81
o‘simlik mahsulotlarini delignifikatsiya qilish (bu texnologiya
boshqa maqsadlar uchun ham ishlatilib kelinmoqda);
sellyulozani fermentativ parchalanish mexanizmini yaratish (bu
jarayonda bir nechta gidrolitik fermentlar ishtirok etishi aniqlandi);
sellyuloza fermentining o‘ta faol produtsentlari yaratildi, ular orasida
aerob va anaerob sharoitda faoliyat olib borayotganlari, eukariot va prokariot
organizmlar bor;
sellyuloza fermenti sintezi uchun javobgar bo‘lgan gen ajratib olinib,
bir mikroorganizmdan boshqasiga o‘tkazish sharoitlari ishlab chiqildi;
pentoza va geksozalarni bijg‘itish sharoitlari yaratildi va h.k.
O‘simlik biomassasiga boy bo‘lgan mamlakatlarda (Rossiya, Kanada,
Finlyandiya va boshqalar, shular qatoriga O‘zbekistonni ham kiritish mumkin,
chunki mamlakatimizda yilita 4 mln. tonnadan ko‘proq g‘o‘zapoya yetishtiriladi va
undan foydalanish usullari hamon eskiligicha qolib ketmoqda.) suyuq energiya
manbaini olish texnologiyasidan foydalanilmaydigan bo‘lsada, bu texnologiyani
alternativ deb qarash lozim. Chunki, bu texnologiyadan bir qator mamlakatlarda keng
foydalanilib kelinmoqda. Masalan, AQSh da gazoxol (10% etanol va 90% benzin
aralashmasi), Braziliyada 50% benzinni etanolga almashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy
ishlar jadal olib borilmoqda.
Mamlakatni tuproq va iqlim sharoiti, suyuqlik energiyasini tayyorlash
biotexnologiyasini kirib kelish dararajasiga ta’sir ko‘rsatdi. Bunga sabab:
Dostları ilə paylaş: