P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Molekulyar azotni simbioz yo‘li bilan to‘plashda ishtirok etadigan boshqa 
mikroorganizmlar
.
Dukkakdosh o‘simliklardan tashqari, ildizi molekulyar azotni 
to‘plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashaydigan daraxt va 
butalarning 200 ga yaqin turi ma’lum. Bulardan qayrag‘och (Alnus) yaxshi 
o‘rganilgan. Bu daraxtning ildizlaridagi tugunaklarda aktinomitsetlar ko‘proq 
bo‘lib, ular atmosfera azotini o‘zlashtiradi. Rubiaceae oilasiga mansub Pavefta 
indica barglarida g‘uddalar hosil bo‘ladi, g‘uddalarda tugunak bakteriyalarga yaqin 


 128 
bo‘lgan va atmosfera azotini to‘play oladigan Mycobacterium bakteriyasi topilgan. 
Mahalliy aholi bu o‘simlikdan yashil o‘g‘it sifatida foydalanadi. 
Tuproqda erkin holda yashaydigan bakteriyalar tomonidan molekulyar azot 
to‘planishi
.
Tuproqda tugunak bakteriyalardan tashqari, atmosfera azotini 
to‘playdigan boshqa bakteriyalar ham uchraydi. Vinogradskiy (1893) maxsus 
elektiv kultura tayyorlab, bu bakteriyalarni ajratib olgan. Elektiv kultura tayyorlash 
uchun u oziqa muhitiga glyukoza va boshqa tuzlar qo‘shadi, lekin azotli tuzlar 
qo‘shmaydi. Shuning uchun bunday muhitda faqat azotni o‘zlashtira oladigan 
bakteriyalar yashashi mumkin bo‘ladi. Tajribani anaerob sharoitda olib boradi va 
azot to‘plovchi Clostridium pasterianum bakteriyasini kashf etadi. Bu bakteriya 
duksimon shaklda, 3 - 4 nm uzunlikda, eni 0,7 - 1,3 nm bo‘lib, spora hosil qiladi, 
tanasi peritrixa tipda xivchinlangan, yosh vaqtida tez harakatlana oladi. 
Klostridium oziqa sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, lekin saxaroza 
va fruktozani ham o‘zlashtira oladi, kraxmal va sellyulozani mutlaqo o‘zlashtira 
olmaydi. Hayot uchun zarur bo‘lgan eiergiyani yog‘ kislotali bijg‘ish jarayonidan 
oladi: 
kJ 
moy kislota 
Laboratoriya sharoitida klostridium, 1 g bijg‘igan shakar hisobiga 1-5, 
ba’zan 5-10 mg azot to‘playdi. 
Olimlarning fikrlaricha, bijg‘ish, jarayonida vodorod molekula holida emas, 
balki atomar (2N) holda ajralib, atmosfera azotining ammiak holida to‘planishida 
ishtirok etar ekan. 
Vilson Clostridum ning Clost. butyrisum, Clost. beijerinckia, Clost. 
pectinovorum, Clost. acetobutylicum kabi 15 ga yaqin turi ham azot to‘plash 
xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. Lekin, bulardan ko‘ra, Clost. pasterianum 
atmosfera azotini eng ko‘p to‘playdi. Tuproqda Clost. pasterianum doim aerob 
usulda nafas oluvchi Vas. closteriodes bilan birga uchraydi, bu bakteriya Clost. 
Pasterinaum uchun anaerob sharoit yaratib bersa, uning hisobiga Vas. closteriodes 
vitaminlar bilan ta’minlanadi va Clost. pasterianum dan azot olib turadi. 
Klostridium tabiatda juda keng tarqalgan, chunki u rN ko‘rsatgichi 4,5-9,0 
gacha teng bo‘lgan tuproqlarda faol bo‘lsa rivojlana oladi, shuning uchun ham 
kislotali, ishqoriy, sho‘r va qora tuproqlarda ham uchraydi. Tuproqning namligi 
60-80% (to‘la nam sig‘imiga nisbatan) bo‘lsa, yaxshi rivojlanadi. Klostiridiumdan 
tashqari, tuproqda erkin holda yashaydigan yana bir bakteriya - azotobakterni 
gollandiyalik mikrobiolog Beyerink 1901 yilda sof kultura holida ajratib olgan. Bu 
bakteriyaning bir qancha turi ma’lum: 
1. Azotobacter chroococcum - yirik shar shaklida (1 -10 nm), bir oz 
ovalsimon, hujayralari ko‘pincha juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘pincha shilimshiq 
kapsula bilan o‘ralgan bo‘ladi. Aerob, ko‘p miqdorda kislorod bo‘lgan sharoit talab 
qiladi. Bu bakteriyaning hujayralari yoshlik davrida tayoqcha shaklida bo‘lsa, 
rivojlangan sayin ellipssimonlashib, keyinroq esa yumaloq bo‘lib boradi. 
Hujayralarida jigar rang pigment hosil qiladi, qari hujayralari yiriklashib, qalin 


 129 
po‘st bilan o‘raladi va kista hosil qiladi. Azotobakter har 1 g bijg‘igan shakar 
hisobiga 10- 15 mg, ba’zan 20 mg gacha azot to‘playdi. 
Muhitning rN ko‘rsatgichiga juda sezgir, rN ning optimum nuqtasi .7,0-7,2, 
maksimumi 9,0. Agar rN<5,6 bo‘lsa, bu bakteriya uchramaydi, lekin bunday 
tuproqqa oxak solinsa, darhol azotobakter paydo bo‘ladi. Namlikka juda talabchan. 
25- 30° da yaxshi rivojlanadi. Azotobakter bo‘z, qora va podzol tuproqlarda, erta 
bahorda ko‘p uchraydi. 
2. Az agile – hujayralari birmuncha yirik, serharakat bo‘lib, qo‘ng‘ir 
pigment hosil qilmaydi, lekin muhitning bir oz tovlanishiga sabab bo‘ladi. 
3. N. Sushkina sho‘r tuproqlarda Az. galofilum borligini aniqlagan. 
Azotobakter uchun eng yaxshi oziqa mannit - SN
2
ON(SNON)
4
SN
2
ON, lekin 
dekstrin, glitserin, glyukozada ham yaxshi rivojlanadi. Azotobakter azotni 
o‘zlashtirganidan so‘ng birinchi galda NH
3
hosil qilishi aniqlangan. 
Ammo, M. V. Fyodorov azotobakter tomonidan azot to‘planishi boshqa yo‘l 
bilan borishini ko‘rsatdi. U jarayonda, hujayra protoplazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
katalizator ishtirok etishini ko‘rsatib beradi. Bunday fikrga kelish uchun u 
katalizator tarkibiga kiruvchi gruppalarni blokirovka kiladi va buning natijasida, 
azot to‘planish jarayonida karboksil va aminogruppalar ishtirok etmasligini va bu 
jarayonda asosan karbonil gruppa qatnashishini aniqlashga erishdi. Karbonil 
gruppaning kislorodi, gidrazin hosil qilar va hosil bo‘lgan gidrazin aktiv vodorod 
yordamida, qaytarilish reaksiyasiga kirishib, aminokislotalar hosil qilishini 
aniqladi. Reaksiya quyidagicha boradi: 
N
2
+ 2H
+
→ NH=NH 
2NH + 2H
2
→ 2NH
2
OH yoki 
N
2
+ 2H
2
O → 2NHOH 
2NH + 2H
2
O → 2NH
2
OH 
2NHOH + O
2
→ 2NH
2
OH 
gidroksilamin 
Hosil bo‘lgan gidroksilamin organik kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, bir 
qator aminokislotalar hosil qiladi. 
Azotobakterni o‘rganish ustida juda ko‘p ishlar qilingan va bunday 
tadqiqotlar hozirgacha davom ettirilib kelinmoqda. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin