60
Spirtli bijg‘ish jarayonida piruvatdan etil spirti hosil bo‘ladi. Dastlab,
piruvatkarboksilaza fermenti ta’sirida piruvatni dekarboksillanishi, natijada esa
atsetaldegid hosil bo‘ladi. Bu reaksiyani tezligi ham Mg
+2
ioniga bog‘liq.
Spirtli bijg‘ishning eng muhim reaksiyasi atsetaldegidning spirtga
aylanishidir. Bu jarayon glitseraldegidfosfat degidrogenaza reaksiyasida sarf qilingan
NAD ni regeneratsiyasi bilan birga amalga oshadi.
Spirtli bijg‘ishning bu klassik yo‘li achitqi zamburug‘lari uchun xarakterlidir.
D-glyukozadan ikki molekula etanol va karbonat angidridi hosil bo‘ladigan jarayonda
uglerod va vodorod atomlarini yig‘ma nisbati o‘zgarmaydi.
Spirtli bijg‘ish jarayonini achitqi zamburug‘lari vujudga keltiradi.
Bunda
shakarlar anaerob sharoitda etil spirt va karbonat angidridga aylanadi hamda
energiya ajraladi:
C
6
H
12
O
6
→ 2C
2
H
5
OH + 2CO
2
+ 235∙10
4
J
Spirtli
bijg‘ish
jarayonida
ishtirok
etadigan
achitqilar
fakultativ
anaeroblardir. Achitqilar ostki va ustkilarga ajraladi. Ostki achitqilar 4-10° da
yaxshi bijg‘itsa, ustki achitqilar 18-30° da yaxshi rivojlanadi.
Spirtli bijg‘ish jarayonida ajraladigan energiya miqdori nafas olishdagiga
nisbatan 24-25 marta kam bo‘ladi.
C
6
H
12
O
6
→ 2CN
3
CN
2
OH + 2CO
2
+ 116 kJ
C
6
H
12
O
6
→ 6CO
2
+ 6N
2
O + 2810 kJ
Achitqilar uchun aerob sharoit zarur bo‘lsa, spirt, pivo, vino olishda anaerob
sharoit bo‘lishi kerak.
Odatda, kislorod yetarli bo‘lgan sharoitda ham achitqilar bijg‘ish jarayonini
olib bora oladilar. Agar kislorod miqdori oshirilsa, bijg‘ishdan tashqari, nafas olish
jarayoni ham boradi, uni aerob va anaerob sharoitda S
2
N
5
ON va SO
2
ning
nisbatidan ko‘rish mumkin.
SO
2
ning S
2
N
5
ON a bo‘lgan nisbati
SO
2
: S
2
N
5
ON (yaxshi aeratsiya)
SO
2
: S
2
N
5
ON (yomon aeratsiya)
100 : 66
100 : 68
100 : 67
100 : 105
100 : 108
100 : 90
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, aeratsiya yaxshi bo‘lganda, spirt
miqdori 30% kam bo‘lar ekan. Spirtli bijg‘ish jarayonida 15% spirt to‘plangandan
so‘ng bijg‘ish to‘xtaydi, chunki spirt achitqilarni zaharlaydi. Spirtli bijg‘ish
jarayonida ishtirok etadigan fermentlar kompleksi zimaza deyiladi.
A. H. Lebedev (1911) achitqilarni termostatda 25-30° da o‘stirgandan keyin
2 soat suv bilan yuvib, achitqi shirasidan fermentlarni ajratib olishga muvaffaq
bo‘lgan. Rus olimlaridan L. A. Ivanov, S. P. Kostichev, A. H.
Lebedevlar spirtli
bijg‘ish jarayonining ximizmini o‘rganishgan va quyidagilarni aniqlashgan: spirtli
bijg‘ish jarayoni ko‘p bosqichli jarayondir. Xuddi nafas olish jarayoniga o‘xshab,
glyukoza molekulasi gidrolitik parchalanish reaksiyalari natijasida pirouzum
kislotaga aylanadi, Shu reaksiyalar anaerob sharoitda boradi. Keyin nafas olish va
61
bijg‘ish jarayonlari bir-biridan ajralib, turlicha yo‘l bilan ketadi. Buni S. P.
Kostichev ishlarida ko‘rish mumkin.
Bijg‘ish va nafas olish jarayonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni
ifodalaydigan sxema quyidagicha: spirtli bijg‘ish jarayonida hosil bo‘lgan
pirouzum kislotadan S
2
N
5
ON va SO
2
hosil bo‘ladi. Bu reaksiyalar ikki bosqichda
boradi. Avval pirouzum kislotadan SO
2
ajraladi va sirka aldegidi hosil bo‘ladi:
SN
3
SOSOON
SO
2
+ SN
3
SNO.
So‘ngra sirka aldegidi vodorod ishtirokida qaytarilib, etil spirtga aylanadi:
SN
3
SHO + NAD·N
2
SN
3
SN
2
ON + NAD.
Kostichev fikriga ko‘ra, etil spirti yuqoridagi reaksiyaga muvofiq hosil
bo‘lishi, yoki kanitsaro reaksiyasiga muvofiq, 2
molekula sirka aldegidi suv
ishtirokida etil spirti va sirka kislotasiga aylanishi mumkin:
2SN
3
SHO + N
2
O
SN
3
SN
2
ON + SN
3
SOON
Spirtli bijg‘ish jarayonida qo‘shimcha mahsulotlar sifatida qahrabo kislota,
sivush moylari ham hosil bo‘ladi. Agar achitqilar o‘sayotgan muhitda
aminokislotalar ortiqcha bo‘lsa, sivush moylari hosil bo‘ladi:
RCN·NH
2
COOH + H
2
O = RCH
2
OH + NH
3
+ CO
2
.
Spirtli bijg‘ish jarayoni oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.
Spirtli bijg‘ish uchun turli mahsulotlardan foydalanish mumkin.
1) tarkibida kraxmal bo‘lgan mahsulotlar (bug‘doy, arpa, javdar,
makkajo‘xori, kartoshka);
2) tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlar (lavlagi, shakar patokasi);
3) yog‘och qipig‘iga HCl va H
2
SO
4
bilan ishlov beriladi, qipiq shakarga
aylanadi,
keyin bu mahsulotga nitrat, fosfat tuzlari va vino achitqilaridan
qo‘shiladi. 1 m
3
qipiqdan 158l metil spirti olinadi;
4) hozirgi vaqtda spirt sintetik yo‘l bilan etilen gazidan olinmoqda:
S
2
N
4
+ N
2
O
SN
3
SN
2
ON.
Spirtli bijg‘ish jarayonining mohiyati shundan iboratki, bunda hosil bo‘lgan
energiya ATF da to‘planadi va zarur bo‘lganda, hujayra undan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: