P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

7.3.
 
Bakterial o‘g‘itlar

Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga va mikroblarga bakteriologik 
o‘g‘itlar kuchli ta’sir ko‘rsatadigan faktorlardan biri hisoblanadi. Bakterial o‘g‘itlar 
xilma-xil bo‘ladi: nitragin, azotobakterin, fosfobakterin, AMB va boshqalar. Turli 
dukkakdosh o‘simliklarning urug‘iga ekishdan oldin nitragin bilan ishlov berilsa (1 
ga yerga ekiladigan urug‘ uchun 5-10 g nitragin kerak), ularning hosili o‘rta 
hisobda 10-15% yuqori bo‘ladi. 
Nitragin tarkibida aktiv tuganak bakteriyalari bo‘ladi, ular ko‘plab atmosfera 
azoti to‘playdi va hosilni oshiradi. Shuningdek, hosilning sifati ham yaxshilanadi, 
ya’ni ko‘p miqdorda oqsil, aminokislotalar va V gruppaga mansub vitaminlar 
sintezlanadi 
Nitragin turli shaklda: torfli aralashma, tuproqli aralashma, agarli aralashma 
va suyuq holda ishlab chiqariladi. Shulardan eng ko‘p ishlatiladigani torfli 
aralashma bo‘lib, bu aralashmadan AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanadada, 
Hindistonda va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng ravishda foydalaniladi. 
7.4. Azotobakterin va AMB preparati



 132 
Azotobakterin tarkibida azotobakter bo‘ladi, uni tayyorlash uchun 
azotobakter agarli muhitda o‘stiriladi. 1 gramida 40 mln azotobakter hujayrasi 
bo‘ladi, 1 ga yerga ekiladigan urug‘lar uchun 10-15 g azotobakterin yetarli. 
Bu preparat tarkibida xar xil bakteriyalar: ammonifikatorlar, azotfiksatorlar, 
sellyulozani parchalovchilar ham uchraydi. Bu bakteriyalar tabiiy unumdor 
tuproqlarning asosiy mikroflorasini tashkil etadi. Shuning uchun avtoxton 
mikroflora deb ataladi. Odatda, kech kuzda va qish oylarida nordon tuproqlarda 
nam ko‘p bo‘lishi va tuproq temperaturasining pasayib ketishi natijasida 
mikroorganizmlarning faolligi pasayib ketadi. Shuning uchun har gektar yerga 250 
kg dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradi. Quyidagi jadvalda AMB 
preparatini qo‘llanishi natijasida hosildorlikning ortishi ko‘rsatilgan. 
10-jadval
 
AMB preparatining hosidnnng ortishnga ta’siri. 
O‘simliklar 
Hosil (ga/s) 
Hosilnnng ortishi 
nazorat 
AMB 
ga/s 

Kuzgi bug‘doy
Beda-62
Xashaki lavlagi
Kartoshka
26,2 
136,0 
80,0 
30,4 
229,0 
110,9 
4,2 
93,9 
30,9 
16,0 
68.4 
38,6 
Hozirgi vaqtda AMB preparati ko‘proq issiqxonalarda yetishtiriladigan 
o‘simliklar uchun ko‘proq ishlatiladi. Buning uchun issiqxonalardagi i go‘ng ustiga 
30-40 sm qalinlikda AMB preparati sochiladi va uch xafta shu holda saqlanadi. 
Keyin bu yerda ko‘chat yetishtiriladi. Ko‘chatlar olingandan keyin go‘ng 
sabzavotlarni o‘g‘itlash uchun ishlatiladi.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin