P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
 
 


 33 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II-BOB. MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI 
 
2.1. Prokariotlarning sistematikasi 
Mikroorganizmlarni ma’lum bir sistematikaga (tasnifga) solish uchun 
quyidagilar e’tiborga olinadi: 
Shakli va o‘lchami; 
Xarakati (xivchinlarning bor-yo‘qligi va joylashishi); 
Kapsulasining bor-yo‘qligi; 
Endospora xosil qilishi; 
Gram usulida bo‘yalishi; 
Moddalar almashinuvining o‘ziga xosligi; 
Energiya olishi; 
Tashqi muhit bilan aloqasi. 
Molekulyar biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlarning genotip 
xususiyatlarini o‘rganish mumkin bo‘ldi. Bunda mikroorganizm nukleotid tarkibi, 
purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o‘rganiladi va ikki guruhga 
kiruvchi mikroorganizmlarning farqlari aniqlanadi. 
Ikki turga kiruvchi mikroorganizm nuklein kislotalarini bir-biriga gibridlab, 
ular 
orasidagi 
nukleotidlar 
tarkibini 
o‘xshashligi 
o‘rganiladi. 
Mikroorganizmlarning xususiyatlari o‘rganilib, K.Linney ishlab chiqqan binor 
nomenklaturasi bo‘yicha lotin alifbosida ilmiy nom beriladi. Masalan, pichan 
tayoqchasi Bacillus subtilis deb nomlanadi.
Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya 
nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom beriladigan bo‘ldi.


 34 
Mikroorganizmlarning yaqin belgilariga qarab tavsiflovchi tur (specics), 
avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo‘lim (divisio), olam 
(regnum) kabi toksonomik kategoriyalar ishlatiladi. 
Tur deb, fenotip jixatdan o‘xshash, bitta genotipga ega bo‘lgan individlar 
yig‘indisiga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo‘linadilar.
Mikrobiologiyada mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida 
yetarli ma’lumot bo‘lmaganligi sababli mikroorganizmlar sistematikasi sun’iy 
xisoblanadi va mikroorganizmlarni idensifikatsiya qilish uchun aniqlagich 
vazifasini bajaradi.
D.X.Bergi (1984 yil) ma’lumoti bo‘yicha Procariotae dunyosi 4 ta bo‘limga 
ajratiladi: 
1 - bo‘lim. Gracilacutes (gracilus.lot. yupqa, cutes - po‘st) – bu bo‘lim 
vakillariga xujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo‘lgan kokklar, 
tayoqchasimon prokariotlar kiradilar. Ular endospora xosil qilmaydi, bo‘linib 
ko‘payadi, vakillari fototrof, nofototroflar, aeroblar, anaeroblar, obligat 
parazitlardir. 
Bo‘lim Scotobacteria, Anoxyphotobacteria, Oxyphotobacteria sinflariga 
ajratiladi. 
1-sinf – Scotobacteria. Sinf 10 ta: 1-spiroxetalar, 2-aerob spiral va 
vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar, 3-aerob grammanfiy kokklar va 
tayoqchalar, 
4-fakultativ 
anaerob, 
grammanfiy 
tayoqchalar, 
5-anaerob, 
grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar, 6-grammanfiy, xemolitotrof 
bakteriyalar, 
7-sirpanuvchi 
bakteriyalar, 
8-xlamidabakteriyalar, 
9-poyali 
bakteriyalar, 10-rikketsiyalar va xlamidalar kabi guruhlarga bo‘linadi. 
Spiroxetalarga
2 ta Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kirib, ularga 
oson egiluvchan, uzunligi 5-600 mkm va eni 0,4-0,7 mkm bir xujayrali 
bakteriyalar kiradilar. 
Spiroxeta xujayrasida protoplazmatik silindr bo‘lib, bir necha o‘qsimon 
fibrillar bilan o‘ralgan. Bu fibrillarning o‘zi silindr oxiridagi biriktiruvchi diskdan 
boshlanadi. Protoplazmatik silindr va o‘q fibrillar tashqaridan po‘st bilan o‘ralgan. 
Xujayrasi nukleoid, mezosoma va boshqalardan tashkil topgan. Spiroxetalar 
ko‘ndalangiga 
bo‘linib 
ko‘payadi, 
xarakatchan, 
spora 
xosil 
qilmaydi. 
Spiroxetalarning ba’zilari saprofit xolida hayot kechiradi. Odam va hayvonlarda 
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Aerob spiral va vibrionsimon, garmmanfiy bakteriyalar Spirillaceae oilasini 
tashkil etadi. Xujayralari tayoqcha shaklida bo‘lib spiralsimon buralgan. 
Xujayrasining ikkita uchida to‘p xivchinlar joylashgan, ular chuchuk suvlarda va 
tuproqda ko‘proq yashaydilar.
Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar

Bu guruh vakillari 7 ta oilaga 
mansub bo‘lib, shundan 3 tasi tuproqning xosildorligini oshirishda amaliy 
ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba’zi vakillari 
nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar.
Azotobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, kokksimon xujayralarga 
ega bo‘lib, xarakatchan, spora xosil qilmaydi, erkin azotni o‘zlashtira oladi.


 35 
Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqcha ko‘rinishida, spora hosil qilmaydi, 
boshoqdoshlar ildizida tuganaklar hosil qiladi, o‘simliklar bilan simbioz xolida 
yashab, erkin azotni o‘zlashtiradi.
Agrobacterium avlodi har xil o‘simlik ildizlarida shish hosil qiladi va 
vakillari fitopatogen bakteriyalarga kiradi.
Methylcoccaceae oilasi ikki avlodni Methylococcus va Methylomonas ni 
o‘z ichiga oladi. Bu avlod vakillari kokk va tayoqcha shaklida bo‘lib, ular uchun 
energiya manbai metan va metanoldir.
Acetobacteriacaea oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlodlaridan tashkil 
topgan bo‘lib, bu avlod vakillari etil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydilar.
Fakultativ 
anaerob, 
grammanfiy 
tayoqchalar

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin