33
II-BOB. MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI
2.1. Prokariotlarning sistematikasi
Mikroorganizmlarni ma’lum bir sistematikaga (tasnifga) solish uchun
quyidagilar e’tiborga olinadi:
Shakli va o‘lchami;
Xarakati (xivchinlarning bor-yo‘qligi va joylashishi);
Kapsulasining bor-yo‘qligi;
Endospora xosil qilishi;
Gram usulida bo‘yalishi;
Moddalar almashinuvining o‘ziga xosligi;
Energiya olishi;
Tashqi muhit bilan aloqasi.
Molekulyar biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlarning genotip
xususiyatlarini o‘rganish mumkin bo‘ldi. Bunda mikroorganizm nukleotid tarkibi,
purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o‘rganiladi va ikki guruhga
kiruvchi mikroorganizmlarning farqlari aniqlanadi.
Ikki turga kiruvchi mikroorganizm nuklein kislotalarini bir-biriga gibridlab,
ular
orasidagi
nukleotidlar
tarkibini
o‘xshashligi
o‘rganiladi.
Mikroorganizmlarning xususiyatlari o‘rganilib, K.Linney ishlab chiqqan binor
nomenklaturasi bo‘yicha lotin alifbosida ilmiy nom beriladi. Masalan, pichan
tayoqchasi Bacillus subtilis deb nomlanadi.
Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya
nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom beriladigan bo‘ldi.
34
Mikroorganizmlarning yaqin belgilariga qarab tavsiflovchi tur (specics),
avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo‘lim (divisio), olam
(regnum) kabi toksonomik kategoriyalar ishlatiladi.
Tur deb, fenotip jixatdan o‘xshash, bitta genotipga ega bo‘lgan individlar
yig‘indisiga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo‘linadilar.
Mikrobiologiyada mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida
yetarli ma’lumot bo‘lmaganligi sababli mikroorganizmlar sistematikasi sun’iy
xisoblanadi va mikroorganizmlarni idensifikatsiya qilish uchun aniqlagich
vazifasini bajaradi.
D.X.Bergi (1984 yil) ma’lumoti bo‘yicha Procariotae dunyosi 4 ta bo‘limga
ajratiladi:
1 - bo‘lim. Gracilacutes (gracilus.lot. yupqa, cutes - po‘st) – bu bo‘lim
vakillariga xujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo‘lgan kokklar,
tayoqchasimon prokariotlar kiradilar. Ular endospora xosil qilmaydi, bo‘linib
ko‘payadi, vakillari fototrof, nofototroflar, aeroblar, anaeroblar, obligat
parazitlardir.
Bo‘lim Scotobacteria, Anoxyphotobacteria, Oxyphotobacteria sinflariga
ajratiladi.
1-sinf – Scotobacteria. Sinf 10 ta: 1-spiroxetalar, 2-aerob spiral va
vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar, 3-aerob grammanfiy kokklar va
tayoqchalar,
4-fakultativ
anaerob,
grammanfiy
tayoqchalar,
5-anaerob,
grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar, 6-grammanfiy, xemolitotrof
bakteriyalar,
7-sirpanuvchi
bakteriyalar,
8-xlamidabakteriyalar,
9-poyali
bakteriyalar, 10-rikketsiyalar va xlamidalar kabi guruhlarga bo‘linadi.
Spiroxetalarga
2 ta Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kirib, ularga
oson egiluvchan, uzunligi 5-600 mkm va eni 0,4-0,7 mkm bir xujayrali
bakteriyalar kiradilar.
Spiroxeta xujayrasida protoplazmatik silindr bo‘lib, bir necha o‘qsimon
fibrillar bilan o‘ralgan. Bu fibrillarning o‘zi silindr oxiridagi biriktiruvchi diskdan
boshlanadi. Protoplazmatik silindr va o‘q fibrillar tashqaridan po‘st bilan o‘ralgan.
Xujayrasi nukleoid, mezosoma va boshqalardan tashkil topgan. Spiroxetalar
ko‘ndalangiga
bo‘linib
ko‘payadi,
xarakatchan,
spora
xosil
qilmaydi.
Spiroxetalarning ba’zilari saprofit xolida hayot kechiradi. Odam va hayvonlarda
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Aerob spiral va vibrionsimon, garmmanfiy bakteriyalar Spirillaceae oilasini
tashkil etadi. Xujayralari tayoqcha shaklida bo‘lib spiralsimon buralgan.
Xujayrasining ikkita uchida to‘p xivchinlar joylashgan, ular chuchuk suvlarda va
tuproqda ko‘proq yashaydilar.
Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar
.
Bu guruh vakillari 7 ta oilaga
mansub bo‘lib, shundan 3 tasi tuproqning xosildorligini oshirishda amaliy
ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba’zi vakillari
nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar.
Azotobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, kokksimon xujayralarga
ega bo‘lib, xarakatchan, spora xosil qilmaydi, erkin azotni o‘zlashtira oladi.
35
Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqcha ko‘rinishida, spora hosil qilmaydi,
boshoqdoshlar ildizida tuganaklar hosil qiladi, o‘simliklar bilan simbioz xolida
yashab, erkin azotni o‘zlashtiradi.
Agrobacterium avlodi har xil o‘simlik ildizlarida shish hosil qiladi va
vakillari fitopatogen bakteriyalarga kiradi.
Methylcoccaceae oilasi ikki avlodni Methylococcus va Methylomonas ni
o‘z ichiga oladi. Bu avlod vakillari kokk va tayoqcha shaklida bo‘lib, ular uchun
energiya manbai metan va metanoldir.
Acetobacteriacaea oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlodlaridan tashkil
topgan bo‘lib, bu avlod vakillari etil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydilar.
Fakultativ
anaerob,
grammanfiy
tayoqchalar
Dostları ilə paylaş: |