133
1. Bakterial o‘g‘itlardan foydalanish tarixi haqida ma’lumot bering.
2. Tuganak bakteriyalarning xossalari nimalardan iborat?
3. Nitragin preparati ishlab chiqarishning texnologik chizmasini izohlab
bering.
4.
Azotobakterinni
ishlab
chiqarishda
qanday
produtsentlardan
foydalaniladi?
5. Fosforobakterin ishlab chiqarishda
qanday mikroorganizmlardan
foydalaniladi?
134
VIII-BOB. MIKROORGANIZMLAR BIOKIMYoSI
8.1. Mikroorganizmlarda aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va
boshqa birikmalarning sintezlanishi
Hozirgi vaqtda har xil birikmalar olish uchun sanoatning turli sohalarida
mikroorganizmlardan keng foydalaniladi. Insoniyat juda qadim zamonlardan beri
o‘zining kundalik hayotida mikroorganizmlardan foydalanib kelgan (masalan,
qatiq ivitish, qimiz, pishloq tayyorlash, novvoychilik, sirka va vino olish ishlarida).
Keyingi
yillarda
mikroorganizmlarning
rivojlanish
qonuniyatlari
yaxshi
o‘rganilgan sari, ular turli moddalarni sintezlay olishi ma’lum bo‘ldi. Chunki
mikroorganizmlarning bioximiyaviy xususiyatlari nihoyatda ko‘p va ulardan keng
miqyosda foydalanish mumkin. Masalan, mikroorganizmlardan olingan oqsil,
chorvachilik va parrandachilikda bemalol o‘simlik oqsili o‘rnini bosa oladi.
Oziq-ovqat
sanoatida, don tarkibidagi amilaza fermenti o‘rnini mog‘or
zamburug‘lari va bakteriyalarning amilolitik fermentlari bosadi degan fikrlar bor.
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar oqsilidan oziq-ovqat sanoatida va texnik
maqsadlar uchun foydalanish masalasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan
biridir. Yaqin orada mikroorganizmlardan olinadigan moylar o‘simlik moylari
o‘rnini bosadigan bo‘ladi yoki mikroorganizmlar hujayrasida uchraydigan
sellyulaza fermentidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida yoki proteaza
fermentlaridan oziq-ovqat, gidroliz mikrobiologiya sanoatlarida va tibbiyot
amaliyotida keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Novvoychilikda amilolitik fermentlardan keng foydalaniladi.
Amilaza
fermenti nonning sifatli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega, chunki un tarkibida
ko‘p miqdorda
-amilaza bor, lekin, a-amilazaning miqdori kamroq.
-amilaza
kraxmalni parchalab, ko‘proq maltoza (monosaxaridlar) hosil qiladi,
-amilaza
esa, shakarlar hosil qiladi. Shuning uchun bir tonna unga 0,002% amilaza
ko‘shilsa, non nihoyatda sifatli bo‘ladi. Mog‘or zamburug‘laridan olinadigan
amilaza shunday xususiyatga ega, shuning uchun undan keng miqyosda foydalanib
kelinmoqda.
Achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun oziq muhitiga 8-10 soat
mobaynida havo yuboriladi, keyin hosil bo‘lgan biomassa sentriofugalab, yuviladi
va
quritiladi, so‘ngra qadoqlanadi. Qand zavodlarida shakar olinganidan keyin
qolgan mahsulot - melassa achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun asosiy
oziqa muhiti hisoblanadi. Buning uchun melassa suyultiriladi va azotli, fosforli
mineral tuzlar bilan boyitiladi.
Chorvachilikda oziqa sifatida ishlatiladigan Torula utilis zamburug‘i
qog‘oz sanoati chiqindilarida ko‘paytiriladi. Bu qoldiqlar kalsiy bisulfit eritmasida
6-18 soat davomida qaynatiladi va keyin sovutilib, eritmaning rN ko‘rsatgichini 5
ga yetkaziladi va (NH
4
)
2
HPO
4
hamda NH
4
OH tuzlari bilan boyitiladi. Jarayon
anaerob sharoitda olib boriladi. So‘ngra, xosil bo‘lgan biomassa quritiladi va
presslanadi. Ulardan ko‘p miqdorda oziq olinadi,
tarkibida oqsillar, yog‘lar va
vitaminlar bo‘ladi.
Kuritilgan achitqi zamburug‘ining tarkibi (%):
135
Oqsil moddalari 47,28
Glikogen 8,07
Yog‘lar 7,05
Kul 13,87
Hujayra po‘sti va suv 8,86.
Achitqi zamburug‘idan novvoychilikda, spirt va vino ishlab chiqarish
sanoatida keng foydalaniladi.
Mikroorganizmlarda sintezlanadigan aminokislotalar
.
Mikroorganizmlarda
turli-tuman aminokislotalar, jumladan, lizin, triptofan, arginin, treonin va boshqalar
sintezlanadi.
Mikrobiologiya
sanoatida
arzon
xomashyo
-
toluoldan
diaminopimelin kislota, undan esa, 70% ga yaqin lizin aminokislotasini olish
texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda ko‘p mamlakatlarda lizin
aminokislotasi mikrobiologik yo‘l bilan olinmoqda. Uglerod manbai sifatida
melassa, gidrolizatlar, glyukoza, fruktoza, saxaroza, mannoza, maltoza, ksiloza va
organik kislotalardan (kahrabo, sut, fumar, pirouzum kislotalar) 2% dan 15% gacha
konsentratsiyada ishlatiladi.
Azot manbai sifatida organik birikmalardan (pepton, kazein gidrolizati, baliq
uni) yoki anorganik tuzlardan (ammoniy tuzlari,
mochevina, aminlar va
boshqalardan) foydalaniladi.
1 t kristall holatdagi lizin olish uchun 10-11 t melassa kerak bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda lizinni umumiy miqdoridan 85% mikrobiologik yo‘l bilan 10%, gidroliz
yo‘li bilan va 5%-ximiyaviy yo‘l bilan olinmoqda.
L-arginin Corynebacterium yoki Mycobacterium bakteriyasini mutantlaridan
olinadi. Bular uglerod va azot yetarli bo‘lgan oziqa muhitida o‘stiriladi, so‘ngra
aminokislota ajratib olinadi. Arginindan meditsina va oziq-ovqat sanoatida
foydalaniladi.
Treonin aminokislotasi Brevibacterium yoki Corynebacterium dan olinadi.
Mycrococcus glutaminus va Brevibacterium divricum katta miqdorda
glyutamin kislotasi va alanin aminokislotalarini sintez qiladilar.
Mikroorganizmlar asosida o‘simliklarni o‘stiruvchi modda - gibberellin
tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda 30 ga yaqin gibberrellinsimon
moddalar ma’lum, bulardan eng muhimi gibberellin A
1
- gibberellin kislotadir.
Bunday
moddalar bakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa mikroorganizmlardan
sintez bo‘ladilar.
Ko‘pchilik mikroorganizmlar turli-tuman fermentlar sintezlaydi. Bu
fermentlar hujayra ichida bo‘lsa - endoferment, tashqi muhitga ajratilsa,
ekzoferment deb ataladi. Fermentlar turli sohalarda, jumladan, oziq-ovqat, vino,
spirt, pivo pishirish sanoatlarida,
organik kislotalar, aminokislotalar, vitaminlar,
antibiotiklar va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari,
meditsinada va qishloq xo‘jaligida, ilmiy tekshirish institutlarida ham
fermentlardan keng miqyosda foydalaniladi. Masalan, Vas. subtilis dan amilaza,
As1. griseus dan proteaza, As1. fradial dan keratinaza va proteinazalar olinadi.
Bulardan
tashqari
sellyuloza,
nukleaza
va
boshqa
fermentlarni
ham
mikroorganizmlar sintezlaydi.
136
Mikroorganizmlar bir qator vitaminlar ham sintezlash xususiyatiga ega.
Ba’zi turlari V
1
, V
2
vitamin, biotin, pantoten kislota, piridoksin, nikotin kislota va
boshqa fiziologik faol moddalar sintezlaydilar. Boshqalari provitaminlar -
karotinoidlar va karotin sintezlaydilar. Mikrobakteriyalar,
aktinomitsetlar,
metanobakteriyalar V
1
vitamin sintezlaydi.
Savollar
.
1. Nitrifikatsiya jarayoni ximizmini tushuntiring.
2. Denitrifikatsiyada qaysi mikrorganzimlar ishtirok etadi?
3. Molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi mikrorganizmlar haqida nimalarni
bilasiz?
4. Azot to‘plovchi mikobakteriyalar faoliyatini yoritib bering.
5. Lishayniklar nima va ular tomonidan azot qanday o‘zlashtiriladi?
6. Azotfiksatsiya nima?
Dostları ilə paylaş: