P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Mikroorganizmlarning morfologiyasi (tashqi tuzilishi)



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
1.3. Mikroorganizmlarning morfologiyasi (tashqi tuzilishi) 
Mikroorganizmlarning shakli ham, o‘lchamlari ham doimiy emas. Ularning 
bu o‘zgarishlari modifikatsion bo‘lib, nasldan-naslga berilmaydi. Tashqi sharoit 
nisbatan turg‘un bo‘lsa, ularning evolyutsion jarayon natijasidagi shakli saqlanib 
qolinadi. Tashqi ko‘rinishi jihatida bakteriyalar 4 ta ko‘rinishda bo‘ladilar: 
sharsimon (kokklar), tayoqchasimon (bakteriyalar, batsillalar, klostridiylar), 
buralgan (vibrionlar, spirillalar, spiroxetalar), ipsimon (xlamidobakteriyalar). 
3-rasm. 
Coccus. sp
 
 
Kokklar (lot. 
soccus 
– 
don, 
sharsimon 
mikroorganizm). 
Sharsimon shakllar doirasimon, ellipissimon, burchoqsimon, lansetsimon. 
Joylanishiga, bo‘linishiga va biologik xususiyatiga qarab: mikrokokklar, 
diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilakokklarga bo‘linadi. 
4-rasm. 
Micrococcus roseu

Mikrokokklar (lot. 
micrococcus) 
– 
yakka, juft yoki tartibsiz joylashgan xujayralardan iborat. Ular havo, suvda saprofit 
tarzda hayot kechiradigan mikroorganizmlar. (Masalan, M. roseus va boshqalar).


 29 
5-rasm. Diplococcus sp

Diplokokklar (lot. diplococcus - qo‘shaloq) bitta tekslikda bo‘linib, juft 
kokklarni xosil etadi. Diplokokklarga minigokokk – meningitning qo‘zg‘atuvchisi, 
gonokokk – gonareyani qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
6-rasm. Streptococcus sp

Streptokokklar bitta tekislikda bo‘lib, har xil uzunlikdagi zanjirni xosil qilib 
joylashadi. Patogen streptokokklar odamda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Tetrakokklar (grekch. tetra - to‘rtta) bir-biriga nisbatan 2 ta perpendikulyar 
tekislikda bo‘linadi. Odamda kasallik qo‘zg‘atuvchi sifatida kam uchraydi. 
7-rasm. Sarcina sp

Sarsina (lot. sarcio - 
bog‘langan) 
sharsimon shaklda bo‘lib, 
ular 
bir-biriga 
nisbatan 3 ta perpendikulyar tekislikda joylashadilar. Ular havoda ko‘p 
uchraydilar. Kasallik qo‘zg‘atuvchi sifatida qayd qilinmagan.
8-rasm. Staphylococcus sp

Stafilakokklar (lot. staphylococcus – shingilsimon joylashgan kokklar). Har 
xil tekislikda, bir-biriga nisbatan tartibsiz joylashgan kokklar. Ba’zilari odam va 
hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Masalan, Shoph. aureus. 
Tayoqchalar
.
Tayoqchasimon bakteriyalar 3 guruhga: bakteriyalar, 
batsillalar va buralgan klostridiylarga bo‘linadilar. Bakteriyalarga spora xosil 


 30 
qilmaydigan tayoqchasimon mikroorganizmlar kiradi (dizenteriya, difteriya, sil va 
boshqalar). Batsillalarga (lot. bacillus - tayoqcha) va klostridiyalar (lot. closter - 
vereteno) spora xosil qiluvchi mikroorganizmlar kiradi (qoqshol, kuydirgi). 
Tayoqchasimon bakteriyalar shakl jihatdan qisqa (tulyaremiya), uzun (kuydirgi), 
buralgan va o‘tkir uchli (fuzobakteriyalar).
Buralgan shaklli bakteriyalar. Bu guruhga vibrionlar, spirillalar, spiroxetalar 
kiradi. 
9-rasm. Vibrio choleta
Vibrionlar (lot. vibrio- egilaman) xujayralar buralgan bo‘lib, vergul 
ko‘rinishida shakllangan.
Spirillalar (lot. spira – qiyshaygan) bakteriyaning buralgan shakllari.
Ipsimon bakteriyalar (oltingugurt, temir bakteriyalari) ko‘lmak suvlarda 
ko‘proq uchraydi. Patogen turlari yo‘q.
Mikroorganizmlarda 
polimorfizm 
xodisasi 
kuzatiladi. 
Ularda
rivojlanishning qaysi bosqichida bo‘lishiga qaramasdan har xil shakllarda 
individual o‘zgarish kuzatiladi. Ular judayam plastik, tashqi muhitning har xil 
omillari: harorat, ozuqa muhiti, tuzlarning konsentratsiyasi, muhitning kislotaliligi, 
metabolizm mahsulotlari, organizmning ingibitorlari va boshqalar ta’sirida oson 
shakllarini o‘zgartiradilar. 
Miksobakteriyalar
(shilimshiq bakteriyalar)ning bakteriyalarning eng 
yuksak shakllari bo‘lib, ko‘pchiligida takomillashgan yadro uchraydi, ba’zilari 
ipsimon, ba’zilari kokklarga o‘xshab ketadi. Bularning hujayra po‘sti elastik 
bo‘lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini o‘zgartiradi. O‘zi ajratgan 
suyuqlik yordamida harakatlanadi, xivchinlari yo‘q hujayrasi ikkiga bo‘linib yoki 
o‘rtadan to‘siq hosil qilib ko‘payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga 
qarab sistemaga solinadi. Qattiq oziq muhitida bakteriyalar koloniyasiga o‘xshash 
koloniya hosil qiladi. 
10-rasm. 
Micsobakteriya sp

Nursimon 
bakteriyalar 
oqar 


 31 
suvlarda va tuproqda uchraydi. Ko‘pchiligi saprofit bo‘lib, xivchinlari yordamida 
harakatlanadi. Bularga Saulobakter – 9-guruh kurtaklanuvchi yoki poyali 
bakteriyalarga kiradi (Mishustin 1987). misol bo‘ladi, u ko‘ndalangiga yoki 
geteromorf bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Hosil bo‘lgan qiz hujayralar xivchini 
yordamida harakatlanadi, saprofitlar suvda va tuproqda ko‘proq uchraydilar. 
11-rasm. 
Nursimon 
bakteriya
Mikoplazmalar 
spiral 
yoki 
ovalsimon 
shakldagi mikroorganizmlardir 
(0,1-0,2 nm), ularni 
hujayra 
po‘sti 
bo‘lmaydi, 
harakatsiz 
uzun 
ipchalar yoki yulduzlar shaklidagi saprofit va parazit shakllari bor. Hayvonlarda 
turli tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Sistematiklardan Berdji bularni alohida 
Musorlasmatales tartibiga ajratadi. Mikoplazmalarga bakteriyalarning L formalari 
yakin turadi, bu formalarni tajriba yo‘li bilan ham olish mumkin, buning uchun 
bakteriyalarga penitsillin bilan ta’sir etiladi. 
Mikoplazmalar ichida yaxshi o‘rganilgani erkin holda hayot kechiradigan 
Musor1asmatales dir. G. Morvin va M. Turtelen (1964) ularni elektron 
mikroskopda ko‘rib, to‘rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) 
yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bo‘lgan yirik hujayralar borligini 
aniqlaganlar. 
12-rasm. 
Micoplazma sp

Aktinomitsetlar
yoki 
nurli 
zambururlar 
tuzilishi 
jihatidan 
bakteriyalar va tuban 
zamburug‘larga o‘xshaydi. Ular mog‘or zamburug‘lar bilan bakteriyalar orasidagi 
gruruhga mansub, ma’lum shakldagi yadrosi bo‘lmaydi. Aktinomitsetlar 600 nm 
va undan uzun bo‘lgan shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Oziq muhitidagi mitseliy 
ikki xil-biri oziqda, ikkinchisi ochiq, ya’ni oziq yuzasida bo‘ladi, unga havo 
mitseliysa deyiladi. Havo mitseliyda konidiospora deb ataladigan konadiya 
bandlari va ularga sporalar yetiladi. 
Aktinomitsetlar tuproqda, organik o‘g‘itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, 
boshoqdoshlar tanasida uchraydilar. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, 
neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olinadi. Ba’zi patogen shakllari yumshoq 


 32 
to‘qima va suyaklarni yemirib, og‘ir kasallik-aktinomikozni vujudga keltirishi 
mumkin. 
13-rasm. 
Aktinomitsitlar
.
1909 yilda Rikkets 
degan 
olim 
Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirib, 
kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va uni “rikketsiya 
provocheka” deb nomlaydi. Bular juft-juft yoki zanjir shaklida bo‘lishi mumkin, 
uzunligi 300-400 nm. Faqat tirik to‘qima va hujayralarda rivojlanadilar. 
Rikketsiyalar xususiyatlariga ko‘ra mikoplazmalarga o‘xshaydi, ularda DNK 
va RNK uchraydi, polimorf mikroorganizmlar, ba’zilari kokksimon, donador, 
diametri 0,5 mk. Tayoqchasimonlari 1-1,5 mk, uchlari yumaloq yoki bir oz 
bukilgan, 3-4 mk, ipsimon formalari 10-40 mk da donador. Rikketsiyalar 
harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni 
kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘ldi. 
Sitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bo‘lib, ular 70-200 A kattalikga 
ega. Rikketsiyalar bo‘linib ko‘payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va 
odamda turli tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, tovuq va itlarda rikketsioz, 
ornitoz deb ataluvchi va boshqa yukumli kasalliklarni ko‘zg‘atadilar. 
Savollar

1.Mikroorganizmlarning tashqi tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
qaysilar? 
2.Sharsimon mikroorganizmlarning xususiyatlarini tushuntiring. 
3.Tayoqchasimon mikroorganizmlarning ko‘payishi qanday boradi? 
4.Batsillalar qaerlarda ko‘proq tarqalgan? 
5.Mikroorganizmlarning xivchinlari nimaning xosilasi hisoblanadi? 
6.Mikroorganizmlar xivchinlarini joylanishiga qarab qanday nomlanadilar? 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin