26
qalinlikka ega. Xujayra devorining asosini peptidoglika (mursin) qavati tashkil
qiladi.
Grammusbat bakteriyaning devorida teyxo kislotasi bilan glyukopeptid
qavati mavjud. Teyxo kislotasining vazifasi xujayra devori yuzasidagi
kationlarning yuqori konsentratsiyasini va magniy ionlarini aloqasini saqlashdan
iboratdir. Magniy ionlari xujayra devoriga turg‘unlik berib turadi. Grammusbat
bakteriyalarning xujayra devori teyxo kislotasini saqlovchi murein qavatidan va M-
protein va glyukopeptiddan iborat. Murein xujayra devoriga (rigidlik) qattiqlik
(mustaxkamlik) xususiyatini beradi. Grammanfiy bakteriyaning devori 3 ta qavat:
tashqi (lipopolisaxarid), o‘rta (lipoprotein) va ichki (glyukopeptid)dan iborat.
Bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, ko‘k-yashil suvo‘tlarida, xujayra devori
mavjud. Mikoplazmalarda xujayra devori yo‘q. Xujayra devorining bo‘lishi,
bakteriyaning aniq shaklda turishiga yordam beradi. Xujayra devoridagi asosiy
polimer mukopeptiddir. U devorni mustaxkamligini ta’minlaydi. Mukopeptidni
sitoplazmatik membranadan ajratib olish mumkin. Xujayra devori bakteriyani
tashqi muhit omillarining zararli ta’siridan saqlaydi va bakteriyaning o‘sishi va
bo‘linishida ishtirok etadi. Ba’zi bakteriyalarda xujayra devori bo‘lmaydi va ular
protoplastlar deyiladi. Protoplastlar shar shaklida bo‘lib, ular bo‘linish, nafas olish,
oqsil, nuklein kislota, fermentlarni sintezlash va spora xosil qilish xususiyatlariga
ega. Ular osmotik bosimning o‘zgarishiga, mexanik ta’sirlarga, aeratsiyaga sezgir.
Xujayra devorining tarkibini sintezlash xususiyatiga ega emas, aktiv xarakat
qilmaydi. Lizotsimning yoki boshqa omillarning ta’sirida xujayra devori qisman
eriydi, grammanfiy bakteriyalar xujayralarning tayoqchasimon shakli doirasimon
shaklga o‘zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: