5.4. Suv mikroflorasi
.
Boshqa tirik organizmlarga qaraganda bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan,
chunki ular nihoyatda mayda bo‘lganligi, tashqi muhit faktorlariga tez moslasha
olganligi, turli-tuman oziq moddalarni iste’mol eta olganligi uchun boshqa
organizmlar yashay olmaydigan joylarda ham uchraydi. Bakteriyalar tuproqda,
suvda, havoda va boshqa organizmlar tanasida uchraydi.
Suvda juda ko‘p mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy muxit
hisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuproqdan o‘tadi. Agar suvda oziqa
moddalar yetarli bo‘lsa, mikroorganizmlar soni juda ko‘payib ketadi. Ayniqsa
chiqindi oqava suvda bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari
esa toza xisoblanadilar, ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz
suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10 sm. gacha bo‘lgan chuqur qismida, qirg‘oqqa
yaqin joylarda mikroblar soni ko‘p bo‘ladi. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari va
chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1 ml toza suvda 100-200 dona
mikrob uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va undan ham ko‘p bo‘ladi.
Ayniqsa aholi yashaydigan joylardan oqib o‘tgan suvda bakteriyalar ko‘p
bo‘ladi. Masalan, A. S. Razumov ma’lumotiga ko‘ra, Ural daryosining suvida aholi
yashaydigan punktdan yuqorida 1 ml da 19700 bakteriya bo‘lsa, axoli yashaydigan
punktdan pastda 400000 dona bakteriya topilgan.
Suvning eng yuqori qatlamida bakteriyalar kamrok, o‘rta qatlamida ko‘proq
va pastki qatlamida yanada kamroq bo‘ladi. Masalan, qirg‘oqdan 300 m narida 1
ml suvda 38 dona bakteriya, 5 m chuqurlikda 79 dona bakteriya, 20 m chuqurlikda
esa 7 dona bakteriya topilgan. Yomg‘irdan keyin bakteriyalar soni ko‘payadi,
yomg‘irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya topilgan bo‘lsa, yomg‘irdan keyin
ularning soni 1223 taga yetgan.
Ariq suviga nisbatan ariqning cho‘kindi moddalarida mikroblar soni ko‘p
bo‘ladi, ayniqsa oltingugurt va temir bakteriyalari ko‘p uchraydi. Bulardan
tashkari, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi.
Suvda (97%) spora hosil qilmaydiganlar, cho‘kindilarda esa (75%) spora hosil
qiluvchilar uchraydi.
Suvda doim uchraydigan vakillaridan: Bact. flurescens, Bact. aquatilis,
Micrococcus candicans va boshqalar, hovuz suvlarida esa vibrionlar, spirillalar
temir va oltingugurt bakteriyalari uchraydi. Oqava suv tarkibida milliardlab
bakteriyalar uchraydi va ular orasida yuqumli ichak kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi
vakillar ham bo‘ladi.
Suvning eng iflos qismi polisaprob zona deyiladi, bu zonadagi suvning 1 ml
da 1000000 ga yaqin bakteriya bo‘ladi. O‘rtacha ifloslangan zona mezasaprob zona
bo‘lib, bu zonadagi suvning 1 ml da 100000 bakteriya bo‘ladi. Ancha toza qismi
oligosaprob zona deyiladi. Bu zonadagi suvning 1 ml da 1000 ga yaqin bakteriya
uchraydi. Polisaprob zonada o‘simlik va hayvon qoldiqlari anaerob yo‘l bilan
parchalanadi, natijada metan, vodorod sulfid, merkaptan, ammiak, organik
kislotalar va aminokislotalar hosil bo‘ladi. Mezasaprob zonada moddalarning
parchalanishi davom etadi.
109
Oligosaprob zonada ko‘proq ikki valentli temir tuzlari uch valentli tuzlarga
aylanadi. Ayniqsa ariq va hovuz suvlarida juda ko‘p patogen mikroblar uchraydi,
ular orasida brutsellyoz, qorin tifi, dizenteriya tayokchalari, vabo vibrioni va
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Bitta odam 10 minut cho‘milganda tanasidan suvga 3 milliard saprofit
bakteriya,
100
mingdan
20
milliongacha
ichak
tayoqchasi
tushadi.
Bakteriyalarning ko‘l suvida tarqalishi yil fasllariga qarab o‘zgaradi. May va iyun
oylarida bakteriyalar soni ko‘proq bo‘ladi. Dengiz va okean suvlarida mikroblar
soni ariq suvlaridagidan kam, qirg‘oqqa yaqin joylarda esa ko‘proq bo‘ladi.
A. Ye. Kriss va B. L. Isachenko dengiz va okean suvlarida denitrifikatorlar
borligini aniklaganlar. Kriss va uning shogirdlari okean suvlarida spora hosil
qiluvchi va spora hosil qilmaydigan vakillar, aktinomitsetlar ham uchrashi
mumkinligini ko‘rsatadilar.
Tinch okeandagi bakteriyalar soni va biomassa miqdori tekshirilganda
quyidagi natijalar olingan. 50 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismida 1 sm
3
suvda 100
minglab bakteriya topilgan, biomassaning miqdori 1 sm
3
suvga nisbatan olinganda
atigi bir necha o‘n milligrammni tashkil etgan. 50 m dan 200 m gacha chuqurlikda
1 sm
3
suvda 10000 bakteriya bo‘lib, biomassa 10 mg/m
3
ga, 750-3000 m
chuqurlikdagi suvning 1 sm
3
da bakteriyalar soni 100.000 gacha, biomassa esa 0,1
mg/m
3
ga teng bo‘lgan. B. S. Butkevich dengiz suvida 3% ga yaqin NaS1
bo‘lganda ham bakteriyalar yaxshi o‘sganligini aniqlagan.
Bakteriyalarning 60% ga yaqin shtammlari chuchuk suvlarda o‘smaganligi
aniqlangan. Bu bakteriyalarni Kriss galofillar deb atagan. Galofillar Tinch okeanda
56,5% dan 88% gacha, Hind okeanida va Antarktida atrofidagi dengizlarda 53-
91% gacha uchrashi aniqlangan.
Ma’lumki, oqava suvda uchraydigan bakteriyalarga dengiz suvi salbiy ta’sir
etadi. Masalan, Karpenter va uning shogirdlarini (1938) aniqlashi bo‘yicha, dengiz
suvi 30 minut ichida oqava suvdagi bakteriyalarning 80% ni nobud qilgan.
Rozenfeld va Sobbel (1947) dengiz suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9 ta forma
topganlar, bu antibiotiklar esa, bakteriyalarni boshqa formalariga salbiy ta’sir
etgan.
Aholisi zich joylashgan yerlardagi suvda mikroblar juda ko‘p bo‘ladi,
shahardan suv 3-4 km nari o‘tgach, mikroblar soni yana kamayadi. Buning bir
qancha sabablari bor: mexanik yo‘l bilan mikroblar suv tagiga cho‘kadi, suvda
oziqa moddalar kamayadi, bevosita tushgan quyosh nuri ularga salbiy ta’sir etadi,
mikroorganizmlarning bir qismini sodda hayvonlar iste’mol etadi va boshqa
faktorlar sabab bo‘ladi.
Patogen mikroblardan brutsellyoz, tulyaremiya, paratif, dizenteriya
tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar oqava suvda uzoq muddat yashaydi.
Qorin tifi tayoqchasi 21 kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6-30 kungacha
yashaydi. Demak, ochiq suv havzalari yuqumli ichak kasalliklarini tarqatishda
xavfli vosita bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suvni biologik usul bilan tozalashga
alohida ahamiyat beriladi.
Suvni tozalash
.
Tozalash uchun suv avval maxsus tindirgichlarda tindiriladi,
bunda mikroorganizmlarning 75% cho‘kadi. Cho‘kish jarayoni tez borishi uchun
110
suvga koagulyant (ohak yoki glinozyom) ko‘shiladi, so‘ngra mayda shag‘al va
qum orqali filtrlanadi. Shundan keyin esa xlorlanadi. Suvning tarkibidagi ichak
tayoqchasi titr orqali aniqlanadi. Agar 300-500 ml suvda bir dona ichak tayoqchasi
topilsa, suv toza xisoblanadi, shundan keyin bu suv vodoprovod orqali aholiga
yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |