.
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi
.
V. O. Tauson 1925 yildan
boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va
zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va
anaeroblarga ajratadi. Keyinchalik u ochiq zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi
formalarni ham topgan. Toluol, benzol, ksilolni parchalovchi turlarni aniqlagan.
Ba’zilari faqat toluolni parchalasa, boshqalari 2 halqali (definil, naftalinni),
uchinchilari uch halqali (fenantren va antratsen) uglevodorodlarni parchalaydi.
Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu
54
ishlari geterotrof mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni nihoyatda
xilma-xil ekanligini ko‘rsatadi.
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez.
Barcha yashil
o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida SO
2
va
N
2
O dan organik modda hosil qilish, ya’ni fotosintez jarayonidir. Uni tubandagi
tenglama bilan ifodalash mumkin:
6SO
2
+ 6N
2
O
→ S
6
N
12
O
6
+6O
2
Fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada
to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi.
18-rasm. Yashil bakteriyalar
19-rasm. Qirmizi bakteriyalar
Tuban organizmlardan ko‘k-yashil va bir hujayrali yashil suv o‘tlarda ham
fotosintez jarayoni boradi, ayniqsa bu jarayon xlorella misolida yaxshi o‘rganilgan
(20-rasm). Yuksak o‘simliklardan farqli o‘laroq, yashil bakteriyalar va ko‘k-yashil
suvo‘tlari xlorofillni qorong‘ida hosil qiladilar. Rus olimi Lrtari (1899, 1913)
aniqlashicha, ko‘pchilik yashil suvo‘tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan
suvo‘tlar agar-agarda yaxshi o‘sadilar (ya’ni oziqda glyukoza, pepton, mineral
tuzlar bo‘lganda). Bu esa V. N. Lyubimenko va A. I. Oparinni “geterotrof
oziqlanish - avtotrofdan oldin kelib chiqqan” degan fikrini tasdiqlaydi. Yashil
bakteriyalar va yuksak o‘simliklardagi xlorofill turli nurlarni yutadilar. Yuksak
o‘simliklardagi xlorofill qizil va ko‘kbinafsha nurlarni yutsa, bakteriyalardagi
xlorofill olti xil rangli nurlarni yutadi.
Bundan tashqari, bakterioxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha,
nurlarning yutilish maksimumi yashil va qirmizi rang bakteriyalarda 800-890 nm
oralig‘ida (18 va 19 rasmlar). Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400-600 nm
orasidagi nurlarni yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadilar. Ulardagi xlorofill
faqat elektron mikroskopda ko‘rinadi. Ularda fotosintez quyidagicha boradi:
Yashil bakteriyalarda: SO
2
+2N
2
S
→ S
6
N
12
O
6
+H
2
O+S
2
Qirmizi bakteriyalarda: SO
2
+2N
2
S+2H
2
O
→ S
6
N
12
O
6
+H
2
SO
4
55
20-rasm. Chlorella sp
.
Dostları ilə paylaş: |