P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

b) Gemitsellyuloza (ksilan)
O‘simlik substratlari tarkibida gemitsellyulozani miqdori sellyulozadan keyingi 
o‘rinda turadi. Yog‘ochli o‘simliklarning qattiqligi sellyuloza, gemitsellyuloza va 
lignin birligi bilan belgilanadi. Igna bargli o‘simliklar 12% gacha, barglilar esa 25% 
gacha gemitsellyuloza saqlaydilar. O‘simliklarda gemitsellyuloza zahira va tayanch 
vazifasini bajaradi. Gemitsellyuloza pentozalardan, asosan 
)
4
1
(



bog‘lari bilan 
bog‘langan D-ksilozalardan tashkil topgan. Har xil gemitsellyulozalar ksilozadan 
tashqari arabinozalar, qisman esa geksozalar - glyukoza, galaktoza va glyukuron 
kislotalar ham saqlaydi. Polimerizatsiya darajasiga qarab gemitsellyulozalarning 
molekulyar og‘irligi 30 dan 200 kDa gacha bo‘lishi mumkin. 
Gemitsellyulozalar har xil toksonomik guruhga mansub bo‘lgan, xususan, 
Aspergillus, Trichoderma, Penicillium, Alternaria, Allescheria va h.k. mikroorganizmlar 
ta’sirida oson parchalanadilar. Ksilan parchalovchi bakteriyalarga Bacillus, va 
Streptomyces, Clostridium turiga mansub bo‘lgan bakteriyalar kiradilar. Tabiiy 
substratlarda sterik murakkab bo‘lganliklari uchun gemitsellyulozaning parchalanishi 
biroz qiyinroq kechadi. Shuning bilan birga gemitsellyulozani fermentativ 
parchalanishi sellyulozanikiga nisbatan osonroq va to‘laroq bo‘lishini alohida 


 87 
ta’kidlash lozim. Gemitsellyulozaning amaliy ahamiyati katta bo‘lganligi sababli uni 
parchalovchi fermentlar ham jadal o‘rganilmoqda. 
v) Kraxmal
Kraxmal - yashil o‘simliklarning asosiy, zahira moddasi hisoblanadi. Amaliy 
ahamiyati katta bo‘lganligi hamda oson ajratib olinishi uchun kraxmalni o‘rganish 
o‘tgan asrdayoq boshlab yuborilgan. 
Kraxmal kartoshkada 30% gacha, turli xil boshoqlilarda esa (80% gacha) 
ko‘proq to‘planadi. Kraxmal ikki komponentdan - amiloza va amilopektindan 
tashkil topgan. Har xil manbalardan olingan kraxmal tarkibidagi amiloza 20-25% ni, 
qolganini esa amilopektin tashkil etadi. Amiloza lineyli polimer bo‘lib, bir-birlari bilan 
)
4
1
(



glikozid bog‘i bilan bog‘langan 

-glyukoza qoldiqlaridan iborat. 
Kraxmaldagi 

-glyukozani polimerlanish darajasi 200 dan bir necha minggacha 
bo‘lishi mumkin. Kraxmal issiq suvda bo‘kmasdan, yengil eriydi. Yod bilan o‘ziga xos 
bo‘lgan qo‘ng‘ir rang beradi. 
Amilozadan farqli o‘laroq, amilopektin molekulasi yoniga tarqalgan. Tarqalgan 
nuqtada glyukoza molekulalari, o‘zaro a-(1-4)- glikozid bog‘lari (amilozaga 
o‘xshab) bilan bog‘langan. Har xil amilopektinda a-(1-6)-bog‘larining miqdori 4-5% 
dan oshmaydi.
Har xil manbalardan ajratib olingan kraxmallar polimerizatsiya darajasi, yon 
bog‘larining soni va fermentativ gidrolizga munosabati bilan farq qiladi. Kraxmalni 
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan muhimi, uning yopishqoqligidir (kleystrilizatsiya). 
Kraxmalning eruvchanligi polimerizatsiya darajasiga bog‘lik. Polimerizatsiya darajasi 
oshib borishi bilan eruvchanlik pasayib boradi. 100-150 glyukoza qoldig‘idan 
iborat bo‘lgan kraxmal faqat issiq suvda eriydi xolos. 
Kraxmalning gidrolizini ikki yo‘li: kislotali va fermentativ yo‘li ma’lum. 
Kislotalar yordamida gidroliz qilinganda, kraxmal molekulasidagi kristall qismi 
amorfga aylanadi va keyin gidrolizga uchraydi. Fermentativ gidrolizda ham shunday 
bo‘lsa kerak - deb taxmin qilinadi. 
Kraxmalning parchalanishida amilaza deb atalmish bir guruh fermentlar 
ishtirok etadi va o‘zining ta’sir xarakteriga qarab, endo-, hamda ekzofermentlarga 
bo‘linadi. α-amilaza- endoferment, kraxmal molekulasi ichidagi bog‘larni tartibsiz 
gidrolizlaydi. Glyukoamilaza (amiloglyukozidaza) va 

-amilaza ekzo tipga 
kiradigan fermentlardir. Ular kraxmalni nativ molekulasidan ketma-ket glyukoza 
(glyukoamilaza) va maltozani (

-amilaza) kesib oladilar (qaytarilmaydigan uchidan). 
Kraxmal inson oziqasida katta solishtirma og‘irlikka ega (non, kartoshka, 
sabzavotlar va h.k.) shuning uchun ham organizmning asosiy energetik resursi 
hisoblanadi. Oziqa mahsulotlarida kraxmal quyidagi qismda uchraydi: bug‘doy uni - 
74%, guruch-77-78%, oq non- 51%. 
Inson organizmida kraxmalni parchalanishi og‘izdagi so‘lakning 

-
amilazasi ta’siridan boshlanadi (og‘izda kraxmal qisqa bo‘lakchalarga bo‘linadi), 
keyin ovqatlanish yo‘lida bu fragmentlar glyukozagacha parchalanadilar va hosil 
bo‘lgan glyukoza qonga so‘riladi. Oziqlanish bahosi nuqtai nazaridan, o‘simliklar 
polimerlari orasida kraxmalga yetadigani yo‘q. 


 88 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin