3-MAVZU: BAKTERIYALARNING MORFOLOGIYASI VA TUZILISHI
REJA:
1. Bakteriyalarning o’lchami va morfologik tuzilishi.
2. Prokariotlarning hujayra tuzilishi.
3. Prokariotlarning hu’jayra devorining tuzilishi
4. Gram musbat va gram manfiy bo’yaluvchi bakteriyalarning hujayra devorining
tuzilishi va farqi.
TAYANCH IBORALAR: MKM, NM, A, IM, kichik, o’rta, yirik, kokk,
tayoqcha, stafilokokk, sarsina, basilla, ipsimon, polimorf, grammanfiy,
grammusbat, peptidoglikan.
O’rganish obyektiga qarab mikroorganizmlar ham juda kichikligi bilan ajralib
turadi, ya’ni oddiy ko’z bilan qurib bo’lmaydigan (70-80 mgkl) organizmlar bo’lib
quyidagi o’lchov birligi bilan o’lchanadi.
– mm yoki mm ning mingdan bir bo’lagi, mikrometr yoki mikron
– 10 –3 mikrometr MKM yoki 10-3 mm
– 10-6 nanometr – nm
– 10-7 angstrem – A
– 10-9 pikometr - pm
Umuman mikroorganizmlar ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan eukariotlar (diatom ,
suv o’simliklari, yashil suv o’simligidan – Chlorella va achitqilar bo’lib,
prokariotlardan bular shakliga qarab 3 gruppaga, ya’ni
1. Yirik (5-125 mkm), 2. Urtacha. 3. Kichik guruxlarga bulinadi..
Shunday kilib kichik diatom suv o’simligi, bir xo’jayrali suv o’simliklari va
achitqilar kiradi, undan kichiklari bakteriyalarga kiradi. Bakteriyalarning o’rtacha
kattalikdagilari 0.5-3 mkm ni tashkil etadi. Ammo bakteriyalar orasida yirik
gigantlari ham bo’lib, masalan, xujayrasi ipsimon-oltingugurt bakteriyasi –
Beggiatica gigantca ning diametri 55 mkmgacha yetadi. Achromatium oxalifcrum
bakteriyalarning ichidagi eng yiriklaridan hisoblanib uzunligi 15-125mkm,eni5-33
mkm.Spiroxeta xo’jayrasining uzunligi to 500 mkm gacha. Bakteriyalar
xo’jayrasining eng kichiklari bu mikoplazmalardir. Mikoplazmaning xujayrasining
diametri 0.1-0.15 mkm. Bularning tanasi juda kichik bo’lishi bilan u umumiy fizik
tuzulishga ega bo’lib, 1200 aminokislota molekulalaridan va 100 ga yakin
fermentativ reaksiyalardan iborat, ya’ni bu kichik bir organizmda ma’lum bir
modda almashinuv mavjud. Mikoplazmalar oraliq organizm, ya’ni xujayraviy
zinda xujayrasiz organ bo’lib, teoretik jihatdan katta ahamiyatga ega ularning
viruslarga teng keladigan turlari ham bor. Bakteriyalarning kattaligini yorug’lik
mikroskoplari bilan ko’ra olsak, viruslarning kattaligi 16-200 nm oralig’ida bo’lib,
bular faqat elektron mikroskoplar yordamida qurila boshlandi. Viruslar o’zining
kattaligiga ko’ra eng kichik bakteriyalar va eng yirik organik molekulalarning
oralig’ini egallaydi. Demak, jonsiz molekulalar bilan tirik organizmlar o’rtasidagi
oraliq ko’prik bo’lib hisoblanadi.
PROKARIOTLARNING ShAKLI – yaqin vaqtlargacha turli tekshirishlar
natijasida barcha prokariotli organizmlarning tuzilishi bir xil tuzilishga ega, ya’ni
ayrimlari sferik, silindrik va spiralsimon shaklda deyilgan. Bular ko’pincha
koloniyani hosil qiladi. Prokariotlarni sferik tuzilishini ko’pincha koklar deb
asosan ular bo’linganda bir-biridan ajralib ketmaydi. Agarda xo’jayra bo’linib bitta
uqda joylashib qolsa juft bo’lsa unga diplokok deb ataladi. Diplokokning ba’zilari
loviyaga o’xshash, masalan, gonokok va minigokokklar ba’zi bir diplokokklar
ko’pincha ipak qurtlarining pillasiga o’xshaydi – Diplococcus lanccolatus yoki
pnevmakokk deyiladi. Diplokoklar orasida kasallik tarqatuvchi turlari ham
uchraydi, ya’ni bulardan o’pka pnevmoniya kasalligini ko’zg’aydi. Gonokokklar
jinsiy organlar va siydik yo’llarining shilliq pardasini shikastlaydi. Bular shu
yullarda yiring paydo qilib gonoreya-so’zak kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan
tashqari diplokokk shilliq pardasini smirot leyningit kasalini qo’zg’atadi.
Streptokokklar (Streptococceus – bitta uram). Mikroskopda tekshirilganda
bir-biriga ketma-ket tizilib zanjir shaklida ko’rinadigan kokklarga streptokokklar
deyiladi. Zanjir hosil qiluvchi kokklar bir biri bilan protoplazmatik ko’prikcha
yordamida bog’langan bo’ladi. Bunday ko’prikchalar elektron mikroskoplarda
quriladi. Masalan, qonga o’tsa sepsis bo’lishi mumkin.
Stafilokokklar – bular g’ujum-g’ujum bo’lib joylashib, uzum shingiliga
o’xshaydi. Bular angina, mastit, chipqonni keltirib chiqaradi.
Tetrakokklar – Geteacoccus – bularni mikroskopda ko’rganda koklar 4 tadan
joylashganligini ko’rish mumkin, ya’ni kvadrat shaklida joylashadi. Bularga misol
kilib Micrococcus tetragencs ni olish mumkin.
Sarsina. Ko’pgina mikroblar bo’linib-bo’linib eniga va bo’yiga bo’linib bir-
biridan ajralib ketmay sferik shaklda joy oladi, bularga sarsina deyiladi. Masalan,
stafilokokk, streptokokk.
Tayoqchasimon. Ko’pchilik prokariotlar sferik shaklidagilar enidan sal bo’yi
chuziqroq bo’lib, bular tayoqchasimon deb yuritilib bular ham turlicha kuplarini
koklardan ajratib bo’lmaydi. Masalan, bakteriya, basilla.
Tayoqcha shaklidagi mikroblar orasida tashqi ko’rinishi jihatidan bir-biriga
o’xshashlari ko’p. Bularni tekshirganda o’lcham hisobida olinadi. Tayoqcha
shaklidagi mikroblarni ba’zilari "uzun" va "yug’on" bo’lishi mumkin. Masalan,
kuydirgi kasalligini kuzg’atuvchisi Bacillus onthracis ning bo’yi 4-8 mkm, eni 1.5
m ga yetadi.Bundan tashqari ayrimlari juda kichik, masalan, brusellyoz
bakteriyalari. Tayoqcha shaklidagi prokariotlarni bir-biridan ajratish uchun ularni
ikki uchi qanday tuzilganligi ham hisobga olinadi. Ayrimlarining ikkala uchi cho’rt
kesilgandek bo’ladi, ba’zi hillarining uchi tumtoqroq bo’ladi.
Diplobakteriya – tayoqcha shaklidagi bakteriyalar bo’linib bir-biridan
ajralmaydi va qo’shaloq bo’lib joylashadi.
Streptobasillalar- ayrim hollarda tayoqcha shaklidagi mikrob spora hosil
qiluvchi bo’lib, zanjirga o’xshash tuzilgan bo’ladi, aksincha sporasiz bo’lmasa
streptobakteriya deyiladi. Ularga hos xarakterli belgi uning turini aniqlashga
yordam beradi, masalan . Bac. anthracis – streptobasill ko’rinishida bo’ladi.
Egilgan yoki spiral shaklidagi prokariotlar.
Ba’zi bakteriyalarning shakli tayoqchaga o’xshasa ham, lekin tanasi birmuncha
egilgan bo’lishi mumkin. Bunday egilgan tayoqchaga vibrion (vibrio) deyiladi.
Ba’zi vibrionlar shu qadar egilgan bo’ladiki, mikroskopda ular xuddi vergulga
o’xshash bo’lib ko’rinadi. Vibrionlar orasida patogen xillari ham bor: masalan,
vabo vibrioni patogendir. Bundan tashqari ariq va suvlarda zararsiz vibrionlar bor,
agar mikrobning tanasi spiralga o’xshab 1-2 buralgan bo’lsa, bunday shakldagi
mikrobga spiral- Spirillum – deyiladi. Ohirgi vaqtlarda prokariotlar ichida
yuqorida qayd qilinganlardan tashqari xalqali va yarim xalqali xillari ham
uchraydi. Ba’zi bir xillarida shohlangan bo’ladi. Prokariotlarning shakl tuzilishini
asosan uning hujayra po’stining qattiq tuzilishidir. Xo’jayra po’sti yo’q
mikroorganizmlar mikoplazmalar deyiladi Mikoplazmalar odam va hayvonlarda
parazitlik qilib yashaydi. Ular o’zidan mahsus moddalar ishlab chiqarib, bularni
faqat himiyaviy eritmalarda ajratib olingan (bular turli shaklda bo’ladi). Yana
ipsimon shakllari ham bor. Bularga oltingugurt va temir bakteriyalari ipsimon
tuzilishga ega. Bularning patogenlik vakillari yo’q. Yuqorida ko’rib o’tilgan
turlardan tashqari yana bakteriyalardan uchburchakli va yulduzsimon shakllari bor.
Mikroorganizmlar kolimorfizm xususiyatiga ega bo’lib, maxsus o’zgara oladi,
ularning yoshi va rivojlanish stadiyasidan qat’iy nazar tashqi faktorlar ta’sirida:
ya’ni temperatura, oziqa muhit, turli konsentrasiyali tuzlar, turli hil ximiyaviy
moddalar va boshqalar. Mikrobiologlarda ko’p yillik tekshirish shuni ko’rsatdiki,
agar hosil bo’lgan yangi individning rivojlanishi uchun muhit qulay bo’lsa, u to’liq
shaklini o’zgartirib o’tgan ajdodlariga o’xshamaydi. Masalan, tayoqchasimonlar –
oval, sharsimon va boshqa shaklga aylanishi mumkin.
Prokariotlar hujayra po’stining tuzilishi.
Bakteriyalarning tashqi po’stini himiyaviy tarkibi bir hil bo’lmaydi va yuqori
o’simliklar po’stidan keskin farq qiladi. Agar o’simliklar po’stida sellyuloza asosiy
qurilish materiali bo’lib hisoblansa, bakteriyalar po’stida bu moddalar yo’q. Ular
azotsiz granulyoza va glikogen va azotli valyutin moddalardan tuzilgan. Eng
asosan hosil qiluvchi modda peptidoglikan.
Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi.
Prokariotlar va eukariotlarning hujayra tuzilishi va farqlari
Prokariotlar hujayrasining himiyaviy tarkibi
Hujayra po’stining tuzilishi va tarkibi
Sitoplazma va organoidlari.
Mikroorganizmlarning harakati va hivchinlarining joylashishi.
Prokariotlar bilan eukariotlarning hujayraviy tuzilishdagi farq.
Prokariotlar Eukariotlar
Yadro membranasi yo’q, mitozy yuli
bilan bo’linadi
Takomillashgan yadro membrana bilan
o’ralgan.Mitoz yo’li bilan bo’linadi.
DNK gistonlar bilan bog’lanmagan
alohida molekulalar
DNK gistonlar bilan bog’langan
xromosomada joylashgan.
Nafas
olishda
membranalar
yoki
mezosomalar
ishtirok
etib,
mitoxondriya yo’q
Mitoxondriya mavjud
Goldji apparati yo’q
Goldji apparati mavjud
Vakuolasi kam uchraydi
Doimo uchraydi
Turli hil faktorlarga chidamli
Chidamsiz
Fotosintez prosessi. Bakterioxlorofill
pigmenti, qaytaruvchisi H
2
Xlorofill a,v,s,d yoki kislorod ajraladi
qaytaruvchi H
2
O
Jinsiy prosessda meyoz uchramaydi
Meyoz sistemasi uchraydi
Xromosomalar soni bitta, gaploid
Birdan ortiq, diploid
2. Bakteriyalar hujayrasining kimyoviy tarkibi:
Bakteriyalar hujayrasining asosini – azot, uglerod, kislorod va vodorod
tashkil etib, bakteriya hujayrasining quruq og’irligiga nisbatan N – 8-15 %, S- 45-
55 %, 0 2 – 30 %, va N 2 – 6-8 % ni tashkil etadi. Ana shu elementlarning
sintezlanishi natijasida mikroorganizmlar tanasida oqsil, nukleoproteidlar,
uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar, ferment, vitaminlar va boshqa ko’plab
organik moddalar yig’iladi. Suv. Ko’pchilik bakteriyalarning sitoplazmasining 75
% - ( E – coli) dan 85 % (difteriya, sil kasal bakteriyasi va vabo vibrionlari)ga
yetadi. Sporada uning miqdori kam 40-50 %, suv hujayraning asosiy moddasidan
biri bo’lib, u hujayralarda 2 xil ko’rinishda:
1. Erkin holda,
2. Bog’langan -turli xil qismlar bilan bog’langan bo’ladi
Dostları ilə paylaş: |