P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


III-BOB. BIOTEXNOLOGIK JARAYoNLARNING ENG MUHIM



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
III-BOB. BIOTEXNOLOGIK JARAYoNLARNING ENG MUHIM 
BIOKIMYoVIY ASOSLARI 
Genetika, biofizika, bioximiya fanlarining rivojlanishi va elektron 
mikroskop orqali bakteriyadagi fiziologik jarayonlar ustida morfologik, fizik-ximik 
va fiziologik usullar asosida ilmiy ishlar olib borish, bakteriyani molekulyar 
darajada o‘rganishga imkon tug‘dirdi.
 
3.1. Bakteriyalarning metabolizmi 


 43 
Barcha tirik organizmlar bilan tashqi muhit orqasida doimiy ravishda modda 
almashinish jarayoni o‘tib turadi. Moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan 
yorug‘lik, anorganik va organik moddalar bakteriyalar uchun manba bo‘lib 
hisoblanadi. Uglerodni o‘zlashtirishiga qarab mikroorganizmlar 4 ta guruhga 
ajratiladi. 
Fototroflar – ular uchun energiya manbai yorug‘lik. 
Xemotroflar – ular uchun energiya manbai ximiyaviy moddalar. 
Autotroflar – ular uchun uglerod manbai SO
2

Geterotroflar – ular uchun uglerod manbai (uglevodorodlar, moy kislotalar). 
Litotroflar (grek. litos – tosh, trophe-oziqlanish) – energiyani anorganik 
moddalarning oksidlanishidan (vodorod, karbonat angdrid, metan, ammiak, temir 
birikmalari, marganets, oltingugurt) oladilar va ular tabiatda moddalar aylanishida 
muhim rol o‘ynaydilar.
Geterotroflar havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradilar (azotofiksatorlar).
Geterotroflar saprofit va parazit mikroorganizmlarga bo‘linadilar.
Saprofitlar
. (lot. saprophyticus - hayvon va o‘simlik qoldiqlari bilan 
ozuqlanuvchi). Mikroorganizmlarning ko‘pchiligi saprofit xolda oziqlanadi. Ular 
tashqi muhitdagi organik moddalarni iste’mol qiladilar.
Parazitlar
.
(lot. parasiticus – tirik organizmlar hisobiga oziqlanishi). Bu 
guruhga ancha ko‘p mikroorganizmlar kiradi. Mikroorganizmlarning saprofit va 
parazit deb shartli ravishda bo‘lishi mumkin. Chunki, noqulay sharoitda ba’zi 
saprofitlar odam va hayvonlarda har xil kasalliklarning keltirib chiqarishi mumkin.
Geterotroflarni autotroflarga nisbatan, tarkibida uglerod atomlari assimetrik 
joylashgan organik birikmalarga ehtiyoji kattaroq bo‘ladi. Ohirgi paytlarda 
geterotrof bakteriyalarining ayrim turlarini ammiak va uglerod birikmalarini 
o‘zlashtirib, ulardan murakkab uglevodlar va aminokislotalar sintez qilishlari 
aniqlangan. Masalan, Ye.coli ni tarkibida NH
4
Cl, MgSO
4
, KH
2
PO
4
, NaHPO
4
glyukoza va suv bo‘lgan sintetik oziqa muhitida o‘sganligi aniqlangan. Bu 
ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, mutloq geterotrof mikroorganizm yo‘q. Savol 
tug‘iladi. Autotrof mikroorganizmlar oldin paydo bo‘lganmi yoki geterotrof 
organizmlarmi? S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, B.Nayt, A.Lvov va 
boshqalar autotrof bakteriyalarni birlamchi organizmlar deb tan olishadi. 
A.I.Oparin, I.I.Sorokin, N.D.Ierusalimskiy va boshqalar birlamchi organizmlar 
geterotroflar deb hisoblashgan. Bu konsepsiyalardan xulosa qilish mumkinki, yer 
atmosferasida kislorodsiz muhitda yashovchi anaerob organizmlar birinchi bo‘lib 
yuzaga kelishgan. Yerda yashil o‘simliklarning paydo bo‘lishi bilan autotrof 
organizmlar uchun kislorod xosil bo‘la boshlagan.
O‘stiruvchi omillar
. Pepton, uglevod, moy kislotalari va anorganik 
birikmalardan tashqari, bakterilar maxsus moddalar, ya’ni o‘stiruvchi omillarga 
ham muxtojlik sezadilar. O‘stiruvchi omillar xujayradagi biokimyo jarayonlarda 
katalizatorlik vazifasini bajaradilar. Ba’zi bakteriyalar, oziqa muhitiga tashqaridan 
vitaminlarni qo‘shishga muhtojlik sezmaydilar. Chunki ular kerakli vitaminlarni 
o‘zlari sintez qiladilar. Boshqalari esa vitaminsiz muxitda o‘sa olmaydilar. Bunday 
mikroorganizmlar oziqa muhitiga vitamin qo‘shilganda yaxshi rivojlanadilar. 
Bakteriyalarni yaxshi o‘sishlari uchun kerakli bo‘lgan vitaminlar: biotin, vitamin 


 44 
V
1
(tiamin), V
2
(riboflavin), V
3
(pantoten kislota), V
4
(xolin), V
5
(nikotinamid), V
6
(piridoksin), V
7
(gemin), V
8
(inozit) va boshqalar.
O‘stiruvchi omillar, konsentratsiyasi mikroorganizmlarni oziqa muhitiga 
juda oz miqdorda (ularga talab 0,01-10,0 mkg/ml) qo‘shiladi. Vitamin yetishmaslik 
mikroorganizmlarning o‘smay qolishiga sabab bo‘ladi. 
Bakteriyalar anorganik elementlarga muxtoj. Kaliy, katalizator sifatida, ba’zi 
fermentlarni faolligini oshiradi. Kalsiy nitrifikatsiyada ishtirok etib, tuproq 
mikroorganizmlariga azotni fiksatsiya qilishida yordamlashadi. Bakteriyalar 
hayotida fosfor, oltingugurt, magniy, temir va boshqa elementlarning ahamiyati 
katta. Temir, nafas olish jarayonida ishtirok etadigan fermentni tarkibida mavjud 
bo‘lib, oksidlanish jarayonida katalizator vazifasini bajaradi. Temir, sil 
mikobakteriyasining ximiyaviy tarkibidagi muhim elementi hisoblanadi. Temir, 
rux, magniy, mis va boshqa mikroelementlarning ionlarini aktinomitsetlarda 
antibiotiklarning hosil bo‘lishida ham muxim rol o‘ynashi aniqlangan.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin