KIRISh
Mikrobiologiya (lotin tilida mikrobiologiya – micros-mayda, bios-hayot,
logos-fan) mayda ko‘zga asbobsiz ko‘rinmaydigan organizmlarning morfologiyasi
anatomiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, hayotiy jarayonlari, o‘zgaruvchanligini,
sistematik holati, tabiatda tarqalishi va h.k. larni o‘rganuvchi fan.
11
Hozirgi kunda bu fan umumiy, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot,
veterinariya, dengiz va kosmik mikrobiologiyalariga tarmoqlanib ketgan.
Mikrobiologiya kun sayin rivojlanib bormoqda, u ayniqsa, bioximiya,
molekulyar biologiya, biotexnologiya, fitopatologiya, epidemiologiya, genetika va
boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega bo‘lishidan qat’iy nazar tabiatda
moddalar almashinuvida, murakkab organik moddalarning parchalanishida faol
ishtirok etadilar.
Mikroorganizmlarga
viruslar,
bakteriyalar,
arxeylar,
bakteriofaglar,
bakteriyalarga yaqin turadigan aktinomitsetlar, ba’zi bir zamburug‘lar,
rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar kiradi.
Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf,
toshko‘mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida
mikroorganizmlarning ahamiyati katta.
Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash sut-kislotali
bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli ichimliklar tayyorlash (spirt,
vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir.
Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar,
vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarni sintez qilish xususiyatiga
egalar.
Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki
ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq
moddalar to‘planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning
hosili ham yuqori bo‘ladi.
Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning deyarli barchasi undagi
mikroorganizmlarning faoliyatiga bog‘liq, masalan, tabiiy tuproq hosil bo‘lish
jarayonlari, yerni o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik
ishqoriylik va kislotalilikni yo‘qotish, tabiatdagi turli xil moddalarning o‘zgarishi
va boshqalar mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish, bir qator bakterial
o‘g‘itlarni ishlab chiqishga (nitragin, azotobakterin, fosforobakterin va h.k.) va
ulardan qishloq xo‘jalik amaliyotida foydalanilish orqali tuproqning unumdorligi
va o‘simliklarning hosildorligini oshirishga imkon yaratdi.
Mikroorganizmlar
tabiatda
ko‘pgina
yuqumli
kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilari ekanliklarini, ularni suv va havo orqali tarqalishlari qadimdan
ma’lum bo‘lgan. Mikrobiologlarning tinimsiz mehnati tufayli hozirgi paytda har
bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanib, davolash usullari ham topilgan.
Ko‘pgina farmatsevtika fabrikalari aktinomitsetlar, zamburug‘lar va ba’zi bir
bakteriyalarning hayotiy faoliyati maxsuli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqaradilar.
XX asrda mikrobiologiyadan viruslar dunyosini o‘rganuvchi virusologiya
fani ajralib chiqdi. Bu fanning asoschisi (1892 y.) rus olimi D.I.Ivanovskiydir.
Ba’zi kasalliklar: quturish, qizamiq, chechak, poliomielit kabilarning
qo‘zg‘atuvchilarining faqatgina morfologiyasini elektron mikroskop kashf
qilingandan so‘nggina o‘rganish mumkin bo‘ldi.
12
Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki
ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari,
ularning komponentlaridan) kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida, sanoatda
foydalanish degan ma’noni beradi.
Adabiyotlarda “Biotexnologiya” atamasiga mutaxassis olimlar tomonidan turli
xil ta’riflar berib kelinmoqdaki, fanning hozirgi rivojlangan davrida ham birorta
aniq to‘xtamga kelinmagan. Quyida biotexnologkya sohasining yetuk olimlari
tomonidan ushbu atamaga berilgan ta’riflarga to‘xtalib o‘tamiz.
a) Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko‘ra “Biotexnologiya” -
yangi biokimyoviy ishlab chiqarishlar maxsulidir (vitaminlar, antibiotiklar).
b) “Biotexnologiya - moddalarni biosintez usuli orqali oziqa olish fanining
bo‘limi bo‘lib, u “bioinjeneriya” sohasi bilan bog‘liqdir.
v) A.Xasting (1983) fikri bo‘yicha “Biotexnologiya” - pivo, vino, pishlok,
vitaminlarni sanoat asosida ishlab chiqarish jarayonidir.
g)
1980
yilda
o‘tkazilgan Yevropa federatsiyasi Kengashining
muxokomasida “Biotexnologiya” - biologik tizimlar asosidagi sanoat jarayoni deb
karalgan.
d) 1983 yil Bratislavada bo‘lib o‘tgan kengashda “Biotexnologiya” -
moddalarni katta mikdordagi sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof
muhitni ximoya qiladigan fan deb ta’riflangan.
ye) A.A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) “Biotexnologiya” biologik
jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish to‘g‘risidagi fan deb ta’riflashgan.
Bizning fikrimizcha biotexnologiya – inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan
modda va birikmalarni tirik hujayralar va organizmlar hamda ularni metobolitlari
yordamida, katta xajmda tayyorlash degan ma’noga to‘g‘ri keladi. Darxaqiqat
biotexnologik jarayonlardan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari va
to‘qimalari, hujayra organellalari, ularni o‘rab turgan membranalardan sof holatda
oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar,
gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez
qilishda), tabiiy qazilmalardan sof holda metall ajratish, oqova suvlarni tozalash va
qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi sohalarda keng
foydalaniladi.
Fan
sifatida
o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan
biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar
yordamida “bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng
ishlatilib kelinayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko‘p ma’noda XX-asrning
ikkinchi yarmi bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan
penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojida ijobiy burilish yasadi.
Penitsillin ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi va muvaffaqiyat bilan
ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish
texnologiyalarini yaratish va qo‘llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini
oldindan belgilab quyiladi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish
texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan.
13
Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar,
gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila
boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan
aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo‘lmaydigan aminokislotalar),
fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari
yo‘lga qo‘yilgan.
Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib
ketdi. Insoniyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bir
qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yo‘llari amalga oshirilmoqda. Oqsil
ishlab chiqarishda har xil chiqindilardan (zardob, go‘sht qoldiqlari) va parafindan
foydalanish mumkinligi isbotlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va
metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Keyingi vaqtda mikrob
biotexnologiyasining rivojlanishi, immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog‘langan)
fermentlar va mikroorganizmlar ishtirokida tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi
bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil
jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu
biokatalizatorlardan
foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas,
bir necha marotaba uzluksiz (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo‘lib qoldi.
Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor
turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bog‘liq. Bunday vazifani mikrobiologlar
bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor
bo‘lgan mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni
faollashtirishning yana bir yo‘li ikki yoki undan ortiq bo‘lgan, biri ikkinchisining
faolligini oshirib bera oladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar
assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yo‘l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar,
vitaminlar va metan gazi olishda, hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng
qo‘llanilib kelinmoqda.
Biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol
mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit ta’siridan asrash
masalalari ham eng muhim vazifalardan biridir.
Shu kabi qator o‘ta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar,
biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muxandislar va texnologlar ishtirok etishlari
zarur bo‘ladi.
Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun yuqorida eslab
o‘tilgan fanlardan xabardor bo‘lmoqlikni taqazo etadi.
Dostları ilə paylaş: |