P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

5.2. Kimyoviy omillar 
Ba’zi ximiyaviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta’sir etadi. Masalan, ularga 
kuchli kislotalar, ishqorlar, og‘ir metallarning tuzlari bilan ta’sir etilsa, ularda 
manfiy xemotaksis namoyon bo‘ladi. 
Ba’zi moddalarning oz miqdori ijobiy ta’sir etsa, ko‘p miqdori salbiy ta’sir 
etadi. Masalan, 40% li formaldegid (formalin) vegetativ hujayralarni va sporalarni 


 107 
nobud qiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% li eritmasi, xlorli ohakning 10-
20% li eritmasi yoki spirtning 75% li eritmasi dezinfeksiyalashda ko‘p ishlatiladi. 
Mikroorganizmlar o‘stiriladigan oziqa muhitini albatta sterillash zarur. Ular 
avtoklavda 1-2 atm. bosimda 105-120° da 15-30 minut davomida sterillanadi. 
Kox kaynatgichida ham bo‘lib-bo‘lib sterillash mumkin. Buning uchun 100° 
da 30 minut sterillanadi, keyin termostatda bir sutka saqlanadi. Ikkinchi kun yana 
100° da 30 minut sterillanadi va termostatda saqlanadi, uchinchi kuni ham xuddi 
shunday sterillanadi. 
Mikrobiologiyada ishlatiladigan asboblar esa issiq havo yordamida kuritkich 
shkaflarda 150-160° temperaturada 1,5-2,0 soat davomida sterillanadi. 
Oziq-ovqat sanoatida pasterlash usulidan keng foydalaniladi. Bunda sut 
mahsulotlari 60° temperaturada 30 minut saqlanadi, bunday ishlov berilganda 
bakteriyalarning vegetativ hujayralari nobud bo‘ladi. 
5.3. Biologik omillar 
Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biotsenozlarni tashkil etadi, 
ya’ni bir yerning o‘zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida 
simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin. 
Simbioz holda hayot kechirganda, bir tur kkkinchi tur bilan birgalikda 
yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil kiluvchi 
bakteriyalar va achitqi zamburug‘lari birgalikda yashaydilar yoki tugunak 
bakteriyalar dukkakdosh o‘simliklar bilan birgalikda yashaydilar. 
Metabiozda bir bakteriya ikkinchi bakteriya uchun qulay sharoit yaratib 
beradi. Masalan, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar uchun NN
3
hosil qiladi. 
Nitrozomonas NH
3
ni o‘zlashtirib, nitrobakter uchun HNO
2
hosil qiladi: 
2NH
3
+ 3O
2
2HNO
2
+ 2H
2
O + 658 kJ 
HNO2 ni nitrobakter oksidlaydi: 
2HNO
2
+ O
2
2HNO
3
+ 180 kJ 
Anagonizmda bir tur, ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo‘yadi. 
Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo‘yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni 
eritib yuboradi, bijg‘ituvchilar chirituvchilarning ko‘payishini cheklab qo‘yadi 
yoki 
turli-tuman 
antibiotiklar 
bakteriyalarga 
salbiy 
ta’sir 
etadi. 
Mikroorganizmlarga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini bilgan holda, ularga 
qarshi kurash choralarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 
Savollar

1. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizikaviy omillarni ko‘rsating va 
ularni ta’sirini izohlang. 
2. Mikroorganizmlarga ximiyaviy moddalarning ta’siri haqida. 
3. Biologik omillarning ta’siri, ya’ni murakkab biotsenozni tushuntiring. 


 108 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin