimumi yashil va qirmizi rang bakteriyalarda 800-890 nm 
oralig‘ida (18 va 19 rasmlar). Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400-600 nm 
orasidagi nurlarni yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadilar. Ulardagi xlorofill 
faqat elektron mikroskopda ko‘rinadi. Ularda fotosintez quyidagicha boradi: 
Yashil bakteriyalarda: SO
2
+2N
2

→ S
6
N
12
O
6
+H
2
O+S
2
Qirmizi bakteriyalarda: SO
2
+2N
2
S+2H
2
O
→ S
6
N
12
O
6
+H
2
SO
4


 55 
20-rasm. Chlorella sp


Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin