48
Ikkinchi bosqichda - atsetil guruhlar limon kislota xalqasida parchalanib,
vodorod atomlari va SO
2
ni hosil qiladilar.
Uchinchi bosqichda – vodorod, protonlar va elektronlarga parchalanadi.
So‘ngra elektronlar mitoxondriyalarning ichki membranalarida joylashgan elektron
tashuvchilar orqali molekulyar kislorodga uzatiladi va N
2
O hosil qilib, qaytariladi.
Piruvatning oksidlanish va dekarboksillanishi jarayonida uch xil fermentlar:
piruvatdegidrogenaza (F
1
),
degidrolipoil-atsetiltransferaza (F
2
),
degidrolipoil-degidrogenaza (F
3
) lar ishtirok etadi.
Bu tizimni Lester Rid va uning shogirdlari o‘rgangan. Organizm uchun zarur
bo‘lgan vitaminlardan: tiamin (TFFZ da), riboflavin (FAD da),
pantoten kislotasi
(KoA da) va nikotinamid (NAD
+
da) shu tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
14-rasm. Mikroorganizmlarning nafas olish sikli
Mikroorganizmlarning oziqlanishi
Oziqlanish
jarayonida
fermentlarning
ahamiyati
katta.
Chunki
mikroorganizmlar turli organik moddalarni ximiyaviy, shu yo‘l bilan parchalanib,
oziqlanadilar va ba’zilari shu jarayonda nafas ham oladilar. Mikrob. parchalangan
organik moddalarni qabul qilib, so‘ngra ularni o‘z hujayrasida qaytadan sintez
qiladi va tanasiniig ayrim qismlarini tuzadi.
Fermentlar murakkab birikma hisoblanadilar. Ular 20 ta aminokislotadan
tuzilgan. Fermentlarning molekula og‘irligi
birnecha mingdan, birnecha
milliongacha bo‘ladi. Fermentlar o‘ziga xos xususiyatga va faollikka ega.
Fermentlar spetsifik xususiyatiga ko‘ra 3 ta guruhga ajratiladi.
1.
Past spetsifiklikka ega fermentlar
. Bu guruhga barcha gidrolitik
fermentlar: amilaza, lipaza, pektinaza, sellyulaza, esterazalar va boshqalar kiradi.
49
Yuqorida ko‘rsatilgan fermentlar har
xil tezlikda polimer, oligomer hamda kichik
molekulali substratlarga ta’sir ko‘rsatadilar.
2.
Guruh spetsifiklikka ega bo‘lgan fermentlar
. Har xil geksozalarni
fosforillash reaksiyasini olib boruvchi geksokinaza fermenti bir-biriga o‘xshash
strukturaga ega bo‘lgan substratlarga ta’sir ko‘rsatadi.
3
.
Absalyut spetsifiklikka ega bo‘lgan fermentlar
. Bunday fermentlar
strukturasi juda ham yaqin bo‘lgan substratlarni sekin o‘zgartirish hususiyatiga
ega. Masalan, degidrogenezalar vodorod atomini substratdan kofermentning
nikotinamid yadrosining aniq tomoniga o‘tkazadilar.
Fementlarni faolligini past molekulali organik birikmalar yoki metal ionlari
bilan boshqarib turish mumkin. Bu mexanizm murakkab
biosintetik jarayonlarda
ishtirok etuvchi fermentlarga xos bo‘lib, dastlabki fermentlardan birini oxirgi
maxsulot bilan ingibirlanishi kuzatiladi va natijada, butun jarayonning
sekinlashuviga yoki butunlay to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
1898 yilda L. Pasterning shogirdi Emil Dyuklo
fermentlarning nomlariga
“aza” so‘zini ko‘shishni tavsiya etdi. Masalan, kraxmalga ta’sir etadigan fermentni
- amilaza, yog‘ moddalariga ta’sir etuvchini - lipaza va oqsilga ta’sir etuvchini -
protsinaza deb atala boshlandi. Ammo ba’zi bir fermentlarning eski nomlari ham
qoldi. Masalan, oshqozon shirasining fermenti pepsin, so‘lakning fermenti - ptizlin
va boshqalar. Zamonaviy biologiya sanoatida fermentlar ishlatilmaydigan
korxonalar kamdan-kam.
Dostları ilə paylaş: