P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
Metanogenezning

Birinchi bosqichida, hujayradan tashqaridagi gidrolitik fermentlarni ta’siri 
hisobidan, bijg‘uvchi massaning deyarli barchasi (lignindan tashqari) qisman 
parchalanadi. Metanli bijg‘ishni bu bosqichida unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda 
kislorod ishtirok etishiga ham ruxsat etiladi. 


 74 
Ikkinchi bosqichda, fermentatsiya fazasida past molekulali shakarlar, asosan 
monomerlar va boshqa organik birikmalar (polimer substratlarni fermentativ
gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar), n-butanolga, propanolga, etanolga, atseton va 
boshqa birikmalarga aylanadilar. Bu bosqichda kislorod jarayonni bo‘g‘ib 
qo‘yadi, demak uning ishtiroki butunlay mumkin emas. 
Uchinchi bosqich, atsetogen faza xisoblanadi va unda shu paytga kelib 
rivojlangan mikroflora - sirka, chumoli va sut kislotalarini xosil qiladi. Bu jarayoi 
kislorodsiz faza bo‘lib, unda faqat obligat (shart bo‘lmagan) anaeroblar faoliyat 
ko‘rsatadilar. 
Oxirgi bosqich, metanogen fazada, metan hosil bo‘ladi. Metanli 
bijg‘ish texnologiya nuqtai nazaridan ikki fazaga bo‘linadi: metanli biotsenozning 
yetilishi va fermentatsiya. 
Oxirgi bosqichda azot saqlovchi organik birikmalar ham jadal 
o‘zgaradilar. Bijg‘iydigan muhitni ishqorlanishi bilan (rN-8,0) oltingugurtni 
qaytaruvchi anaerob bakteriyalarning ta’siri hisobidan uchuvchan organik 
birikmalar: chumoli, sirka, propion, moy, sut, yantar (qaxrabo) kislotlari va 
shuningdek, spirtlar va gazlar hosil bo‘ladilar. 
Bu birikmalar anaerob metanogen organizmlar uchun substrat bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Metanogen bijg‘ish 3°S dan 60°S gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida amalga 
oshadi. Jarayonning jadallashishi, harorat ko‘tarilishi bilan oshib boradi va termofil 
sharoitda 2-3 marotabaga oshadi. Metanogen bakteriyalarning rivojlanishi uchun 
bijg‘iydigan muhit, chumoli va sirka kislotalari, vodorod, karbonat angidridi hamda 
oltingugurt va azot manbalari, N
2
S va ammiak saqlashi kerak. 
Hozirgacha 25 dan ortiq metan hosil qiluvchi bakteriyalar aniqlangan bo‘lib, 
ular bir-birlaridan morfologiyalari (dumaloq, spiralsimon, ipsimon va h.k.) bilan 
farq qiladilar. 
Anaerob sharoitdan tashqari jarayon ketishi uchun qorong‘ulik, neytral yoki 
juda ham kam bo‘lgan ishqoriy muhit (rN-8,0) bo‘lishi shart. Barcha, shu 
kungacha aniqlangan metanogen bakteriyalar kerakli energiyani vodorodning 
oksidlanishi hisobidan oladilar. 
Vodorod akseptori vazifasini karbonat angidrid bajaradi: 
4N
2
+ SO
2
→ SN
4
+ 2N
2

Metanogen bakteriyalarning ba’zilari vodorod akseptori sifatida SO dan 
foydalanadilar: 
4SO + 2N
2
0 → SBS + ZS0
2
yoki 
CO+3H
2
→ SN
4
+N
2

Yuqorida ko‘rsatilgan reaksiyalarning barchasida energiya chiqariladi, Har xil 
birikmalardan metan hosil bo‘lishi, turli xil tezlikda amalga oshadi. Oxirgi 
davrlarda metanogen bakteriyalar juda yaxshi va har tomonlama chuqur 
o‘rganilmoqda. Birinchi navbatda bu ularni tabiiy gazlar genezisida hal qiluvchi roli 
borligi bilan tushintiriladi. 
1990 yildagi xabarga ko‘ra Yevropada yirik (1000 m
3
va undan ko‘proq) 
biogaz ustqurmalari xususiy korxonalarda va davlat sektorlarida 500 dan ko‘proq 


 75 
bo‘lgan bo‘lsa, AQSh da o‘sha davrda undan ikki barobar ko‘proq bo‘lgan. Bunday 
ustqurmalarda asosan har xil chiqindilar (qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat 
chiqindilari) qayta ishlangan. 
1985 yilda AQSh da faqatgina hayvon chiqindilari 250 mln. tonna bo‘lib, 
uning anaerob metanogenezi oqibatida 120 mlrd.m
3
metan tayyorlash mumkin 
bo‘lgan. 
Biogaz ustqurmalari tayyorlash bilan hozirgi davrda dunyoning juda ko‘plab 
kompaniyalari shug‘illanadilar. Sanoat ustqurmalarining hajmi 10-1500 m
3
oralig‘ida. Ustqurmalarning konstruksiyasi unchalik murakkab emas. Ular ikki 
qismdan iborat: 
birinchi 

germet 
mustahkam, 
termoboshqariladigan 
fermentyor, 
aralashtirgich, biomassani avtomatik ravishda kiritish va chiqarib tashlash uchun 
mo‘ljallangan asboblar bilan jihozlangan; 
ikkinchi - ushlagich, biogazni ushlab qoluvchi - gazgol’der. 
Osiyoning ba’zi mamlakatlarida (Xitoy, Hindiston, Nepal va h.k.) 
elektroenergiya yetishmaganligi uchun biogazdan keng foydalaniladi va u juda ham 
sodda uskunalarda tayyorlanadi: 
- chuqur qazilib, unda anaerob jarayon ketishi uchun sharoit yaratiladi; 
- ajralib chiqqan biogaz kichik bochkalarda saqlanadi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ishlatiladi. 
Xitoyda bunday ustqurmalar soni 50 mln. dan ko‘proq bo‘lib, yildan-yilga 
ularning soni oshib bormoqda. Hindistonda esa bunday ustqurmalar bir necha 
milliondan ko‘proqni tashkil etadi. 
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqaradigan ustqurmalarning unchalik katta 
bo‘lmaganlari, fermer xo‘jaliklari, cho‘ponlar va cho‘lda ishlovchilar uchun 
juda foydalidir. 
 
Savollar

1. Pektinli bijg‘ishda qatnashadigan mikroorganizmlar va ularda 
uchraydigan fermenlarni izohlang. 
2. Sellyulozaning anaerob bijg‘ishi qanday boradi? 
3. Sellyulozaning aerob parchalanishi ximizmini tushuntiring. 
4. Moy kislotali bijg‘ishning ahamiyati. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin