47
mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun, o‘sishi va rivojlanishi uchun sarf
bo‘ladi.
Nafas olish jarayonida elektronlar organik moddalardan molekulyar kislorodga
ko‘chib o‘tadilar. Bu holatda organik birikmalar hujayra yoqilg‘isi vazifasini
o‘taydi. Agar aerob nafas olishni bijg‘ish bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, har ikkala
jarayonda ham bitta birikmadan, ya’ni glyukozadan har xil moddalar hosil bo‘lishini
kuzatamiz.
Nafas olish jarayoni murakkab va ko‘p bosqichlidir. Nafas olishda bijg‘ishga
nisbatan substrat chuqurroq oksidlanadi va o‘zgaradi.
Bijg‘ish: S
6
N
12
O
6
2laktat (-47kkal)
Nafas olish: 2S
6
N
12
O
6
+ 6O
2
6SO
2
+ 6N
2
O (-686kkal)
Ko‘rinib turibdiki, nafas olish, bijg‘ishga nisbatan afzalroq jarayon. Aerob
sharoitida glyukozadagi barcha uglerod atomlari uglerod dioksidi hosil bo‘lishiga
qatnashadilar. Bu esa nafas olish jarayonida glyukoza molekulasidan ichki
bog‘larning energiyasi maksimal darajada ajralib chiqadi deganidir. Glyukozaning
anaerob sharoitda o‘zgarishida esa, har qanday tipdagi bijg‘ish jarayoni bo‘lmasin,
bari-bir oxirgi mahsulot sifatida etanol, propanol, butanol, propionat, suksinat, laktat
yoki glyukozaning to‘liq oksidlanmagan, qandaydir mahsuloti paydo bo‘ladi. Bu
birikmalarning har qaysining ichki molekulyar energiyasi SO
2
nikiga nisbatan juda ham
baland bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan moddalarda uglerod va vodorodning o‘zaro nisbati
xuddi glyukozadagidek ekanligi ham mana shuni ko‘rsatadi.
Shunday qilib, biokimyo nuqtai nazaridan har qanday tipdagi bijg‘ishni energetik
to‘liq amalga oshmagan jarayon sifatida qarash mumkin. Bu holat aerob va anaerob
jarayonlar orasidagi energetik disbalansning yagona sababi emas. Ma’lumki,
elektronlarni molekulyar kislorodga ko‘chirib o‘tkazishda, organik akseptorlarga
o‘tkazishga nisbatan ko‘proq energiya ajraladi. Anaerob oksidlanishda molekulyar
kislorod ishtirok etmasligini hisobga olinsa, elektronlar akseptorlari bo‘lib, faqat
organik birikmalar xizmat qilishi aniq bo‘ladi.
Anaerob
o‘zgarishlar
natijasida
hosil
bo‘lgan
atsetil
guruhlar
katabolizmning atamal bosqichiga kiradi. Oksidlanishning bu bosqichi
uchkarbon
kislotalari
halqasi,
limon
kislotasi
halqasi
yoki
Krebs
halqasi
deb
ataladi.
Bunda
ishtirok
etadigan
organik
birikmalarning
oksidlanishi
tugaydi:
atsetil
guruhlar
uglerod
dioksidi
va
vodorodga
parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: