P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

5.8. Mikoriza

1881 yili polyak olimi F. M. Kamenskiy mikoriza hodisasini kashf etadi. 
O‘simliklar ildizi bilan zamburug‘lar orasidagi simbioz mikoriza deb ataladi. 
Mikoriza ko‘pchilik daraxtlar va g‘alladoshlar oilasining vakillari orasida uchraydi. 
Mikorizada zamburug‘ giflari o‘simlikning ildizlari orasiga o‘sib kiradi. 
Mikornzani 
zamburug‘lardan 
fikomitsetlar, 
askomitsetlar 
va 
bazidiali 
zamburug‘lar hosil qiladi. Bu tabiatda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, ektotrof va 
endotrof formalari bor. 
Ektotrof mikorizada zamburug‘ giflari o‘simlik ildizini hamma tomondan 
o‘rab oladi, o‘simlikning ildiz tukchalari nobud bo‘lgan bo‘ladi. Endotrof 
mikorizada zamburug‘ giflarining faqat bir qismigina ildizning yuza qismida 
bo‘lib, asosiy qismi ildizning parenxima hujayralari orasiga o‘sib kiradi, ildiz 
tukchalari tirik bo‘ladi. 
Zamburug‘ giflari o‘simlik ildizining shimish yuzasini oshiradi, shu bilan 
birga o‘simlik o‘zlashtira olmagan anorganik va organik birikmalarni eritadi. 
O‘simlikni azot bilan ta’minlaydi, ya’ni organik koldiqlarni parchalab, ammiakli 
birikmalarga aylantiradi. Bundan tashqari, mikoriza zamburug‘lari tuproqdan 
fosforli birikmalarni olishda ham o‘simlikka yordam beradi. Buning hisobiga 
o‘simlik zamburug‘ni glyukoza bilan ta’minlaydi. Glyukoza molekulasida bo‘lgan 
energiya hisobiga zamburug‘ qiyin eriydigan fosforli birikmalar va torflarni 
o‘zlashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. 
Ayniqsa o‘simliklardan orxideyalarda mikoriza xodisasi keng tarqalgan. 
Orxideyalarning urug‘i juda qiyin unib chiqadi. Chunki vitaminlardan: nikotin 
kislota (RR), V vitamin va boshqalar yetishmaydi, kam sintezlanadi. Bularni esa 
zamburug‘lar hosil kiladi, natnjada urug‘ tez unib chiqadi. Mikoriza hodisasi 
daraxtlardan archa, kayin, qarag‘ay va boshqa o‘simliklarda keng tarkalgan. 
Mikroorgannzmlar fiziologik aktiv moddalar, vitaminlar, fermentlar, 
auksinlar, gibberellinlar, antibiotiklar, ba’zi bir aminokislotalarni sintezlash 
xususiyatiga ega. Bunday moddalarni bakteriyalar, zamburug‘lar, achitqilar, 
aktinomitsetlar, suvo‘tlar sintezlaydilar. Nitrifikatorlar, azotobakteriyalar, tuganak 
baktsriyalari va boshqa vakillari o‘sish uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarni 
sintezlash xususiyatiga ega. 
Savollar

1. Suv mikroflorasini izohlang. 
2. Tuproq mikroflorasida qaysi guruh mikroorganizmlar uchraydi? 
3. Rizosfera bakteriyalari haqida ma’lumot bering. 


 114 
4. Havo mikroflorasida uchraydigan mikroorganizmlarni izohlang. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin