P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Fermentlarning xususiyatlari
:
mikrob hujayrasida o‘tadigan jarayonlar 
fermentlarning aktivligiga bog‘liqdir. Fermentlar suv, tuz, kislota va ishqor 
eritmalarida eriydi. Ular oqsil kompleksi, kristallsimon va eritmaning tubiga 
tushadi.
Fermentlarning umumiy xususiyatlari: 1) spetsifikligi (maxsus ta’sir 
etishligi). Fermentlar faqat maxsus ximiyaviy birikmalarga yoki ximiyaviy 
birikmalarning gruppalariga ta’sir etadilar. Masalan, laktaza fermenti, faqat sut 
shakarini (laktozani), ureaza esa mochevinani parchalaydi va hokazo. 
2) fermentlarning katalitik aktivligi juda ham baland bo‘lishi mumkin. 
Masalan, 1 g amilaza 1 t kraxmalni parchalashi yoki 1 g ximozin 12 t sutni ivitish 
imkoniyatiga egadir. 
3) termolabilligi - fermentlar isitilganda, tezda parchalanadi. Masalan, 50 – 
60 
0
S daraja issiqda fermentlar o‘zining aktivligini pasaytiradi. 80 
0
S darajada esa 
aktivligini yo‘qotadi, 100 
0
S darajada esa to‘la parchalanadi. Fermentlarning 
aktivligi 30 - 50 darajada yaxshi o‘tadi, hayvonlardagi fermentlar esa 37 - 40 
darajada aktiv bo‘ladi. 
4) ta’siri ma’lum rN muxitda o‘tadi. Masalan, pepsin rNning 1,5 - 2,5, 
tripsin - 7,8 - 8,7, katalaza va ureazalar esa rNning 7-muhitida yaxshi ta’sir etadi 
(rN optimum). 
5) reaksiyalarning oxirida o‘zgarmaydi va hosil bo‘lgan mahsulotlarning 
tarkibiga kirmaydi. 
Hozir 1000 dan ortiq fermentlar mavjud. Hamma fermentlar oltita sinfga 
bo‘lingan. Bular: 


 50 
1. 
Oksidoreduktazalar; 
2.Transferazalar; 
3.Gidrolazalar; 
4.Liazalar; 
5.Izomerazalar; 6.Ligazalar. 
Oksidoreduktazalar
– oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida katalizatorlik 
qiladi. Bu guruhga kiruvchi fermentlar hujayraning nafas olish jarayonida vodorod 
va kislorod tashishini aktivlashtiradi.
Transferaza

ayrim radikallarni: atsetil transferazalar – sirka kislota 
qoldig‘ini (SN
3
SO), fosfotransferaza-fosfat kislota qoldig‘ini (N
2
RO
3
2-
) tashuvchi 
fermentlardir.
Gidrolaza

gidrolizlanish reaksiyasini tezlatadi. Bu fermentlar murakkab 
moddalarni 
cuv 
ishtirokida 
oddiy 
moddalargacha 
parchalaydilar. 
Peptidogidrogenazalar oqsil va peptidlarni glyukozidgidrolazalar uglevod va 
glyukozidlarni parchalaydi va h.k. 
Liazalar

substratlardan kimyoviy guruhlar radikallarini olib, qo‘sh bog‘ 
hosil qiladi yoki kimyoviy guruh radikallarini qo‘sh bog‘larga ulaydi. 
Izomerazalar

organik moddalarni ularning izomerlariga aylantiradi ya’ni, 
molekula ichidagi atomlar, radikallar va guruhlarning o‘rnini o‘zgartiradi. Ularning 
moddalar almashinishida ahamiyati katta. 
Ligaza
yoki sintetaza

pirofosfor bog‘lanishining uzilishi hisobiga oddiy 
birikmalardan murakkab birikmalarning sintezlanishini tezlashtiradi. Masalan, 
karboksilaza karbonat angdridni organik birikmalarga biriktiradi.
Piruvat karboksilaza piruzum kislota va karbonat angdriddan shavelsirka 
kislotasini sintez qiladi. Fermentlar tuzilishiga qarab ikki sinfga bo‘linadi:
Oddiy oqsillar (fermentlar) - ular faqat oqsildan iborat. 
Murakkab oqsillar (fermentlar) – oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini olib 
boruvchi, kimyoviy guruhlarni ko‘chiruvchi fermentlar. Ular ikki qismdan iborat: 
apoferment qismi (oqsil qismi) va ferment aktivligini belgilaydigan kofaktor qismi. 
Bu qismlar alohida holatda aktivlikka ega emas, balki birlashgandan so‘ngina 
aktivlikka ega bo‘ladi.
Apoferment va kofaktordan tashkil topgan kompleks xoloferment deb 
ataladi.
Metallarning ionlari (temir, mis, kobalt, rux, molibden va h.) yoki koferment 
deb ataladigan murakkab organik birikmalar kofaktor bo‘lishi mumkin. 
Kofermentlar odatda elektronlarni, atomlarni, guruhlarni fermentativ reaksiya 
natijasida bir birikmadan boshqasiga o‘tishida oraliq o‘tkazuvchi vazifasini 
bajaradi. Ba’zi kofermentlar ferment oqsili bilan mustaxkam birikkan bo‘ladi. 
Ularni prostetik guruh deb ataladi. Kofaktorlarga degidrogenezalarning faol
guruhlari NAD yoki NADF lar kiradi. Bu kofermentlar tarkibiga V guruh 
vitaminlaridan biri nikotin kislotasi kiradi. Vitamin V1 (tiamin) pirouzum kislota 
almashinuvida qatnashadigan tiamin pirofosfokinaza tarkibiga kiradi. Koferment A 
ning tarkibiy qismi bo‘lib, pantoten kislota, flavoprotein fermentlarining prostetik 
guruhini-vitamin 
V2 
(riboflavin) 
tashkil 
qiladi. 
Tirik 
organizmlarning 
oziqlanishida 
vitaminlarning 
ahamiyatli 
tomonlari 
ham 
shundaki, 
ular 
kofermentlarning tarkibiy qismiga kiradilar. Fermentlar erkin aktivlashtirish 
reaksiyasini pasaytirib, kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Fermentlarni boshqa 
katalizatorlardan 
farqi 
ularni 
olib 
borayotgan 
kimyoviy 
reaksiyalarni 


 51 
spetsifikligidir. Har bir ferment faqat bitta ma’lum reaksiyani olib boradi. Ferment 
molekulasining 
substrat 
birikadigan 
katalitik 
markazi 
ma’lum fazoviy 
konfiguratsiyaga ega bo‘lib, u faqat substrat molekulasigagina mos keladi. 
Fermentlarning aktivligi ferment va substratning konsentratsiyasiga, xaroratga, rN 
ga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir ferment uchun o‘z xarorat va rN 
optimumlari mavjud. Ko‘pgina fermentativ reaksiyalar qaytmas reaksiyalar 
hisoblanadi. Mikroorganizmlarning o‘lchamlari kichik bo‘lishiga qaramasdan har 
xil vazifalarni bajaradigan bir-biridan farq qiladigan fermentlarni ishlab chiqaradi. 
Metabolizmda qatnashadigan fermentlar odatda xujayra ichida bo‘lib, ularning 
endofermentlar deb nomlanadi.
Endofermentlar (endoenzimlar) mikrob hujayrasining o‘zi bilan bog‘langan 
bo‘ladi. Mikroblar o‘z faoliyati davomida ekzofermentlarni oziqlanuvchi muhitga 
ajratadi, ular bakterial filtrdan o‘tadilar, murakkab oziq moddalarni (oqsillar, 
kraxmal, kletchatka va boshqalarni) parchalab, hazm qilish uchun tayyorlaydilar. 
Endofermentlar hujayra protoplazmasi bilan mustahkam bog‘lik bo‘lib, faqat 
hujayra ichiga kirgan oziq moddalarni parchalaydilar va ularni hujayraning asosiy 
qismlariga aylantiradilar. 
Ba’zi fermentlar xujayra tomonidan tashqi muhitga ajratiladi, shuning uchun 
ham ularga ekzofermentlar deyiladi. Odatda bunday fermentlar gidrolitik 
fermentlar bo‘lib, katta molekulali birikmalarni parchalab, xujayraga o‘ta oladigan 
xolatga keltiradi va xujayra tomonidan ozuqa sifatida o‘zlashtiriladi.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin