P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

a) Sellyuloza 
Sellyuloza - tabiatda eng ko‘p tarqalgan biopolimerdir. U har qanday 
o‘simlik materiallarining asosini tashkil etuvchi komponent hisoblanadi. O‘simlik 
biomassasida sellyulozaning miqdori o‘rtacha 50% ni, ko‘p yillik o‘simliklarda esa 
60-70% ni tashkil qiladi. Sellyuloza bir birlari bilan 
)
4
1
(



-glyukozid bog‘lari 
bilan bog‘langan D-glyukozalardan tashkil topgan. 


 85 
Sellyulozadagi glyukozaning polimerlanish darajasi 10000 dan ko‘proq, 
molekulyar og‘irligi esa 1,5 mln. Dalton. U suvda erimaydigan polimer hisoblanadi. 
O‘simliklarda, polimer zanjirlar tabiiy holatda fibringa o‘xshash joylashgan. Vodorod 
bog‘larining ko‘pligi va ularning tuzilish xarakteri amorf qism bilan almashib turgan 
kristall qismlari paydo bo‘lishini belgilaydi. 
Hisob kitoblarga qaraganda, yiliga qayta tiklanadigan (fotosintez yo‘li bilan) 
sellyulozaning miqdori sayyoramiz bo‘yicha 100-140 mlrd. tonnani tashkil etadi. 
Bu degani, yer yuzidagi har bir insonga yiliga 25 tonna sellyuloza to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda sellyulozani qayta ishlash va uning hosilalarini 
olish bo‘yicha katta texnologik ishlar amalga oshirilmoqda. Sellyuloza 
kraxmalga o‘xshab, kimyoda, biologiyada, tibbiyotda, sanoatning turli xil 
tarmoqlarida, 
oziq-ovqat 
sanoatida, 
ilmiy 
izlanishlarda 
keng 
ishlatilmoqda. Sanoat miqyosida sellyulozadan glyukoza tayyorlash yo‘lga 
qo‘yilgan.
Sanoat sharoitida sellyuloza saqlovchi mahsulotlarni - yog‘ochni gidroliz 
qilish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi. 
Birinchi - an’anaviy mineral (xlorid va sulfat) kislotalari bilan gidroliz qilish. 
Bu yo‘l bilan olingan gidrolizat murakkab aralashma bo‘lib, u tarkibida 
glyukoza, pentozalarning aralashmasi va spirtlar (kumarin, sinap, koniferil 
spirtlari) saqlaydi, Bu aralashmani qayta ishlash orqali gidroliz spirti va achitqi 
zamburug‘ini biomassasi (em achitqisi) olinadi. Bu texnologiyaning o‘ziga yarasha 
kamchiliklari mavjud:

kislotaga chidamli, katta hajmli maxsus idishlar talab qiladi;

ish sharoiti juda ham og‘ir;

ekologik ifloslanish manbai hisoblanadi. 
Mana shu kamchiliklarga qaramasdan bu texnologiya ko‘plab mamlakatlarda 
xanuzgacha ishlatib kelinmoqda. Yaqinlargacha bunday zavod mamlakatimizning 
Yangiyo‘l shahrida ham faoliyat ko‘rsatgan, ammo mahsulot (daraxt chiqindisi)
yetishmaganligi sababli, bu zavodni faoliyati to‘xtatilgan. 
Ikkinchi texiologiya (xozircha keng ishlatilganicha yo‘q) - bu fermentativ 
texnologiyadir. Sellyulozani gidroliz qiluvchi sellyuloza kompleksi eng kamida uch 
fermentdan: 
1. 
)
4
1
(



эндо

glyukoza molekulasi ichidagi 
)
4
1
(



-bog‘larni 
tartibsiz uzadigan ferment -
)
4
1
(



эндо

-glyukanazalar; 
2. 
Ekzo-(1-4)-glyukoza 
yoki 
sellobiogidrolaza-sellooligosaxaridlarni 
redutsirlanmagan oxiridan disaxarid sellobiozani kesib tashlovchi ferment; Bu 
fermentni sellobmogidralaza deb ataladi. 
3. 

-glyukozidaza 

past 
molekulali 
(suvda 
eruvchi) 
sellyulooligosaxaridlarni redutsirlanmagan oxiridan glyukoza molekulasini kesib 
tashlovchi fermentlardan iborat bo‘ladi. Bu fermentni 

-glyukozidaza deb ataladi. 
Sellyuloza fermentlarini uzoq vaqt davomida, chuqur o‘rganilib 
kelinayotganligiga qaramasdan, ularning ta’sir mexanizmlari haqida to‘liq bir 
to‘xtamga kelinmagan. Gap shundaki, har xil toksonomik guruhga mansub bo‘lgan 
mikroorganizmlar bir-birlaridan solishtirma faolligi, substrat spetsifikligi va qator 


 86 
boshqa xususiyatlari bo‘yicha tubdan farq qiladigan sellyulozalar sintez qiladilar. Ilmiy 
adabiyotlarda kristall sellyulozani fermentativ gidrolizining bir necha variantlari
chop etilgan.
Sellyulozani parchalovchi fermentlar indutsibel fermentlardir. Ularni aerob 
hamda obligat anaerob mikroorganizmlar ham sintez qiladilar. Anaerob sharoitda 
selyulozani parchalanishida mikroskopik zamburug‘lar, ayniqsa: Trichoderma, Fusarium, 
Aspergillus, Chaetomium, Allesheria, Geotrichum va boshqalar faol ishtirok etadilar. 
Sellyulozani parchalaydigan bakteriyalardan Cellilomonas, Sporangium, Archangium 
va boshqalar ma’lum. Anaerob sharoitda sellyuloza termofil bakteriyalar – Clostridium 
thermocellum va ko‘plab mezofil bakteriyalar yordamida faol parchalanadi. 
Bakteriyalarda sellyulozani parchalanishini oxiriga yetkazuvchi 

-glyukozidaza 
fermenti kamroq uchraganligi sababli, sellyuloza past molekulali oligosaxaridlar va 
sellobiozagacha parchalanadilar, xolos. Shuni ham ta’kidlash lozimki, anaerob 
bakteriyalarning endoglyukanazalari, aerob bakteriyalarnikiga nisbatan kengroq 
substrat spetsifikligiga ega. Anaerob mikroorganizmlar endonukleazalari bilan 
parchalangan sellyulozaning sellooligosaxaridlari aralashmasida 5% gacha glyukoza 
ham bo‘lishi aniqlangan. Umuman olganda, sellyulozani anaerob bakteriyalar 
fermentlari bilan gidrolizi yaxshi o‘rganilmagan. 
Yog‘och materiallaridan qog‘oz tayyorlash uchun sellyuloza olish juda 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yili ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmi 
millionlab tonna bilan belgilanadi. Yog‘och materiallaridan sellyuloza olishda 
kimyoviy usullardan foydalaniladi. Bu usullar sulfitli va sul’fatli usullardir. Ular 
murakkab va ko‘p bosqichli usullardir. Oxirgi o‘n yillarda biotexnologik - 
fermentativ usullardan foydalanishga kirishilgan. Kimyoviy usullardan ekologik 
nuqtai nazaridan afzalroq bu usul asosida sellyuloza bilan birga ishtirok etib 
kelayotgan gemitsellyulozani tanlab gidroliz qilishga asoslangan va bu yuqori sifatli 
qog‘oz tayyorlash imkonini beradi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin