95
bakteriyalarga aylantirib qo‘yishdir. Bunday hollar veterinariya, meditsina va
fitopatologiyada muhim o‘rin egallaydi. Tabiatdan ajratib olingan bakteriyalarning
50 protsentidan ortig‘ida plazmidlar topilgan.
Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi haqida tushuncha
.
Genotip bu
muayyan sistemadagi o‘zaro ta’sir etuvchi genlar yig‘indisidir.
Fenotip esa genotip va muayyan tashqi muhit ta’sirida organizmda
shakllanadigan barcha belgi va xususiyatlar yig‘indisidir. Organizmda hech vaqt
genotipdagi barcha imkoniyatlar bir vaqtda yuzaga chiqmaydi. Har bir
organizmning fenotipi bu muayyan sharoitda genotip va tashqi muhit ta’sirida
qisman belgi va xususiyatlarning shakllanishidir.
Mikroorganizmlar genetikasida tekshirish ishlari kulturalarda ya’ni million
va milliard hujayra yig‘indisida olib boriladi. Mikroorganizmlardagi belgilar bir
qancha gruppalarga bo‘linadi.
1.
Morfologik belgilarga kulturani qattiq oziqa muhitidagi rangi, o‘sish
xarakteri, mitsellilarining borligi, o‘lchami, formasi, koloniyalarining cheti va
ustidagi xarakterli belgilar, hamda suyuq oziqa muhitida o‘sishi kabilar kiradi.
2.
Fiziologik belgilarga hujayraning temperaturaga bo‘lgan munosabati,
ya’ni past va yuqori temperaturada o‘sishi yoki o‘sa olmasligi, radiatsiya, turli xil
zaharli moddalarga hamda antibiotiklarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari
kiradi.
3.
Biokimyoviy belgilarga mikrob kulturasining ba’zi bir vitaminlar,
aminokislotalar yoki boshqa faktorlar bo‘lmagan oziq muhitida o‘sishi, ba’zi bir
oziqa muhitlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlash qobiliyati
kiradi. Agar mikrob kulturasi yashayotgan oziqa muhitida uning hayoti uchun faqat
ayrim elementlargina uchrasa-da, lekin shunga qaramasdan mikrob kulturasi o‘zi
uchun zarur oziqalarni sintezlab olsa, bunday kultura prototrof kultura deyiladi.
Oziqa muhitiga vitaminlar, aminokislota va shu kabi moddalar qo‘shilgandagina
o‘sadigan kultura
Dostları ilə paylaş: