pardasi ostida sitoplazmatik membrana bor. Shu membrana moddalar
almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hujayra po’sti – prokariotlarning eng muhim
va kerakli struktural elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi , bu ko’pincha
tashqi
tomondan kapsula yoki dirildoq po’st bilan o’ralgan bo’lib, aksincha hyech narsa
bilan o’ralmagan bo’ladi. Mikroorganizmlarni hujayra po’sti umuman quruq
og’irligining 5-50 % tashkil etadi. Hujayra po’sti bu hujayra protoplast va tashqi
muhit o’rtasidagi chegaralovchi to’siq bo’lib, tanani bir shaklda tutib turuvchi
to’siq bo’lib hizmat qiladi. Hujayradagi tuzning konsentrasiyasi
tashqi muhitga
nisbatan bir oz yuqori bo’lib, ular o’rtasida osmotik bosim yuzaga keladi va
hujayradagi tashqi muhitidan suvning kirishiga yo’l quymay mexanik to’siq bo’lib
hizmat qiladi.
Prokariotli mikroorganizmlarning hujayra po’sti o’zining tuzilishi va kimyoviy
tarkibi bilan keskin
eukariotlardan farq qiladi, ya’ni uning tarkibidagi polimer
komplekslar boshqa organizmlarda uchramaydi. Bularda har bir turning hujayra
po’sti bir hil kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, o’zgarmaydi va shuning uchun ham
turni aniqlashda muhim belgi bo’lib hizmat qiladi.
Prokariotli mikroorganizmlarning hujayrasining bo’yalish hususiyatiga qarab 2
guruxga bo’lib o’rganiladi. Agarda prokariotli
mikroorganizmlarning tanasi
binafsha rang bilan so’ngra yod bilan bo’yalsa u paytda uning tanasi bo’yaladi.
Bo’yalgan tanani spirt bilan yuvilsa, ya’ni spirt ta’sirida 2 hil holat kuzatiladi:
Grammusbat turlar – bunda yuvilgandan keyin ham tanada bo’yoq qolgan
bo’ladi.
Grammanfiy turlarda – teskarisi, ya’ni bo’yoq yuvilib ketadi va rangsiz bo’lib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: