91
Bunday oziqalarni tarkibi murakkab bo‘lib, ular ko‘plab
komponentlardan
tashkil topadilar. Prototroflar juda oz miqdorda uglevodlar va tuzlar bo‘lgan
muxitda ham o‘sa oladilar. Auksotroflar esa o‘z ozig‘ida aminokislotalar va
vitaminlar bo‘lishini talab qiladi.
Oziqa muhiti qattiq (go‘shtpeptonli agar, go‘shtpeptonli jelatin, chirigan
zardob, kartoshka, tuxum oqi), yarim suyuq (0,5% go‘shtpeptonli agar) va suyuq
holatda (pepton suvi, go‘shtpeptonli bulon, shakarli bulon) bo‘ladi. Laboratoriyada
bakteriyalar probirkalarda, Petri likobchalarida
va kichik shisha idishlarda
o‘stiriladi. Zich oziqa muhitida bakteriyalar turli shakldagi koloniyalar hosil kiladi:
qirralari tekis, tekis bo‘lmagan, do‘ng, ichiga botgan, yumaloq va hokazo.
Koloniyalarning diametri turlicha bo‘lishi mumkin (4-5 mm bo‘lsa katta, 2-4
mm bo‘lsa o‘rtacha, 1-2 mm bo‘lsa kichik va 1 mm dan kichik bo‘lsa mitti
koloniya deyiladi). Koloniyalarning rangi ham turlicha bo‘lishi mumkin, rangli,
rangsiz, quruq va shilimshiq.
Sof va elektiv kulturalar
.
Bakteriyalarning bir turidan tashkil topgan kultura,
sof (toza) kultura deyiladi. Sof holdagi kulturani ajratib olish ancha mashaqqatli
ish, lekin shunga qaramasdan bunday kulturaning ahamiyati katta. Chunki sof
holda ajratib olingan kulturada bakteriyalarning morfologiyasi,
fiziologiyasini,
biologik xususiyatlari va rivojlanishini aniq tekshirish imkoniyati yaratiladi. Sof
kulturadan tashqari, elektiv kulturalar ham ma’lumdir. Shunday qilib, elektiv
atamasi V.I.Vinogradskiy tomonidan mikrobiologiyaga kiritilgan bo‘lib, unda
ma’lum muhitda ma’lum bir guruh mikroorganizmlar, guruh mikroorganizmlarga
nisbatan ustuvorlik sezadilar. Elektiv kultura deb ko‘p turli mikroorganizmlar
orasidan ayrim bir turning rivojlanishi uchun sharoit yaratishga aytiladi. Masalan,
Bac. subtillis ning elektiv kulturasini shunday qo‘yish mumkin.
Quruq pichandan
5-10 g olib, ustiga 200 ml suv quyiladi va ozgina oq bo‘rdan qo‘shib, 15-30 minut
qaynatiladi. So‘ngra filtrlab, kichik kolbalarga oz-ozdan solinadi va og‘zini paxta
probka bilan berkitib, 25-30° li termostatda o‘stiriladi.
Tuproqdagi ko‘p turli mikroorganizmlardan ayrim turlarni ajratib olish
mumkin. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, elektiv kulturalar usulini birinchi marta
Vinogradskiy ishlab chiqqan va nitrifikatorlarni boshqa guruhga mansub bo‘lgan
bakteriyalardan ajratib olishga erishgan.
92
Mikroorganizmlarning oqib turuvchi kulturasi
.
Bu usul laboratoriyada yoki
ishlab chiqarish korxonalarida muhim ahamiyatga ega. Kulturali idishlarga doim
yangi oziq eritmasi oqizib qo‘yiladi. Ikkinchi tomondan ishlanib bo‘lgan
kultura
chiqib turadi, ikkala tomonning oqim tezligi barobar bo‘ladi. Masalan, kultivatorlar
tutashtirilgan 3 ta idishdan iborat bo‘lsa, 1 idishda yosh bakteriyalar, 2 idishda
yetilgan bakteriyalar va uchinchi idishda ko‘payishdan to‘xtagan bakteriyalar
kulturasi bo‘ladi. Bu usulda istagan vaqtda ishni to‘xtatib, ma’lum yoshdagi
bakteriyalar kulturasini olib, ularning xususiyatlarini o‘rganish mumkin.
Savollar
.
1. Pektinli bijg‘ishda qatnashadigan
mikroorganizmlar va ularda
uchraydigan fermenlarni izohlang.
2. Sellyulozaning anaerob bijg‘ishi qanday boradi?
3. Sellyulozaning aerob parchalanishi ximizmini tushuntiring.
4. Moy kislotali bijg‘ishning ahamiyati nimada.
5. Elektiv kultura deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: