P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Uch karbon kislotalar halqasi (krebs halqasi)



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
3.6. Uch karbon kislotalar halqasi (krebs halqasi) 
Glyukozaning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan pirouzum kislotasi hujayra 
metabolizmida markaziy o‘rinni egallaydi va bu holat biokimyoda hujayraning nafas 
olishi deb yuritiladi. Nafas olish jarayonida piruvatdan tashqari yog‘ kislotalari va 
qator aminokislotalar ham to‘la oksidlanadilar. Bu jarayon uch bosqichga bo‘linadi: 
Birinchi bosqichda - hujayrada energiya rolini o‘ynaydigan organik 
birikmalar, atsetil-ko-enzim A tarkibiga kiradigan ikki uglerodli fragment - atsetil-
SN
3
SO gacha oksidlanadilar. 


 48 
Ikkinchi bosqichda - atsetil guruhlar limon kislota xalqasida parchalanib, 
vodorod atomlari va SO
2
ni hosil qiladilar. 
Uchinchi bosqichda – vodorod, protonlar va elektronlarga parchalanadi. 
So‘ngra elektronlar mitoxondriyalarning ichki membranalarida joylashgan elektron 
tashuvchilar orqali molekulyar kislorodga uzatiladi va N
2
O hosil qilib, qaytariladi. 
Piruvatning oksidlanish va dekarboksillanishi jarayonida uch xil fermentlar: 
piruvatdegidrogenaza (F
1
),
degidrolipoil-atsetiltransferaza (F
2
),
degidrolipoil-degidrogenaza (F
3
) lar ishtirok etadi. 
Bu tizimni Lester Rid va uning shogirdlari o‘rgangan. Organizm uchun zarur 
bo‘lgan vitaminlardan: tiamin (TFFZ da), riboflavin (FAD da), pantoten kislotasi 
(KoA da) va nikotinamid (NAD
+
da) shu tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
14-rasm. Mikroorganizmlarning nafas olish sikli
 
Mikroorganizmlarning oziqlanishi
 
Oziqlanish 
jarayonida 
fermentlarning 
ahamiyati 
katta. 
Chunki 
mikroorganizmlar turli organik moddalarni ximiyaviy, shu yo‘l bilan parchalanib, 
oziqlanadilar va ba’zilari shu jarayonda nafas ham oladilar. Mikrob. parchalangan 
organik moddalarni qabul qilib, so‘ngra ularni o‘z hujayrasida qaytadan sintez 
qiladi va tanasiniig ayrim qismlarini tuzadi. 
Fermentlar murakkab birikma hisoblanadilar. Ular 20 ta aminokislotadan 
tuzilgan. Fermentlarning molekula og‘irligi birnecha mingdan, birnecha 
milliongacha bo‘ladi. Fermentlar o‘ziga xos xususiyatga va faollikka ega. 
Fermentlar spetsifik xususiyatiga ko‘ra 3 ta guruhga ajratiladi.
1. 
Past spetsifiklikka ega fermentlar
. Bu guruhga barcha gidrolitik 
fermentlar: amilaza, lipaza, pektinaza, sellyulaza, esterazalar va boshqalar kiradi. 


 49 
Yuqorida ko‘rsatilgan fermentlar har xil tezlikda polimer, oligomer hamda kichik 
molekulali substratlarga ta’sir ko‘rsatadilar.
2. 
Guruh spetsifiklikka ega bo‘lgan fermentlar
. Har xil geksozalarni 
fosforillash reaksiyasini olib boruvchi geksokinaza fermenti bir-biriga o‘xshash 
strukturaga ega bo‘lgan substratlarga ta’sir ko‘rsatadi.
3

Absalyut spetsifiklikka ega bo‘lgan fermentlar
. Bunday fermentlar 
strukturasi juda ham yaqin bo‘lgan substratlarni sekin o‘zgartirish hususiyatiga 
ega. Masalan, degidrogenezalar vodorod atomini substratdan kofermentning 
nikotinamid yadrosining aniq tomoniga o‘tkazadilar. 
Fementlarni faolligini past molekulali organik birikmalar yoki metal ionlari 
bilan boshqarib turish mumkin. Bu mexanizm murakkab biosintetik jarayonlarda 
ishtirok etuvchi fermentlarga xos bo‘lib, dastlabki fermentlardan birini oxirgi 
maxsulot bilan ingibirlanishi kuzatiladi va natijada, butun jarayonning 
sekinlashuviga yoki butunlay to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
1898 yilda L. Pasterning shogirdi Emil Dyuklo fermentlarning nomlariga 
“aza” so‘zini ko‘shishni tavsiya etdi. Masalan, kraxmalga ta’sir etadigan fermentni 
- amilaza, yog‘ moddalariga ta’sir etuvchini - lipaza va oqsilga ta’sir etuvchini - 
protsinaza deb atala boshlandi. Ammo ba’zi bir fermentlarning eski nomlari ham 
qoldi. Masalan, oshqozon shirasining fermenti pepsin, so‘lakning fermenti - ptizlin 
va boshqalar. Zamonaviy biologiya sanoatida fermentlar ishlatilmaydigan 
korxonalar kamdan-kam. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin