125
Bevosita
denitrifikatsiyada
nitratlar
denitrifikatsiyalovchi
alohida
bakteriyalar gruppasining hayot faoliyati tufayli qaytarilsa, bilvosita denitrikatsiya
jarayonida faqat aminokislotalar bilan nitrit kislota o‘zaro munosabatga kiradilar.
Buning natijasida ham molekulyar azot hosil bo‘ladi. Bevosita denitrifikatsiya
jarayoni tabiatda, ko‘proq tuproqda, go‘ngda va suv havzalarida keng tarqalgan
denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning hayot faoliyati tufayli sodir bo‘ladi:
4HNO
3
= 2H
2
O + 5O
2
+ 2N
2
Bu bakteriyalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
1. Vas. denitroficans tayoqchasimon, peretrixa tipda xivchinlangan, spora
hosil qilmaydi.
2. Achromobacter - mayda tayoqchalar, ko‘pincha zanjir shaklida uchraydi.
3. Pseudomonas fluorescens - harakatchan, tayoqchasimon bakteriya.
4. Pseudomonas pyocyonea-tayoqchasimon; ko‘k tusli pigment hosil kiladi.
Denitrifikatsiya ham oksidlanish, ham kaytarilish jarayonidir.
Bakteriyalar fakultativ anaerob bo‘lib, kislorod ko‘payib ketganda
denitrifikatsiya jarayoni to‘xtaydi. Anaerob muhitda nitratlar va organik moddalar
yetarli bo‘lganda, darxol denitrifikatsiya boshlanadi, muhitda kislorod yetishmasa,
nitratlarni qaytarib o‘ziga kerakli bo‘lgan kislorod oladi. Muhitning rNko‘rsatgichi
-3,2-8,7 oralig‘ida bo‘lsa, bu bakteriyalar yaxshi rivojlanadilar.
Bilvosita yoki bevosita denitrifikatsiya nitratlar bilan aminlarning o‘zaro
ximiyaviy yo‘l bilan reaksiyaga kirishi tufayli boradi, bunda bevosita
denitrifikatsiyaga qaraganda ikki marta ko‘p azot hosil bo‘ladi:
R – CHNH
2
COOH + ONOH = R – CHOH × COOH + H
2
O + N
2
aminokislota organik kislota
Dostları ilə paylaş: