P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Mutatsiyalar
.
Turli 
faktorlar 
ta’sirida 
DNK 
molekulasi 
ning 
o‘zgarishi undagi axborotning ham o‘zgarishiga olib keladi. 
Shunday o‘zgarishlar natijasida mutantlar paydo bo‘ladi. Mutatsiyalar spontan va 
induksiyalangan bo‘lishi mumkin. Spontan mutatsiyalarda kelib chikish sabablarini 
aniqlab bo‘lmaydi, induksiyalangan mutatsiyalarda esa ma’lum bo‘ladi. 
Mutatsiyalarni keltirib chiqaradigan sabablardan (kolxitsin, etilamin, iprit, 
qoramoy, mineral moylar) jinsiy gormonlar, o‘sishni tezlashtiruvchi moddalar va 
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Bularning ta’siri natijasida nukleotidlar tasodifan qayta guruhlanadi va yangi 
xossaga ega bo‘lgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan mutatsiya 


 97 
organizm uchun foydali bo‘lsa, mutantlar ko‘payib ketadi va aksincha vujudga 
kelgan o‘zgarish foydali bo‘lmasa, mutantlar nobud bo‘ladi. 
Mikroorganizmlarda mutatsiyalar kam uchraydi, millionta hujayraga bitta 
to‘g‘ri keladi. Masalan, antibiotiklarga chidamlilik, triptofan aminokislotasini 
sintezlash xususiyati, faglarga chidamlilik, koloniyalari shaklining o‘zgarishi, 
pigment hosil qilishning o‘zgarishi yoki kapsulali formalar kapsulasiz bo‘lib 
qolishi, xivchinlar hosil kilishning o‘zgarishi va boshqalar xosdir. Masalan, 
navvoychilikda ishlatiladigan achitqilarning yangi shtammlarini olinishi yoki ko‘p 
miqdorda antibiotiklar sintezlovchi shtammlarni olinishi, yoki V
12
vitamin, moylar 
va lipidlarni sintezlovchi shtammlarni olinishi, sut kislota hosil qiluvchi 
shtammlarni olinishi yoki dizenteriya, paratif va tifga qarshi bo‘lgan aktiv 
profilaktik formalar olinishi va boshqalar mutatsiyalarga misoldir. 
Genning strukturasi va ta’siri
.
Irsiyat birligi sifatida gen mavjudligi 1865 
yilda chex olimi G. Mendel tomonidan isbotlab berilgan. “Gen” so‘zi fanga 
Iogansen tomonidan kiritilgan. Mendel o‘z ishlarida ma’nosi jihatidan genga mos 
keluvchi “faktor” so‘zini qo‘llagan. T. G. Morgan tomonidan “meva pashshasi” 
misolida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratilgandan so‘ng 1930 yillarga 
kelib, A. S. Serebrovskiy va A. P. Dubininlarning asarlarida genning murakkab 
tuzilishga ega bo‘lishi, uning bir qancha markazlarga bo‘linishi ta’riflab berildi. 
Keyinchalik bu mazmundagi ishlar S. Benzerning maqolalarida yanada mukammal 
o‘rganilgan. 
Hujayradagi oqsil sintezi
.
Mikroorganizmlarning hujayrasida oqsil sintezi 
uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar mavjud. Viruslar oqsil sintezini faqat 
xo‘jayin hujayrasida mavjudligidagina sintezlay oladi. Oqsil sintezi hujayradagi 
sitoplazmada joylashgan ribosomalarda boradi. Ribosomalar kichik va katta 
subedinitsalardan tashkil topadi. Oqsil sintezida uch xil RNK ishtirok etadi. 
1) i-RNK (m-RNK)- informatsion RNK deb nomlanadi va u RNK 
polimeraza fermenti ta’sirida DNKdan sintezlanadi. DNKdan i-RNKning 
sintezlanishi 
transkripsiya
deb yuritiladi. i-RNK sintezlangandan so‘ng 
ribosomalarga kelib, oqsil sintezi uchun dastur bo‘lib hisoblanadi. 
2) T-RNK (transport RNK) ribosomaga o‘z antikodonlari bilan 
aminokislotalarni tashib keladi. T-RNK yordamida bo‘ladigan sintez 
translyatsiya
deb yuritiladi. 
3) r-RNK - ribosoma - RNK deyiladi. U ribosomani qurilish materiallarini 
tashkil qilib, oqsil sintezida ishtirok etadi. 
Genetik kod
.
Sintezlangan i-RNK dagi nukleotidlar ribosomada uchtadan 
bo‘lib o‘qiladi. Ya’ni har uch nukleotid, bitta aminokislotani sintez qiladi. Bu 
degan so‘z, genetik kod 
tripletdir
. Hozirgi vaqtda 20 ta aminokislotani belgilovchi 
i-RNK-dagi uchtadan iborat nukleotidlar aniqlangan va ularni 
kodon 
deb yuritiladi. 
i-RNK dagi kodonlar aminokislotalarga mos kelishi 1-jadvalda ifodalangan. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ko‘p hollarda bitta aminokislota ikki va undan 
ortiq kodonlar yordamida sintezlanishi mumkin. 
Masalan: 
alanin - GSU, GSS, GSA, GSG;
leysin - SUU, SUTS, SUA, SUG;


 98 
prolin - SSU, SSS, SSA, SSG. 
Gendagi kodonlar bilan oqsildagi aminokislotalarning tartibli bir-biriga mos 
kelishi kolinearlik deyiladi. Eukariot organizmlarning ribosomasi 80S deb 
yuritiladi. 60S va 40S tarkibiy qismlardan, prokariot organizmlar hamda 
mitoxondriya va plastiddagi ribosomalar 70S bo‘lib, 50S 30S tarkibiy qismlardan 
(subbirliklardan) iborat. Ribosomalardagi oqsil sintezi uch qismdan iborat. 
1. Translyatsiyaning boshlanishi (initsiatsiya). 
2. Polipeptid halqasidagi aminokislota qoldiqlarining polimerizatsiyasi 
(elongatsiya). 
3. Polimerizatsiyani to‘xtatib, hosil bo‘lgan polipeptidni ribosomadan 
ajratilishi (terminatsiya). Oqsil sintezining initsiatsiyasi i-RNK ni ribosomaning 
kichik qismiga kelishi, har ikkala ribosoma bo‘laklarining qo‘shilishi bilan 
boshlanadi. Oqsil sintezi har doim initsiatsiya qiluvchi AUG va GUG kodonlari 
bilan boshlanadi. Bu kodonlar ribosomada maxsus oqsil sintezini boshlab beruvchi 
aminoatsil t-RNK (metionil t-RNK) antikodoni bilan keladi. Natijada ribosomani 
akseptor qismiga metionil t-RNK kelib, u ribosomani donor qismiga o‘tadi, 
ribosomann akseptor qismi, navbatdagi t-RNKni qabul qiladi. Oqsil sintezida G‘
1

G‘
2
, G‘
3
, G va GTF faktorlari asosiy rol o‘ynaydi. Elongatsiya jarayonida 
sintezlanayotgan oqsil molekulasidagi aminokislotalar ko‘payadi, Oqsil sintezining 
tugashi i-RNKdagi maxsus terminator kodonlar yordamida amalga oshadi. Bu 
kodonlar jadvalda UAA va UAG lar bilan belgilangandir. 
6-jadval 
Turli 
xil 
aminokislotalarni 
belgilovchi 
i-RNK kodonlardagi nukleotidlar tartibi 
Kodonning 
birinchi 
nukleotidi 
Kodonning ikkinchi nukleotidi 
Kodonning 
uchinchi 





UUU 
fenilalanin 
UUTS 
UUA leysin 
UUG 
UTSU 
UTSS 
UTSA 
serin 
UTSG 
UAU 
tirozin 
UATS
UAA oxra
UAG 
yantar 
UGU 
sistein
UGS
UGA 
yantar
UGG 
triftofan 
U SA 


SUU
SUTS leysin
SUA
SUG 
SSU 
SSS 
SIA 
prolin 
SSG 
SAU 
gistidits 
SATS
SAA 
glitsin
SGU 
SGS 
SGA 
arginin 
SGG 


 99 
SAG 

AUU 
izoleysin 
AUTS
AUA
AUG 
metionin 
ATSU 
ATSS 
ANA 
treonin 
LIG 
AAU 
asparagin 
AATS
AAA
AAG lizin 
AGU serin
AGS
AGA
AGG 
arginin 

GUU 
GUTS 
GUA valin
GUG 
GSU 
GSS 
GSA 
alanin 
GSG 
GAU 
asparagin 
GATS 
GAA 
glyutamin 
GAU 
GGU
GGS 
glitsin
GGA 
GGG 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin