36
elastik bo‘lib, bakteriya xujayrasining egilishiga
va xarakatlanishiga yordam
beradi. Vegetativ xujayralari bo‘linib ko‘payadi, sirpanib xarakatlanadi, rangsiz
yoki rangli meva tanalar hosil qiladi. Meva tanalarning rangi va shakli bakteriyani
xususiyatlariga bog‘liq. Miksobakteriyalar sporangiylarida mikrotsistalarni hosil
qiladi va ular substratdan shoxlari bilan ko‘tarilib turishi mumkin. Mikrosporalar
qurg‘oqchilikka chidamli, lekin qizdirilganda nobud bo‘ladi. Mikrotsistalar qulay
sharoitda unib, vegetativ xujayraga aylanadi. Mikrotsistalar aerob bo‘lib,
xemoorganotroflar hisoblanadi, tuproqda, go‘ngda uchrab, o‘simlik va hayvon
sellyulozasi polisaxaridi, oqsili va boshqalarni parchalaydi.
Miksobakteriyalar tarkibi 3 ta oilaga bo‘linadi.
Myxococcaceae oilasi
vakillari noqulay sharoitga tushganda oval shaklli mikrotsistalarni xosil qiladi,
qulay sharoitda ulardan ikki uchlari sal o‘tkirlashgan vegetativ xujayralar hosil
bo‘ladi.
Archangiaceae oilasi vakillari tayoqchasimon mikrotsistalar hosil qiladi, oila
vakillarining uchlari konussimon, vegetativ xujayraga ega.
Poliangiaceae oilasi vakillari uchlari o‘tmas, silindrsimon vegetativ
xujayralarga ega. Mikrosporalari qulay sharoitda tez unadi.
Cytophagales tartibi vakillari mevatana xosil qilmaydi, vegetativ xujayralari
tayoqchasimon va ipsimon ko‘rinishda bo‘ladi, sirpanib xarakatlanadi, birnechta
oilalari mavjud, Cytophagaceae oilasi vakillari tayoqchasimon va ipsimon bo‘lib,
uchlari o‘tmaslashgan, mikrotsistalar hosil qilmaydi, xaqiqiy aerob yoki fakultativ
anaerob.
Beggiatoaceae
oilasi vakillari rangsiz uzun shoxlanmagan, iplar trixamalar
ko‘rinishida bo‘ladi. Sirpanib xarakatlanadi, birorta substratga yopishmaydi,
xujayralari ko‘ndalang bo‘linib ko‘payadi. Vodorod
sulfidli joylarda uchrab,
sulfidlarni sulfatlargacha oksidlaydi.
Xlamidabakteriyalar
– xujayrasining usti qobiq bilan o‘ralgan, ular 7
avlodga bo‘linadi.
Sphaerotilus avlodi bir xujayrali, tayoqchasimon, grammanfiy organizmlar
bo‘lib, qutblarida xivchinlari mavjud. Usti shilimshiq moddalardan iborat qobiq
bilan o‘ralgan. Xlamidobakteriyalarning iplari bir necha mm ga yetishi mumkin,
xujayralar qin ichida bo‘linib ko‘payadi, xosil bo‘lgan xarakatchan qiz xujayralar
qin ichidan sirpanib chiqib ketadi yoki qinning parchalanishidan chiqishi mumkin.
Bu avlod vakillari chuchuk suvlarda va ifloslangan suvlarda uchraydi.
Leptothrix
avlodi vakillari to‘g‘ri tayoqchalar shaklida bo‘lib, zanjir xosil
qilib, qobiq bilan o‘ralgan holda uchraydi. Qobiqlari temir yoki marganets
oksidlarining gidratlari bilan to‘yingan yoki qoplangan holda uchraydi. Kislorodli
muxitni yoqtiradi, grammanfiy, yuqoridagi avlodlardan tashqari Streptothrix,
Crenothrix, Clonothrix avlodlari ham mavjud.
Poyali bakteriyalar
vakillari 17 ta avlodga birlashgan. Hyphomicrobium
avlodi vakillari ikki uchi o‘tkirlashgan tayoqchasimon, ovalsimon, tuxumsimon
yoki loviyasimon ko‘rinishlarga ega. Ular har xil uzunlikdagi o‘simtalar hosil
qiladi. Ko‘payishi ipsimon o‘simtalar uchida joylashgan, kurtaklar yordamida
amalga oshadi, kurtaklari yetilgandan so‘ng xarakatchan bo‘lib
qoladi va gifadan
ajralib, substratga yoki boshqa bir xujayraga yopishadi. Xemoorganotrof bo‘lib,
37
o‘sishi uchun SO
2
kerak bo‘ladi. Ko‘pgina poyali bakteriyalar laktat, formiat,
atsetat va boshqa birikmalarni o‘zlashtirish xususiyatiga ega.
Pedomicrobium avlodi vakillari ma’lum rivojlanish sikliga ega. Oval
shaklidagi ona xujayrada xivchinli, xarakatchan xujayra xosil bo‘ladi. Qiz
xujayraning xosil bo‘lishi, kurtaklanish orqali amalga oshadi. Bu avlod vakillari
xujayrasi ustida temir va marganets oksidlarini ajratadi. Tuproqda keng tarqalgan.
Poyali bakteriyalardan Coaulobacter avlodi vakillari shoxlangan va bir
qutubdan chiqqan tayoqchasimon vibrionsimon ko‘rinishlarga ega. Ular
xemoorganotroflar bo‘lib grammanfiy, kislorodli muhitda yaxshi o‘sadi, tuproqda,
chuchuk suvlarda keng tarqalgan.
Gallionella avlodi vakillari uzun poyalar uchida joylashgan tayoqchasimon
yoki sharsimon mikroorganizmlardir. Poyalari bir-biriga chirmashib ketgan
fibrillalardan tashkil topgan bog‘cha to‘plamlardan iborat. Poyachalar temir
gidrooksidi bilan qoplangan bo‘ladi. Ko‘payganda binar bo‘linib ko‘payadi va qiz
xujayralar poyalar uchlarida joylashadi. Keyinchalik ular poyadan zoosporalarga
o‘xshab ajraladilar va bitta yoki ikkita polyar joylashgan
xivchinlari bilan
xarakatlanib, yuradilar. Grammanfiy. Xemolitotrof ular ikki valentli temirni uch
valentligicha oksidlaydi, SO
2
ni o‘zlashtiradi. Bu avlod vakillari Leptotrix avlodi
bilan birgalikda temirni suv havzalarida cho‘kishini amalga oshiradi.
Rikketsiyalar va xlamidalar
– bu guruh mikroorganizmlari Rickettsiales va
Chlamydiales deb nomlangan tartiblarini o‘z ichiga oladilar.
Rickettsiales tartibi uch oilani birlashtiradi – Rickettsiaseae, Bartonellaceae,
Anaplasmataceae. Ular bir qancha nopatogen, ammo xujayra ichidagina
ko‘payadigan parazit vakillarni o‘z ichiga oladi.
Vakillari tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega bo‘lib, har xil
rikketsioz deb ataladigan yuqumli kasalliklarga sababchi bo‘ladi. Rikketsiyalar
ham tayoqchasimon, sharsimon va ipsimon bo‘lib, spora hosil qilmaydi,
xarakatsiz. Grammanfiy. Ho‘jayini xujayrasida binar bo‘linib ko‘payadi.
Rikketsiyalarni ba’zi vakillari xasharotlar bilan simbioz holida yashaydi.
Tipik
vakillaridan Rickettsia powazekii toshma tif kasalligini qo‘zg‘atadi, ko‘ylak biti
bilan simbiozda yashaydi.
Chlamydiale tartibi Chlamydiaceae oilasidan iborat bo‘lib, unga odamlarda
kasallik qo‘zg‘atadigan turlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: