46
Katabolizmda murakkab organik birikmalarning parchalanishida erkin
energiyaning ajralib chiqishi kuzatiladi. Uning ko‘p qismi katabolik
yo‘nalishlarning ayrim bosqichlarida ularga ulangan fermentativ reaksiyalar
vositasida energiyaga boy (makroergik) fosfat bog‘lar, asosan adenozinuchfosfat (ATF)
shaklida saqlanadi. ATF hujayrada energiya almashinuvining markaziy substratsiyadir.
Energiya talab qilinadigan jarayonlarda anabolik reaksiyalariga yetkaziladi va sarflanadi.
Energiya
saqlanishining
ikkinchi
muhim
oqimi
nikotinamidadenindinukleotidfosfatning
oksidlangan
shakli
NADF
ni, uning
qaytarilgan shakli NADF N
2
ga o‘tishi bilan bog‘liq. Mana bu
kofaktordagi
vodorod
hujayraning
nafas
olish
jarayonida
oksidlanib,
ATF molekulalarining sintezlanishini ta’minlaydi.
Anabolizm oddiy moddalardan, hujayra tuzilishlarini tashkil qiladigan
organik moddalarning hosil bo‘lish jarayonida sodir bo‘ladigan reaksiyalarning
yig‘ndisidir.
Bu jarayonlarda moddalar kattalashib, organellalar yaratiladi va bu
jarayonda energiya yutilishi kuzatiladi.
Zarur energiyani, asosan ATF yetkazib
turadi. Reaksiya jarayonida u ADF va anorganik fosfatga aylanadi. Anabolik
jarayonlar uchun hujayrada substrat sifatida katabolik reaksiyalarda hosil bo‘lgan
oraliq mahsulotlar-metabolitlar xizmat qiladi. Lekin tirik organizmlarni tashkil
qiladigan barcha molekulalar va energiya bilan ta’min qiladigan murakkab
birikmalar quyosh energiyasining yutilishi bilan kechadigan fotosintez jarayoninig
mahsulotlaridir.
Yer yuzida hayotning birdan-bir manbai, hayotning paydo bo‘lishidan tortib,
doimo uni substrat va energiya bilan ta’minlab turadi. Yuqorida ta’kidlab
o‘tilgandek, organizmning o‘zi ham, ularda sodir bo‘ladigan metabolik jarayonlar
ham quyosh energiyasining akkumulyatsiya qilinishidan kelib chiqqan va fotosintez
tufayli kechib turadi.
Shunday qilib, hujayra metabolizmi anabolik va katabolik jarayonlarning
yig‘indisidir. Bu jarayonlarning birgalikda sodir bo‘lishi, hujayraning parchalanish
va sintez qilish jarayonlarini belgilab beradi.
Metabolizm bu genetik belgilangan ketma-ket
kechadigan jarayonlarning
yig‘indisi bo‘lib, unda bir vaqtda o‘tadigan reaksiyalarning soni, xilma-xilligi va
ko‘p sonliligi va yuqori tezligi, energiya to‘planishining mexanizmi va
jarayonlarini boshqarilishidir. Metabolik jarayonlarning o‘ziga xos bo‘lgan belgisi,
tashqi energiya to‘planishining o‘zgacha shakldaligi va uglerodli birikmalarning
aylanishidan
hosil
bo‘lgan
energiya
hisobidan,
hujayra
strukturalarini,
makromolekulalarni alohida to‘plamlarining hosil bo‘lishi hisoblanadi. Hujayra
potensialini zamonaviy biotexnologiya sifatida amaliyotda
foydalanish eng muhim
vazifalardan hisoblanadi.
Oksidlanish jarayonining eng takomillashgan formasi va hayot uchun zarur
bo‘lgan energiya ajratadigan jarayon bu nafas olishdir. Har bir tirik organizmga
xos nafas olish tipi muayyan jarayonga xizmat qiluvchi fermentlar yirindisiga
bog‘liq. Nafas olish jarayonida shakarlar, oqsillar, yog‘lar yoki hujayradagi boshqa
zaxira moddalari havo kislorodning ishtiroki bilan oksidlanadilar, oqibatda
karbonat angidrnd bnlan suv hosil bo‘ladi. Jarayonda ajralib chiqqan energiya
47
mikroorganizmlarning
hayot faoliyati uchun, o‘sishi va rivojlanishi uchun sarf
bo‘ladi.
Nafas olish jarayonida elektronlar organik moddalardan molekulyar kislorodga
ko‘chib o‘tadilar. Bu holatda organik birikmalar hujayra yoqilg‘isi vazifasini
o‘taydi. Agar aerob nafas olishni bijg‘ish bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, har ikkala
jarayonda ham bitta birikmadan, ya’ni glyukozadan har xil moddalar hosil bo‘lishini
kuzatamiz.
Nafas olish jarayoni murakkab va ko‘p bosqichlidir. Nafas olishda bijg‘ishga
nisbatan substrat chuqurroq oksidlanadi va o‘zgaradi.
Bijg‘ish: S
6
N
12
O
6
2laktat (-47kkal)
Nafas olish: 2S
6
N
12
O
6
+ 6O
2
6SO
2
+ 6N
2
O (-686kkal)
Ko‘rinib turibdiki, nafas olish, bijg‘ishga nisbatan afzalroq jarayon. Aerob
sharoitida glyukozadagi barcha uglerod atomlari uglerod dioksidi hosil bo‘lishiga
qatnashadilar. Bu esa nafas olish jarayonida glyukoza
molekulasidan ichki
bog‘larning energiyasi maksimal darajada ajralib chiqadi deganidir. Glyukozaning
anaerob sharoitda o‘zgarishida esa, har qanday tipdagi bijg‘ish jarayoni bo‘lmasin,
bari-bir oxirgi mahsulot sifatida etanol, propanol, butanol, propionat, suksinat, laktat
yoki glyukozaning to‘liq oksidlanmagan, qandaydir mahsuloti paydo bo‘ladi. Bu
birikmalarning har qaysining ichki molekulyar energiyasi SO
2
nikiga nisbatan juda ham
baland bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan moddalarda uglerod va vodorodning o‘zaro nisbati
xuddi glyukozadagidek ekanligi ham mana shuni ko‘rsatadi.
Shunday qilib, biokimyo nuqtai nazaridan har qanday tipdagi bijg‘ishni energetik
to‘liq amalga oshmagan jarayon sifatida qarash mumkin. Bu holat aerob va anaerob
jarayonlar orasidagi energetik disbalansning yagona sababi emas. Ma’lumki,
elektronlarni molekulyar kislorodga ko‘chirib o‘tkazishda,
organik akseptorlarga
o‘tkazishga nisbatan ko‘proq energiya ajraladi. Anaerob oksidlanishda molekulyar
kislorod ishtirok etmasligini hisobga olinsa, elektronlar akseptorlari bo‘lib, faqat
organik birikmalar xizmat qilishi aniq bo‘ladi.
Anaerob
o‘zgarishlar
natijasida
hosil
bo‘lgan
atsetil
guruhlar
katabolizmning atamal bosqichiga kiradi. Oksidlanishning bu bosqichi
uchkarbon
kislotalari
halqasi,
limon
kislotasi
halqasi
yoki
Krebs
halqasi
deb
ataladi.
Bunda
ishtirok
etadigan
organik
birikmalarning
oksidlanishi
tugaydi:
atsetil
guruhlar
uglerod
dioksidi
va
vodorodga
parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: