2.3. Viruslarning kimyoviy tarkibi
Ko‘pchilik viruslarda DNK xalqa ko‘rinishida (poliomavirus), parvovirusda
- DNK bitta spiral, reoviruslarda - RNK ikkita spiral holatda bo‘ladi. Viruslarning
nuklein kislotalarini tarkibiga kiruvchi azotli asos va shakar komponentlari bir-
biridan farq qiladilar. Viruslardagi nuklein kislotaning molekulyar massasi ham
viruslarning turiga qarab, DNK saqlovchi viruslar uchun 1x10
6
dan 2x10
8
daltongacha, RNK uchun 2x10
6
dan 15x10
6
daltongacha bo‘lishi mumkin.
Virus oqsili 16-20 aminokislotalardan tashkil topgan. Har bir virus uchun
aminokislotalar o‘zlarining S va N aminogruppalari bilan birgalikda ma’lum bir
tartibda joylashgan bo‘ladi. Bitta virusda oqsil bir tur polipeptid zanjiridan tashkil
topgan bo‘lsa, ikkinchi xil virus oqsili esa birnecha xil polipeptidlar zanjiridan
hosil bo‘lgan.
2.4. Viruslar klassifikatsiyasi
Viruslar xujayrasiz organizm bo‘lib, o‘ziga xos genomga ega. Ular inson,
hayvon, xashorot, o‘simliklar, zamburug‘larda obligat parazit bo‘lib, oqsil
sintezlash, fermentativ va energiya xosil qilish xususiyatiga ega bo‘lmagan
organizmdir.
Viruslar ikki guruhga: tarkibida DNK saqlovchi (5 ta oila) va RNK
saqlovchi (10 ta oila)larga ajratiladi. Shakliga ko‘ra viruslar 4 ta guruhga ajratiladi.
Sferik (gripp virusi, parotip, tovuqlardagi leykoz);
Tayoqchasimon (tamaki mozaikasi kasalligi);
Kubsimon (chin chechak);
Spermatozoidsimon (fag).
Virion markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) joylashgan bo‘lib, bir
yoki ikki qavatli qobiq bilan o‘ralgan. Birinchi qobiq, kapsid deb nomlanib, (grek.
“kapsa” – quti) uning tarkibi oqsildan tashkil topgan bo‘lib, bir nechta
monomerlardan tashkil topgan.
Kapsomerlarning soni har bir virusda o‘zgarmaydi (poliomelitda - 60,
adenovirusda – 252, tamaki mozaika kasalligi virusida – 2000). Nuklein kislota va
kapsiddan iborat virion nukleokapsid deb nomlanadi. Oddiy viruslarda bitta
nukleokapsid bo‘lsa, ba’zi virionlarda nukleokapsid lipiddan iborat qobiq bilan
o‘ralgan (murakkab viruslar). Tashqi qobiq (superkapsid) ikki qavatli lipid yoki
oqsil membranadan iborat.
Kapsomerlar muayyan tartibda joylashgan bo‘ladi va shunga asosan ular
spiralsimon, kubsimon va aralashma (kombinirovannыy) simmetriyali bo‘ladi.
Viruslarning o‘lchami 20 dan 350 nm. gacha bo‘lib, ularni filtrlash,
ultratsentrafugalash va suratga olish orqali aniqlash mumkin.
Dunyo
viruslar
nomenklaturasi
qo‘mitasining (MKTV) beshinchi
ma’ruzasida umurtqalilar, umurtqasizlar, o‘simliklar, zamburug‘lar va
prokariotlarning (mikroorganizmlar) 164 avlodi (24 tasi hali klassifikatsiya
41
qilinmagan), 71 oilasi, 9 ta kichik oilasi va bitta tartibi 3,6 ming virus turlari va
subvirus agentlarini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kundagi sistematikada yana bir qancha har xil taksonomik guruhlar
berilgan, virus sotellitlar, viroidlar va fionlar kabi sinflarga bo‘linmagan viruslar
ta’riflangan. Shu kundagi ma’lumotlar amaliy va iqtisodiy ahamiyatga ega 30 000
virus, shtammlari va subtillari haqida axborotlarni o‘z ichiga oladi. (Marphy F.A.,
atal, Virus Taxonomy, Six Reprt ICTV, 1995. Vasilev D.A. va boshqalar. 1999).
Mazkur qo‘mita (XVNQ) viruslarni quyidagi taksonlarga bo‘lib o‘rganadi:
Tartib (-Virales);
Oila (-viridal);
Kichik oila (-virinal);
Avlod (virus);
Tur (virus).
Viruslarni eng oxirgi klassifikatsiyalaridan fild va Nayl taxriridagi
“Virusologiya” darsligida odam va hayvon viruslarini 21 oilasi batafsil
tasvirlangan (1989).
V.M.Jdanov (1990) klassifikatsiyasida viruslarni oddiydan murakkabga
prinsipida evolyutsion nuqtaiy nazardan molekulyar biologiya natijalarini qo‘llab
sinf va boshqa guruhlarga bo‘ladi. Asosiy e’tibor viruslarni o‘lchami, tuzilishi,
qobiqqa ega, yoki ega emasligi, nuklein kislotalari va ularni mamono, bi,
multipartitligi (bir qismdan, ikki qismdan va ko‘p qismdan) haqidagi axborotlarga
asoslanadi.
Nobel mukofoti sovrindori (1971) Devid Baltimor viruslarni xo‘jayin
hujayrasida m-RNK (oqsil sintezlanadigan RNK hosil bo‘lish mexanizimiga
asosan 7 guruhga ajratiladi.). 1-ikki zanjirli DNK; 2-Bir zanjirli DNK; 3-ikki
zanjirli RNK; 4-(+) bir zanjirli RNK; 5-(-) bir zanjirli RNK; 6-bir zanjirli RNK; 7-
ikki zanjirli DNK-RNK.
Hozirgacha viruslarning 300 ga yaqin turi aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 ta turga,
21 ta oilaga birlashtirilgan, har bir oila avlodlardan tashkil topgan, avlodlar esa
turkumlarga bo‘lingan.
Tarkibida DNK bo‘lgan viruslar
Poksviruslar (ichak viruslari)
Chin chechak virusi
Gerpes (uchuq) virusi
Suv chechak virusi
Adenovirus infeksiyasiii vujudga keltiruvchilar, adenoviruslar
F a g l a
r
1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi)
2. Sianofaglar (ko‘k yashil suv o‘tlar virusi)
3. Aktinofaglar (aktinomitsstlar virusi)
Tarkibida RNK bo‘lgan viruslar
1.
Gripp virusi
42
2.
Qizamik virusi
3.
Quturish virusi
4.
Pikornoviruslar
5.
Oqsil virusi
6.
Arboviruslar
7.
Afrika o‘lati.
Savollar
.
Viruslarni tabiati haqida nimalarni bilasiz?
Tarkibida DNK saqlovchi viruslarga misollar keltiring.
Gripp va qizamiq viruslari qaysi guruh viruslariga kiradi?
Viruslarning tarkibida necha xil aminokislotalar topilgan?
Dostları ilə paylaş: |