118
6.4. Temir bakteriyalari.
1888 yilda Vinogradskiy temir bakteriyalarida uchraydigan xemosintez
jarayonini kashf etdi. Bu bakteriyalar chuchuk va sho‘r suvlarda ko‘p
tarqalgan
bo‘lib, ikki valentli temir tuzlarini o‘zlashtirib, temir gidratlar hosil qiladi:
4G‘eCO
3
+ 6H
2
O + O
2
= 4G‘e(OH)
3
+ 4CO
2
+ 167kJ
Temir bakteriyalari ko‘l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo‘lishida
ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B. V. Perfilev
(1926 - 1927) ko‘l cho‘kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphaerothrix deb
nomlagan. Keyingi yillarda (1952, 1961) u kapillyar mikroskopiya metodidan
foydalanib, cho‘kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi – Metallogenium ni
ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib,
temir konlari hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Tabiatda Met. galionella mikoplazmalar shaklida tarqalgan.
Temir
bakteriyalari orasida kokksimon, tayoqchasimon va ipsimon formalar uchraydi.
Ko‘pchiligi fakultativ avtotrof bo‘lib, ipsimon vakillari ko‘ndalangiga bo‘linnb
yoki harakatchan konidiyalar yordamida ko‘payadi. Mikroorganizmlarning atigi
0,1% agarli muhitda o‘sa oladi. Shuning uchun mikroorganizmlarni
tekshirish
ishlarida tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda mikrobiologlar ko‘pincha shisha plastinkalarni ma’lum muddatga
tuproqqa ko‘mib yoki suvga botirib ko‘yadilar, so‘ngra ularga yopishib kolgan
mikroorganizmlarni tekshiradilar.
Mikroorganizmlarni tekshirishda mikroskopiya metodlari ham qo‘llaniladi.
Ko‘pgina
bakteriyalarning bioximiyasi, fiziologiyasi ana shu metod bo‘yicha
o‘rganiladi. Lekin kapillyar mikroskopiya metodi kelgusida yana ham keng
imkoniyatlarga yo‘l ochib beradi va undan mikrobiologiyaning boshqa
tarmoqlarida ham foydalanish imkoni tug‘iladi.
Perfilev kapillyar mikroskopiya
metodidan foydalanib, ilgari noma’lum
bo‘lgan yirtqich bakteriyalar gruppasini - temir bakteriyalarning yangi avlodi -
Metallogenium ni topib, ularning fiziologiyasi va morfologiyasini o‘rgandi.
Masalan, yirtqich bakteriyalardan
Dictyobacter harakatchan, ovalsimon yoki
yumaloq shakldagi koloniyadan iborat. Koloniyasi bir uchi qayrilgan
tayoqchasimon hujayralardan tashkil topgan, ularning uzunligi 2-6 nm, eni 0,7-1,2
119
nm. Bu koloniya o‘zidan yirik bo‘lgan oltingugurt
bakteriyalari bilan oziqlanadi,
oltingugurt bakteriyalari bo‘lmagan holatlarda cho‘kmadagi eritmalar bilan ham
oziqlanaveradi.
Yirtqichlardan yana biri Syclobacter bo‘lib, koloniyasi yumaloq, hujayralari
bir-biri bilan plazmodesmalar orqali bog‘lanadi. Bular 3-4 tadan to 30 tagacha
bo‘lib birlashishi mumkin.
Syclobacter quyidagicha rivojlanadi.
Birinchi fazada ipsimon, harakatchan,
ikkinchi fazada yumaloq bo‘ladi. Qeyin alohida kichik kichik mikrokoloniyalar
hosil qiladi Uchinchi fazada to‘rsimon mikrokoloniyalar hosil qiladi.
Oldingi
fazalarda mikrob saprofit usulda oziqlansa, keyingi fazalarda maxsus tutqich
o‘simtalar hosil qilib, yirtkichlik bilan hayot kechira boshlaydi.
Savollar
.
1. Tuproq hosil bo‘lishida mikroorganizmlar roli haqida.
2. Oltingugurtning anorganik va organik birikmalari qanday hosil bo‘ladi?
3. Tion bakteriya haqida nima bilasiz?
4. Temir bakteriyalari qaysi muhim jarayonda ishtirok etadi?
5. Perfilevning kapilyar mikroskopiya metodi yordamida qaysi bakteriyalar
aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: