P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Mikroorganizmlardagi transformatsiya, transduksiya, hodisalari



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

4.2. Mikroorganizmlardagi transformatsiya, transduksiya, hodisalari 


 101 
Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan retsipient xromosomasiga o‘tishi 
transformatsiya
deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi - rekon 
orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa 
elementlar bilan almashinishi mumkin. 
1928 yili F. Griffits shunday tajriba o‘tkazgan: sichqonlarga oz miqdorda 
patogenlik xususiyatiga ega bo‘lmagan, kapsulasiz II tip pnevmokokklar bilan 
yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan, kapsulali III tip 
pnevmokokklar kulturasidan (bu kultura tajribadan oldinroq issiqlik ta’sirida 
o‘ldirilgan) qo‘shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar patogenlik xususiyatiga 
ega bo‘lganligi va kapsula bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘lgan. Demak III tip 
pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip pnevmokokklarga transformatsiya orqali 
o‘tgan, yoki oq rangli koloniya hosil qiluvchi mikoobakteriyalar sariq rangli 
koloniya hosil qiluvchi saprofit mikoobakteriyalarning DNK si ta’sirida sariq 
koloniyalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan. 
1944 yili O. Everi va K. Mak Leoid, M. Mak Kartilar, xususiyatlar DNK 
orqali o‘tishini aniqlaganlar. Keyinchalik DNK boshqa xususiyatlarga ham ta’sir 
etishi ma’lum bo‘lgan. Masalan, pichan batsillasini, meningokokklarni, 
pnevmokokklarni, streptokokklarni va boshqalarni transformatsiya agent - DNK 
orqali o‘zgartirish mumkin. DNKning transformatsion aktivligi nihoyatda yuqori, 
odatda, 10-15 minutdan so‘ng o‘zgarish ro‘y beradi va 2 soatdan so‘ng tugaydi. 
Transformatsiya xodisasi doim uchramaydi, balki ma’lum fiziologik holatda 
(ya’ni hujayra tayyor bo‘lgan muddatda) ro‘y beradi. Yuqori temperatura, 
ultrabinafsha nurlar, ximiyaviy mutagenlar ta’sirida DNK ning transformatsion 
xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga HNO
3
ta’sir ettirilsa, yoki 
temperatura 80-100° ga ko‘tarilsa u aktivligini yo‘qotadi yoki pasaytiradi. Eng 
qulay temperatura 29-32° dir. Demak, transformatsiyaning aktivligiga muhitning 
tarkibi, temperatura, retsipientning fiziologik holati va transformatsion DNK ning 
polimerligi (qo‘sh spiralligi) ta’sir etar ekan. Transformatsiyaning takrorlanish 
muddati 0,47-0,0004% ga teng bo‘ladi. 
Masalan, donor sifatida olingan pnevmokok bakteriyasining shtammida 
streptomitsinga sezgirlik bo‘lmagan, ammo bu bakteriya mannitni parchalash 
xususiyatiga ega, retsipientda esa, bunday xususiyatlar yo‘q. Mana shu ikki 
xususiyatga ega bo‘lgan bakteriyalardan shunday oraliq formalarni olish 
mumkinki, ularda yuqoridagi har ikkala xususiyat ham uchrashi mumkin. 
Transformatsiya jarayonida bir xususiyat, ikkinchi xususiyat bilan almashinadi. 
Shu yo‘l orqali, antibiotiklarga nixoyatda sezgir yoki sezgir bo‘lmagan 
shtammlarni olish mumkin bo‘ladi. 
Bu 
hodisa 
hayvonlar 
va 
o‘simliklarda bir xil sodir bo‘ladi. 
Transformatsiyaning hosil bo‘lishi ikki davrdan: DNK ning mikrob hujayrasiga 
adsorbsiyalanishi va uni hujayraga o‘tishidan iborat. 
Transduksiya
. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag yordamida 
retsipient bakteriyaga o‘tishi, 
transduksiya
deb ataladi. Masalan, bakteriofaglar 
orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlilik, 
kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spetsifik 
va nospetsefik xilga bo‘linadi, 


 102 
Nospetsifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat 
o‘tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10
~4
-10
~7
(fagning bir qismiga 
nisbatan) ga teng. Spetsifik transduksiyada faqat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan 
fag katnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi. 
Transduksiya transformatsiyaga o‘xshash, lekin dezoksiribonukleaza 
fermentini ta’sir ettirib, transformatsiyani to‘xtatish mumkin bo‘lsa, transduksiyaga 
bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali 
o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan. 
Bakteriyalardagi kon’yugatsiya hodisasi
.
XIX asrning oxirlariga kelib, 
mikrobiologlar 
bakteriyalarda 
kon’yugatsiya hodisasi uchrashini kuzata 
boshlaganlar va boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish uchun 
«kon’yuksiya» deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini 1947 yilda 
Lederberg va Tatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani elektron mikroskopda 
kuzatganlar. Kon’yugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi 
ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoq hujayra erkak tip bo‘lib, G‘
+
(donor) 
deb, ovalsimon hujayra urg‘ochi tip bo‘lib, G‘
-(
retsipient) deb belgilanadi. 
Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yakinlashadi va orasida ko‘prikcha hosil 
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘prikcha orqali donor hujayrasidan genetik faktorlar 
retsipient hujayrasiga ma’lum bir tartibda o‘tadi. 
K. V. Kosikov (1957) ta’kidlashicha, agar achitqilar spetsifik xususiyatga 
ega bo‘lgan substratlarda o‘stirilsa, ma’lum bir formalar paydo bo‘ladiki, ular 
shakarni bijg‘itish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi (avval ular shakarni bijg‘ita 
olmas edi). Masalan, Saccharomyces globasus ana shunday yangi formalardandir. 
U saxarozani bijg‘itish xususiyatiga ega, Sacch parodopus formasi esa, maltozani 
bijg‘itadi. Bu xususiyatlar faqat vegetativ yo‘l bilan emas, balki jinsiy yo‘l bilan 
ko‘payishda ham nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo‘l bilan 
ko‘payishda quyidagi formalar kelib chiqqan: sporalarning yarmi shakarlarni 
bijg‘itsa, yarmi bijg‘ita olmagan. Bunda Saccharomyces globasus da yangi 
xususiyat paydo bo‘lgan, ya’ni shakarlarni bijg‘ituvchi invertaza fermenti hosil 
bo‘lgan. 
Mikroorganizmlar genetikasinn o‘rganish muxim ahamiyatga ega. Chunki 
antibiotiklar olishda yuqori aktivlikka ega bo‘lgan yangi shtammlar zarur. Bundan 
tashqari, vitaminlar, gormonal preparatlar, fermentlar, lizin va glyutamin kabi 
aminokislotalar olishda va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega. 
Bakteriyalar, achitqi zamburug‘lar va aktinomitsetlarga radioaktiv nurlar va 
ximiyaviy mutagenlar bilan ta’sir etib, ularning hujayralaridagi DNK ning 
strukturasini o‘zgartish va inson uchun foydali bo‘lgan moddalar sintezlash 
tomoniga yo‘naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini 
yaxshi bilgan holda ularni o‘zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan qishloq 
xo‘jaligida, meditsinada, texnologik jarayonlarda keng miqyosda foydalanish, 
mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir. 
Episomalar.
Episomalar xromosomalardan xoli bo‘lgan mayda genlar 
to‘plamidir. Ular sitoplazmada erkin yoki bakteriyalar xromosomasiga qo‘shilgan 
holda bo‘lishi mumkin. 


 103 
Episomalar bakteriyalarning pushtlilik faktori (R) yoki ko‘p dorilar ta’siriga 
chidamlilik faktori (K), bakteriotsinogenlik, kolinotsinogenlik va boshqa 
faktorlarning naslga o‘tishida ishtirok etadi. Episomalarning antibiotiklarga 
chidamliligini (K - faktorni) birinchi bo‘lib, yaponiyalik olimlar aniqlashgan. 
Bakteriotsinogenlik faktorida bakterial hujayralarda antibiotiklarga qarshi 
moddalar sintezlanadi, bu moddalar bakteriotsinlar deb ataladi. Masalan, ichak 
tayoqchasi Ye. coli - kolitsin, Vast. cereus - aerotsin, Vast. megaterium - megatsin, 
Ye. pestis - testitsin, Staphylococcus aurens - stafilokokkotsin sintezlaydi. 
Sintezlangan bakteriotsinlar boshqa bakteriyalarning nobud bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi.
 
Bakteriotsinlar bakteriya hujayrasi yuzasiga adsorbsiyalanadi, so‘ngra 
moddalar almashinuvi jarayonini susaytiradi va uning halokatnga sabab bo‘ladi. 
Lekin bakteriotsinlar produtsentga yakin turadigan bakteriyalargagina ta’sir etadi. 
Savollar

1. Kon’yugatsiya hodisasi qanday borishini tushuntiring. 
2. Transformatsiya jarayoni qanday amalga oshadi? 
3. Transduksiya qaysi mikroorganizm yordamida sodir bo‘ladi? 


 104 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin