P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


I-BOB. MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYaSI



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

I-BOB. MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYaSI 
VA ULTRASTRUKTURASI 
 
1.1. Bakterial xujayraning kimyoviy tarkibi. 
Bakteriya (lot. bacteria-tayoqcha) xlorofilsiz bir xujayrali 
bakteriyalar, o‘zining biologik xususiyatiga qarab prokariotlarga 
kiritiladi. Bakteriyaning o‘lchami mikrometrlarda (mkm) o‘lchanadi. 
Ko‘pchilik bakteriyalarning xajmi 0,2-10 mkm ga to‘g‘ri keladi.
Bakterial xujayraning ximiyaviy tarkibi – azot 8-15%, uglerod 45-
55%, kislorod 30%, vodorod 6-8% dan iborat. Mikroorganizmlar har xil 
elementlardan va ularning birikmalaridan: oqsil, nukleoproteid, uglevod, 


 23 
lipid, 
glyutsidolipid, 
glyutsidolipid-proteid 
kompleksi, 
nuklein 
kislotalar, fermentlar va vitaminlarni sintez qilish hususiyatiga ega.
Suv.
 
Bakteriyalarning turiga qarab, sitoplazmasida o‘rtacha 75-
85% atrofida suv saqlanadi ichak tayoqchasi (E coli), difteriya, 
mikobakteriya (sil tayoqchasi), vabo vibrioni va h.k. Sporali 
mikroorganizmlarning sporasida esa suvning konsentratsiyasi 40-50% 
gacha bo‘ladi. Suvning miqdori xujayraning asosiy tarkibini xosil etadi, 
u erkin va bog‘langan holatda bo‘lib, bog‘langan suv sitoplazmaning 
struktura elementi hisoblanib, unda eritish xususiyati yo‘q. Erkin suv 
kolloidlar uchun disperss muhit, kristall moddalar uchun erituvchi, 
vodorod va gidroksil ionlarning manbai, ximiyaviy reaksiyalarning 
qatnashuvchisi sifatida ishtirok etadi.
Mineral moddalar.
Bakteriya xujayrasi tarkibiga mineral 
moddalardan: fosfor, oltingugurt, natriy, magniy, kaliy, kalsiy, temir, 
xlor va boshqalar va mikroelementlardan molibden, kobalt, bor, 
marganets, rux, mis va boshqalar kiradi. Bakteriya xujayrasiga oziq 
modda bilan kirgan elementlarning quruq massasining 2-14% ni 
yuqorida qayd etilgan elementlar tashkil etadi. Bakteriya moddalarining 
quruq massasi oqsil, nuklein kislota, uglevod, lipid va boshqa 
birikmalardan iborat.
Oqsil.
Sitoplazmada va nukleoidda, sitoplazmatik membranada va 
xujayraning boshqa qismlarida tarqalgan oqsil bakterial xujayraning 
quruq 
massasini 
50-80% 
tashkil 
etadi. 
Oqsilning 
tarkibida 
nukleoprteidlar va prostetik guruh mavjud. Oqsilning ikkinchi qismini 
lipoproteidlar tashkil etadi. Prostetik guruh sifatida moy (lipid, lipoidlar) 
ishtirok etadi. Lipoproteidlar yarim suyuq konsistensiyali bo‘lib, 
xujayrada kiritma shaklida bo‘ladi. Lipoproteidlar sitoplazmaning 
yuzasida bakterial xujayraga moddalarning kirishini boshqarib turuvchi 
membranalarni xosil etadi. Mikroorganizmlar hayotida oqsil tarkibli 
fermentlar (enzimlar va koenzimlar) biologik katalizator sifatida 
bakterial xujayrada alohida rol o‘ynaydi. Fermentlar tarkibida prostetik 
guruh mavjud. Fermentning oqsilli qismi uning xususiy harakatini, 
prostetik guruhi esa, ximiyaviy reaksiyalarini boshqarib turadi.
Nuklein kislotalar
. Nuklein kislotlarning miqdori bakteriyaning 
turiga, ozuqasiga bog‘liq. Bakterial xujayrada RNK 3 xilda: ribosoma 
RNK, transport RNK, matritsa RNK holida uchraydi. Ribosoma RNK - 
ribosoma 
tarkibiga 
kiradi, 
transport 
RNK 

ribosomaga 
aminokislotalarni tashiydi, matritsa RNK - polepiptid zanjirda 
aminokislotalar joylanish tartibini ta’minlaydi.


 24 
DNK 

adenin, 
guanin, 
sitozin, 
timin, 
fosfat 
kislota, 
dezoksiribozadan iborat. RNK adenin, guanin, sitozin, uratsil, fosfat 
kislota, ribozadan iborat. 
Uglevodlar.
Bakteriyada uglevod va ko‘p atomli spirtlarning 
miqdori quruq massaga nisbatan 12-18% bo‘lib, uglevodning asosiy 
massasini erkin va bog‘langan oqsildagi polisaxaridlar kompleksi tashkil 
etadi. Ularga 1) ko‘p atomli spirt, 2) alikozit, 3) poliozidlar, 4) nitral 
oligopoliozid, 5) nordon poliozidlar, 6) oligo - va poliozidlar 
kiradi. 
Polisaxaridlar. 
Ko‘pchilik mikroorganizmlarning polisaxaridlari 
dekstrin (fruktozan) sellyulozadan iborat. Ba’zi mikroorganizmlarda 
(mikobakteriya, sil) geksozaminlar bo‘lib, gidrolizda monosaxaridlarga, 
aminosaxaridlarga 
va 
aminokislotalarga 
parchalanadi. 
Kislotali 
gidrolizda polisaxaridlardan galaktoza, glyukoza va boshqalar hosil 
bo‘ladi. 
Lipidlar.
Bakterial xujayrada quruq massaga nisbatan lipidlar 10% 
ni tashkil etadi. Bakterial lipidlar erkin moy kislotasi (26-28%) neytral 
moy va fosfolipidlardan iborat.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin