P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

5.5. Tuproq mikroflorasi

Tuproqda juda ko‘p mikroorganizmlar uchraydi, ya’ni bir 1 g tuproqda 
millionlab yoki milliardlab bakteriya bo‘ladi. Havo va suvga nisbatan tuproqda 
bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Tuproq asosiy manba bo‘lib, undan mikroblar havo va 
suvga o‘tib turadi. Tuproqda turli-tuman bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog‘orlar, 
achitqilar, suvo‘tlari va sodda hayvonlar uchraydi. 
Ba’zi olimlarning xisoblashicha, 1 ga haydaladigan yerning 25 sm 
chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriya uchrar ekan. 
Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tuproqqa tushgan o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i hisobiga mikroorganizmlar juda 
ko‘payib ketadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turiga, fizik- 
kimyoviy xossalariga va iqlim sharoitiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Tuproqning yuza 
qismida mikroblar ko‘p bo‘ladi, pastga tushgan sayin ularning soni kamayib 
boradi. 
Mikroorganizmlar ko‘proq 10-15 sm li qatlamda ko‘p bo‘ladi, chunki bu 
yerga quyosh nurlari tik tushmaydi, oziqa va namlik yetarli bo‘ladi. Chuqur 
qatlamlarda bular kam bo‘ladi, chunki tuproq tabiiy filtr vazifasini bajaradi va 
bakteriyalarni yer osti suvlariga kam o‘tkazadi. 
Tuproqda turli-tuman fiziologik gruppalarga mansub bo‘lgan aeroblar, 
anaeroblar, saprofitlar, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, sellyulozani parchalovchilar, 
oltingugurt bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan 
vakillari keng tarqalgan. Yil fasllariga qarab tuproqdagi mikrorrganizmlar soni 
ham o‘zgarib turadi. 
Ayniqsa o‘simliklarning ildiz sistemasi atrofida bakteriyalar ko‘p to‘planadi, 
ularning ko‘pchiligi aerob, tayoqchasimon (Pseudomonas) spora hosil qilmaydigan 
vakillardir. Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar uglevodlar, organik 
kislotalarni o‘zlashtiradi va o‘zi ham bir qator vitaminlar sintezlash xususiyatiga 
ega. Bu vitaminlarni o‘simliklar o‘zlashtiradi. 
Tuproqdagi 
organik 
moddalar 
parchalanganda, 
bakteriyalarning 
biotsenozlari almashinib turadi. Avvalgicha tuproqda tez va oson parchalanadigan 
moddalar bo‘lganda, asosan spora hosil kilmaydigan tayokchasimon bakteriyalar 
keng tarqaladi, keyinchalik ularning o‘rnini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar 
egallaydilar. 
Tuproqdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun 1924 yili S. N. 
Vinogradskiy yangi metod ishlab chiqdi. Uning mohiyati quyidagidan iborat. 
Ma’lum hajmdagi yoki miqdordagi tuproq suspenziyasidan surtma mazok 
tayyorlanadi, so‘ngra u karbol kislotada eritilgan eritrozin bilan bo‘yaladi va 
mikroskopda qarab mikroorganizmlar soni hisoblanadi. 


 111 
F. N. Germanov bakterioskopik metodni yanada mukammallashtirdi. U 
tuproq zarrachalariga osh tuzi bilan ta’sir etadi. Natijada tuproq kompleksidan 
kalsiy va tuproq zarrachasi ichidagi va ustidagi bakteriyalar bo‘shaydi. Bu metod 
bilan hisoblaganda, 1 g tuproqdagi bakteriyalar soni 10 milliardga yetgan. 
Tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, yerda bakteriyalar soni ortishini quyidagi jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 
7-jadva

O‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan yerlardagn bakteriyalar soni 
(1 g tuproqda million dona hisobida) 
Tuproq turi 
Gorizont-lar Kokklar 
Tayoqchasimon-
lar 
Yirik 
kokklar 
(azotobakter) 
Jami 
bakteriya-
lar soni 
O‘zlashtirilmagan 
qora
tuproq
A
1
B
1
V
2
2050 
730 
790 
410 
50 
20 
260 
960 
1760 
2709 
1740 
2570 
O‘zlashtirilgan 
qora
tuproq
A
1
B
1
V
2
5540 
390 
550 
240 
60 

590 
2340 
1130 
6470 
2890 
1750 
O‘zlashtirilmagan 
sho‘r tuproq
A
1
A
2
V
2
2620 
640 
580 
280 
700 
40 
290 
966 
480 
3230 
1670 
1000 
O‘zlashtirilgan 
sho‘r tuproq 
A
1
A
2
V
2
4300 
1800 
600 
400 
160 
12 
600 
1400 
3200 
5820 
3400 
3872 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida, tirik organizmlarning: bakteriyalar, 
zamburug‘lar, infuzoriyalar, suvo‘tlari, o‘simliklarning ildizi va bir qator 
hayvonlarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin