10
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Hayotimizni xal qiluvchi
muhim
masalalari qatorida, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi
zamon talabiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonun loyixalari
ham bor”, - degan edilar. Bu muhim xujjatlar asosida ta’lim tizimida katta
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu jarayonda davlat ta’lim standartlari ishlab
chiqildi. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi.O‘rta maxsus,
kasb-hunar
ta’limi uzluksiz ta’limni bir turi sifatida yangi ta’lim yo‘nalishlarini, ya’ni
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari barpo qilindi. Oliy ta’lim ham ikki bosqichli,
ya’ni bakalavriat va magistraturadan iborat qayta tuzildi. Bu o‘zgarishlar
ta’limning ham nazariy, ham amaliy muammolarini ilmiy asosda qayta ishlab
chiqishni bu sohada jahon ilg‘or tajribalarini hisobga olib,
mikrobiologiya va
biotexnologiyaga doir zamonaviy ilmiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar
yaratishni taqazo qildi.
Mustaqil O‘zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish,
kadrlar tayyorlash
milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki
qadamlardir.
Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi
demokratik jamiyat qurayotgan hozirgi kunlarda har bir fan jadal rivojlanmoqda.
Har bir material tanlash ta’limning mazmunini yangilash murakkab muammo.
O‘quv jarayoni jahon talablariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlari
asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida tashkil etilmoqda.
Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga
asoslangan holda isloh
qilingan har bir fan erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim.
Ma’lumki, mikrobiologiya ayniqsa, biologiyaning yosh tarmog‘i
hisoblanadi. Bu soha bo‘yicha respublikamizda juda ko‘p ilmiy ishlar qilingan.
Lekin, talabalar uchun mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari fani bo‘yicha
lotin alifbosida adabiyotlar yetishmaydi.
Darslik o‘quv jarayonining asosidir. Har bir fanning mazmuni, maqsadi va
vazifasi darslikda yoritiladi. Darslikda bayon qilingan
ilmiy bilimlarning nazariy
asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Nazariy bilimlar ishlab
chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi shart. Darslikda mavzu sodda, ravon
tilda yozlishi hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: