112
bo‘ladi. Ayniqsa o‘rmonlar, tog‘lar havosi toza bo‘ladi. Yer yuziga yaqin xavo
tarkibida mikroblar soni ko‘p bo‘lib, yuqoriga ko‘tarilgan sayin kamayib borishini
Ye.N.Mishustin kuzatgan. 1 m
3
havoda 5000-300000 ga yakin bakteriya bo‘lishi
aniqlangan.
Bakteriyalar orasida kasallik tug‘diruvchi vakillari ham ko‘p uchraydi: sil
tayoqchalari, streptokokklar, stafilokokklar, gripp viruslari, ko‘kyo‘tal tayoqchasi
va boshqalar ana shular jumlasidandir. Gripp, qizamiq, ko‘kyo‘tal faqat havo
tomchilari orqali yuqadi, ya’ni aksirganda chiqadigan mayda aerozol tomchilar
o‘zida bakteriyalar tutgan bo‘lib, havoga tarqaladi, atrofdagi odamlar nafas olishi
natijasida kasallanadn. Buning oldini olish maqsadida yashaydigan xonalar
havosini doim tozalab turish zarur. Yozda ko‘chalarga suv sepib, chang
ko‘tarilmasligiga, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ahamiyat berish kerak.
Ignabargli o‘rmonlarga sayohat qilish odamning salomatligi uchun muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: