Sut-kislotali bijg‘ish
Sut kislotali bijg‘ish jarayonini quyidagi avlodlarga mansub bo‘lgan bakteriyalar
amalga oshiradilar: Lactobacillus, Streptococcus, Leuconostoc, Pediococcus.
Ularni morfologik tuzilishi xilma-xildir: tayoqchasimon va sharsimonlari uchraydi;
ular harakatsiz, sporalar hosil qilmaydiganlar, grammusbat, pigmentsiz; ko‘pchiligida
katalaza va sitoxrom tizimi yo‘q, ammo bulardan istisnolari ham uchrab turadi.
Ba’zi bir kulturalar sporalar hosil qiladilar va katalaza faolliklariga ham ega bo‘ladilar.
Sut achituvchi bakteriyalar bir-birlaridan o‘stiruvchi moddalarga, aminokislotlarga,
vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan farq qiladilar va shuning uchun ham bu guruh
bakteriyalarni alohida vakillari indikatorli bakteriyalar sifatida ishlatiladilar. Bu
bakteriyalarni birlashtirib turuvchi asosiy xususiyatlari, ularni bijg‘ish jarayonini bosh
mahsuloti sifatida sut kislotasi hosil qilishidir.
62
Gomofermentativ va geterofermentativ bijg‘ish jarayonlari ma’lum. Bunday
ajratish, uglevodlarni parchalanishida tubdan farq qiluvchi yo‘llar borligini ko‘rsatadi.
Gomofermentativ bijg‘ish
.
Bu jarayonda bijg‘ishni yakayu-yagona maxsuloti
sifatida sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu reaksiyaning umumiy
ko‘rinishi quyidagicha:
S
6
N
12
O
6
+2F
N
+2ADF
SN
3
SNONSOON+2ATF+2N
2
O
Bunda mahsulotning hosil bo‘lishi 98% gacha yetadi. Bunday yuqori
ko‘rsatkich, karbon suvlarni bijg‘ish jarayoni modda almashinuvi jarayoni bilan
deyarli bog‘liq emasligidan dalolat beradi. Karbon suvlar konstruktiv modda
almashinuvda juda ham kam miqdorda ishlatiladi yoki butunlay ishlatilmaydi.
Geterofermentativ bijg‘ish
.
Geterofermentativ bijg‘ish jarayonida nafaqat sut
kislotasi, balki pirouzum kislotasiga biogenetik a’loqador bo‘lgan, boshqa, bir
birlariga yaqin birikmalar: sirka kislotasi, etanol va h.k. hosil bo‘ladi.
Geterofermentativ bijg‘ish jarayonini olib boruvchi bakteriyalar glyukozani
parchalashni dastlabki bosqichini pentozofosforli yo‘l orqali amalga oshiradi. Ularda
fruktozabisfosfataldolaza va triazofosfatizomeraza fermentlari yo‘q. Reaksiyani
ketish yo‘llarini aniqlovchi moddalardan biri, pentozafosfat yo‘lini mahsuloti
bo‘lgan ribuloza-5-fosfatdir. Bu birikma epimeraza fermenti ta’sirida ksiluloza-5-
fosfatga aylanadi, hosil bo‘lgan bu modda esa pentozafosfat ketolaza fermenti
ta’sirida, 3-fosfoglitserin aldegid va atsetilfosfatga parchalanadi. 3-fosfoglitserin
aldegidining keyingi o‘zgarishlari xuddi sut kislotali bijg‘ishning gomofermentativ
yo‘lidagidek amalga oshadi.
Gomofermentativ bijg‘ish jarayonida 1 mol bijg‘igan glyukozadan ikki mol
ATF hosil bo‘lsa, geterofermentativ yo‘l orqali 1 mol ATF hosil bo‘ladi.
Geterofermentatsiya jarayonini olib boruvchi bakteriyalar yordamida 3
molekula fruktoza bijg‘itilganda, laktat, atsetat, SO
2
va mannitol hosil bo‘ladi:
Fruktoza
→
laktat + atsetat + mannitol + SO
2
.
Bu reaksiya mannitoldegidrogenaza fermenti tomonidan amalga oshirilib,
unda fruktoza mannitgacha qaytariladi.
Sut kislotasini bijg‘ituvchi bakteriyalar katta amaliy ahamiyatga egadir. Ular
sterilizatsiya qilinmagan sutlarda doimo uchraydi va ma’lum o‘zgarishlar natijasida
sutni achishiga olib keladilar. Iqlimga qarab, sutga har xil sut bakteriyalari
tushishlari mumkin. Shimoliy mintaqalarda sutda Streptococcus lactis, janubda esa
Lactobacillus caucasicus va Lactobacillus bulgaricus ko‘proq uchraydilar.
Sut kislotali bijg‘ish natijasida ko‘plab mahsulotlar tayyorlanadi: smetana,
kefir, qimiz, tvorog, qatiq va h.k.
Sut achituvchi bakteriyalar, pishloq ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi, ular
sabzavotlarni tuzlashda, somon, makkajo‘xori, g‘o‘zapoya va boshqa o‘simliklar
qoldiqlarini siloslashda ham keng qo‘llaniladilar.
Karamni kislorodsiz sharoitda achitilganda, sut kislotali bakteriyalar tez
rivojlanib ketadilar, dastlab Leuconastoc keyin esa Lactobacillus plantarum
rivojlanadilar.
Sut-kislotali bijg‘ish jarayoni tabiatda keng tarqalgan. Bu jarayon tirik
organizmlar asosida borishini birinchi bo‘lib (1860) Lui Paster aniqlagan. Sut-
63
kislotali bijg‘ish jarayonida turli shakarlar: sut shakari (laktoza), maltoza, saxaroza
va boshqalar anaerob sharoitda bijg‘iydi va muhitda sut kislota hosil bo‘ladi:
C
6
H
12
O
6
2CH
3
CHOHCOON + 75 kJ.
Bakteriyalar hatto pentozalarni ham bijg‘ita oladilar.
2-jadva
l
Sutniig tarkibi (G. S. Inixov ma’lumoti)
Sut
Yog‘lar
(%)
Kazein
(%)
Albumin
va boshqa
moddalar
(%)
Sut
shakari
(%)
Kuruq
moddalar
(%)
Kul
(%)
Solishtir-
ma og‘irli-
gi (mg)
Sigir suti
Ayol
suti
Biya
suti
Echki suti
3,1-4,5
3-4,5
2,09
4,48
2,8
1,5
1,3
4,97
0,7
0,4
0,36
1,18
4,7
6,50
6,55
4,30
13
–
10,6
9,0
0,75
–
0,32
0,93
1,032
1.036
1.035
1,036
Yangi sog‘ilgan sut tarkibida ko‘p miqdorda mikroorganizmlar uchraydi,
ayniqsa birinchi sog‘ilgan porsiyasida mikroorganizmlar soni ko‘p bo‘ladi.
Yangi sog‘ilgan sut tarkibidagi mikroorganizmlar soni:
Birinchi porsiyada-1 sm
3
da 16000 bakteriya;
O‘rtadagi porsiyada-1 sm
3
da 480 bakteriya;
Oxirgi porsiyada-1 sm
3
da 960 bakteriya bo‘ladi.
A.F.Voytkovich sut ma’lum muddat saqlanganda bakteriyalar quyidagicha
o‘zgarishini aniqlagan:
1-fazada, chirituvchi bakteriyalar ko‘paygan.
2-fazada, hosil bo‘lgan sut kislota, chirituvchi bakteriyalarning ko‘payishiga
to‘sqinlik qilgan.
3-fazada, sut kislota ichak tayoqchasining ko‘payishiga to‘sqinlik qilgan.
4-fazada, endi ko‘p miqdorda to‘plangan sut kislota sut-kislotali bijg‘ituvchi
bakteriyalarga salbiy ta’sir eta boshlagan.
Sut kislotali bijg‘ish jarayonidan kefir, prostokvasha, qimiz, pishloq
tayyorlashda, sabzavotlarni tuzlashda, silos tayyorlashda, qora non pishirishda
keng foydalaniladi.
Sut kislotadan teri sanoatida, bo‘yoqchilikda, kir yuvish poroshoklarini
ishlab chiqarishda, plastmassa olishda, farmakologiya va konditer sanoatlarida
keng foydalaniladi.
Sut-kislotali bijg‘ish jarayonida, fermentlar ta’sirida shakarlar murakkab
o‘zgarishlarga uchraydi. Birinchi bosqichlarda fosforlanish jarayonlari boradi,
keyinchalik jarayon boshqacha kechadi, hosil bo‘lgan fosfoglitserin aldegid ham
oksidlanadi, ham qaytariladi va undan sut kislota hosil bo‘ladi.
Demak,
yuqorida
aytilganidek,
sut-kislotali
bijg‘ish
jarayoni
gomofermentativ (tipik) va geterofermentativ (tipik bo‘lmagan)larga ajraladi.
64
Gomofermentativ (tipik) bijg‘ish jarayonida faqat sut kislota hosil bo‘lsa,
geterofermentativ bijg‘ishda sut kislotadan tashqari sirka kislota, karbonat
angidirid va etil spirti hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |