P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
3.8. 
Xemosintez 
jarayoni 
Xemosintez jarayonining tabiatini S. N. Vinogradskiy (1887) aniqlagan. Bu 
jaryonda SO
2
va N
2
O ximiyaviy energiya hisobiga oksidlanadilar. Xemosintez 
jarayoni oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatorlar, temir, tion va vodorod 
bakteriyalari tomonidan amalga oshiriladi: 
1) 2NH
3
+ 3O
2
= 2HNO
2
+ 2H
2
O + 658 kJ. 
2) 2HNO
3
+ O
2
= 2HNO
3
+ 180 kJ. 
4FeCO
3
+ 6H
2
O + O
2
= 4Fe(OH)
3
+ 4CO
2
+ 167 kJ, 
2H
2
+ O
2
→ 2H
2
O + 575 kJ. 
Oltingugurt bakteriyalari H
2
S hosil bo‘ladigan suv xavzalarida keng 
tarqalgan. Bular H
2
S → S → H
2
SO
4
gacha oksidlanadi. 
2H
2
S + O
2
= 2H
2
O + S. 
S + 2H
2
O + 3O
2
= 2H
2
SO
4
+ 479 kJ. 
Oltingugurt bakteriyalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, S ning tabiatda 
aylanib turishida muhim ahamiyatga ega. Bu bakteriyalarga rangsizlardan 
Beggiotoa, Thiophysa, Thiospirillum, Thiotrix va boshqalar misol bo‘ladi (21-24 


 56 
rasmlar). Bulardan tashqari, hujayrasida (bakteriopurpurin) pigment bo‘lgan 
qirmizi va yashil rangli oltingugurt bakteriyalari ham ma’lum. Qirmizi rang 
bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy tarkibi jihatidan karotinoidlarga (likopin 
gruppasiga) yaqin turuvchi bakteriopurpurun va havoda oksidlanganda xlorofillga 
yaqin mahsulot hosil qiluvchi yashil pigment-bakterioxlorin uchraydi. 
Vannilning aniqlashicha, bakteriyalarda boradigan fotosintez jarayoni yashil 
o‘simliklarda boradigan fotosintezdan farq qiladi. Agar yashil o‘simliklarda avval 
suv molekulasi fotolizga uchrasa va O
2
suvdan ajralsa, bakteriyalarda suv fotolizga 
uchramaydi va N boshqa moddadan olinadi. Shuning uchun O
2
ajralmaydi. 
Qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez anaerob sharoitda boradi. Bu 
bakteriyalar 2 oilaga: Thiorodaceae (hujayrasida S tomchi shaklida to‘planadi) va 
Athiorodaceae (hujayrasida S uchramaydi, bular N
2
S ni oksidlay olmaydi va 
organik moddalar bo‘lgan oziqa muhitida o‘sa oladi)ga bo‘linadi. Bulardagi 
fotosintez jarayoni xuddi qirmizi rang bakteriyalardagiga o‘xshash boradi, faqat O
2
ajralmaydi. Qirmizi rang bakteriyalar orasida avtogeterotroflar va avtotroflar ham 
bor. 
Yashil 
rang 
oltingugurt 
bakteriyalari 
hujayrasida 
yashil 
rangli 
bakterioveridin pigmenti bo‘ladi. Ular N
2
S ni o‘zlashtirib, SO
2
ni qaytaradi, 
hujayrasida oz miqdorda bakterioxlorofill va karotinoidlar uchraydi. Xemosintez 
jarayonida organik moddalar ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun ham 
xemosintez, fotosintez jarayoni singari keng tarqalmagan, chunki fotosintez 
jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar barcha tirik organizmlar uchun oziq 
manba hisoblanadi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin