45
boshqalarni ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bakteriyalarning kauchuk,
paxta, ipak, kofe, kakao, tamaki va boshqalarni qayta ishlashda roli katta.
Mikroorganizmlarning sintezlash hususiyati juda yuqori. Mikroorganizmlarning
biokimyoviy faoliyati fotosintezdan kam emas. Fermentlar mikroorganizmlarga
metan, butan va boshqa uglevodorodlarni biriktirib olishiga va ulardan murakkab
organik birikmalar sintezlashiga imkon beradi. Fermentlar ekzofermentlar,
endofermentlar, konstitutiv va induktivlarga bo‘linadi. Ekzofermentlar xujayradan
tashqarida, endofermentlar xujayraning ichkarisida faoliyat ko‘rsatadilar.
Konstitutiv fermentlar har doim ma’lum miqdorda xujayraning tarkibida bo‘ladilar.
Unga lipaza, karbogidraza, proteinaza va boshqalarni hosil qilib ko‘rsatish
mumkin. Induktiv fermentlar qachonki xujayrada ularga ehtiyoj sezilgandagina
hosil bo‘ladilar (penitsillinaza, dekarboksilaza). Bakteriyalar, suv o‘tlari,
zamburug‘lar, o‘simliklar golofit usulida oziqlanadilar. Ular oziqani erkin holatda
qabul qiladilar. Eritmaning past konsentratsiyasini, bakteriya sitoplazmatik
membranasining yuqori konsentratsiyali zonasidan o‘tishi, osmos xodisasiga
asoslanadi. Bakterial xujayra membranasi moddalar almashinuvida katta rol
o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: