P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

auksotrof
kultura deyiladi. 
Achitqi zamburug‘i (Saccharomyces serevisae) odatda mineral tuzlar, 
glyukoza, vitaminlardan: tiamin va biotindan iborat oziqa muhitida o‘sa oladi. 
Bunday kultura prototrof kultura deyiladi. Agar zamburug‘ oziqa muhitida arginin 
yoki lizin bo‘lmasa, boshqa aminokislotasiz o‘sa olmasa, bunday kultura auksotrof 
kultura deyiladi. 
Tabiatdan ajratib olingan mikrob shtammlari odatda “yovvoyi tur” deyiladi. 
Bitta hujayraning bo‘linishidan hosil bo‘lgan koloniya-klon deyiladi. Klondagi 
hujayralar bir xil bo‘ladi. Mikroorganizmlarning har qanday belgi va xususiyatlari 
genotip va tashqi muhit ta’sirida shakllanadi. Genotipga ko‘ra bir xil bo‘lgan 
kulturalar turli xil sharoitda har xil fenotipga ega bo‘lishi mumkin. Bunday xolat 
nasldan-naslga berilmaydi va 
modifikatsion o‘zgaruvchanlik
deb yuritiladi. 
Mikroorganizmlarning geni ham odatda DNK dan tashkil topgan. Bitta gigant 
DNK molekulasi minglab oqsil sinteziga ega bo‘lishi mumkin. DNK 
molekulasidan i-RNK sintezlanadi, bundan i-RNKda bir yoki bir necha oqsil 
sintezlanadi. Bitta oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan i-RNKni yetkazib beruvchi 
DNK molekulasi 
sistron 
deb yuritiladi. Oqsil molekulasi o‘rtacha o‘lchamini 
bilgan holda, gen o‘lchamini aniqlash mumkin. Biz yuqorida aytganimizday oqsil 


 96 
molekulasi 300-500 aminokislotadan iborat. Ichak tayoqchasi bakteriyasining 
DNK molekulasida taxminan 3-10
6
juft nukleotid bor. Demak, ichak tayoqchasi 
bakteriyasining 2-3 ming geni bo‘lishi mumkin. T
2
fagini genlari esa taxminan 200 
ga teng. 
Fenotipik o‘zgaruvchanlik
.
Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari 
ta’sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziqa muxitida o‘sib ko‘payganida 
kuzatiladi. Oziqa muhiti tarkibi va sifatining, muxit rN ning, temperaturaning 
o‘zgarishi, ximiyaviy moddalar (kolxitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar 
kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar nasldan-naslga 
o‘tmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan faktorning ta’siri to‘xtashi 
bilan yo‘qolib ketadi. 
Muxitga penitsillin qo‘shiladigan bo‘lsa, hujayralar cho‘ziladi, ba’zan juda 
uzayib ketadi. Bakteriyalarda sporalar hosil bo‘lishi muhit xarakteriga (quyuq yoki 
suyuqligiga), uning tarkibi, o‘stirish temperaturasiga bog‘liq. 
Muhitga 0,1% pepton qo‘shilganda, 48 soatdan keyin 100% spora hosil 
bo‘lsa, 2% pepton qo‘shilganda faqat vegetativ formalar bo‘ladi. Ko‘pgina 
bakteriyalar va zamburug‘lar turli oziqa muhitida va turli temperaturada 
o‘stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o‘zgartiradi. Chunonchi, “ajoyib 
tayoqcha” (qizil qon tayoqchasi) uy xaroratida oziqa muhitida to‘q qizil pigment 
hosil qiladi. 37° da esa, bunday pigment xosil qilmaydi. Bakteriyalar quyuq oziqa 
muhitida o‘stirilganda, hosil qiladigan koloniyalarning tipi ham o‘zgarishi 
mumkin. 
Ba’zi koloniyalar silliq, yumaloq shaklda, cheti tekis, yaltiroq, bir jinsli, 
(gomogen) mayda bo‘ladi. Bular “S” formalardir. Boshqalari g‘adirbudur, xira, 
ko‘pincha, tiniqmas, cheti notekis, noto‘g‘ri shaklli, quruq bo‘ladi. Bular R 
formalardir. Koloniyalarning oraliq formalari ham bo‘ladi, shilimshiqlar, mittilar. 
Bir turdagi bakteriyalarning o‘zi har xil shakldagi koloniyalar hosil qilishi 
dissotsiatsiya (ajralish) deb ataladi.; 
Genotipik o‘zgaruvchanlik
. Hujayraning irsiy axboroti ona hujayradan qiz 
hujayraga 
o‘tadigan 
xromosoma 
bilan 
genlarda 
joylashgan. 
Genlar 
xromosomalarda joylashgan. Jinssiz bo‘linishda-mitoz jarayonida genlar ikkita 
hujayra o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (o‘zidan oldingi) 
hujayraning to‘liq genlar to‘plamini oladi va bir xil to‘ladi. 
Genotipik o‘zgaruvchanlik, mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalari 
(kon’yugatsiya, transformatsiya, transduksiya) natijasida vujudga kelishi mumkin. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin