9.1. Immunitet to‘g‘risidagi ta’limot
Yuqumli kasalliklarning ba’zi xili bilan kasallanib, tuzalgan odam shu
kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qolishi allaqachon ma’lum bo‘lgan edi.
Masalan, bir marta qizamiq bilan og‘rigan bola ikkinchi marta bu kasallik bilan
kasallanmaydi.
Odam
organizmining
kasallik
tug‘diruvchi
mikroblarga
berilmasligi
immunitet
deyiladi. Immunitet fiziologik himoya reaksiyalarining
murakkab kompleksidan iborat.
Immunologiya fannni rivojlantirishda Lui Paster,I. I. Mechnikov, Ru,
Bering, L. S. Senkovskiy, G. N. Gabrichevskiy, Borde, Erlix va boshqalar o‘z
xissalarini qo‘shganlar. Immunitet turlari va shakllarining turli klassifikatsiyasi
ma’lum. Shulardan eng oddiy klassifikatsiyaga muvofiq: tabiiy imunitet (buning
tug‘ma turga alokador turi va hayot davomida orttirilgan turi ma’lum) va sun’iy
immunitet (buni vaksinatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan aktiv immunitet va
organizmga shifobaxsh zardoblar yoki gamma globulinlar yuborilganidan keyin
hosil bo‘ladigan passiv immunitet) dir.
Tabiiy immunitet
.
Bu immunitetnnng tug‘ma turi, kasallikka berilmaslikni
vujudga keltiradi. U organizmning biologik xusuyatlaridan kelib chiqadi. Masalan,
odamlar qoramol o‘lati, tovuq vabosi va boshqa kasalliklar bilan kasallanmaydi.
140
Tug‘ma immunitetda hujayralarda ro‘y beradigan bioximiyaviy jarayonlar katta
ahamiyatga ega. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanib bo‘lganidan so‘ng uning
organizmida immunitet paydo bo‘ladi, bu hayotda orttirilgan turidir.
Immunitetning bu turi nasldan naslga o‘tmaydi. Masalan, odam bir marta
ko‘k-yo‘tal, qizamiq, tulyaremiya bilan kasallanganidan keyin hosil bo‘lgan
immunitet umr bo‘yi saqlanadi. Lekin ba’zi bir kasalliklardan keyin hosil bo‘lgan
immunitet uzoq muddatli bo‘lmaydi va organizm bir necha marta og‘rishi mumkin.
Masalan, A tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ng immunitet 1-2 yil, V
tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ng 3-6 yil davom etadi. Gripp
virusining shtammlarining ko‘pligi, ularni doimo o‘zgarib turishi bir shtamga xosil
bo‘lgan immunitet boshqa shtamdan saqlay olmaydi. Gripp virusidagi
neyraminidazani va gemagglyutinini 10 dan ortiq varinatlari bo‘lib, biriga H
1
N
1
varianti H
2
N
2
variantidan saqlay olmaydi.
Chaqaloqlarning passiv immuniteti, ona organizmidagi yo‘ldosh orqali
qorindagi bolaga yoki ona suti orqali chaqaloqqa antitelalar o‘tadi. Bunday
immunitet qisqa muddatli bo‘ladi, lekin uning ahamiyati nihoyatda katta, chunki, u
6 oy mobaynida organizmni mikrob yuqishidan himoya qilib turadi.
Sun’iy immunitet
.
Yuqumli kasallik paydo bo‘lmasligi uchun bu immunntet
organizmda sun’iy yo‘l bilan yaratiladi. Sun’iy immunitetning aktiv va passiv
formalari bor. Aktiv formasi odam organizmiga nobud qilingan yoki
zaiflashtirilgan vaksina yuborish bilan hosil qilinadi.
Zaiflashtirilgan tirik mikroblardan iborat vaksinalar ishlatilganda immunitet
3-5 yil, nobud qilnngan mikroblar vaksinasi ishlatilganda, bir yilgacha davom
etadi.
Sun’iy immunitetning passiv formasi odam organizmiga immunoantitelalar
yuborilganda hosil bo‘ladi. Antitelalar kasallangan hayvonlarning qon zardobidan
olinadi. Passiv sun’iy immunitet bir oy atrofida saqlanadi, so‘ngra antitelalar
yemiriladi va organizmdan chiqarib tashlanadi.
Mahalliy immunitet ham bo‘lib, uni A. M. Bezredka aniqlagan. Bu, turli
organ va to‘qimalarda qo‘zg‘atuvchiga berilmaslikning mahalliy xili. Masalan,
vaksina ichirilsa, kasallik boshlanmaydi, chunki ingichka ichakning shilliq pardasi
vabo vibrioniga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Ichak devorida plazmatik hujayralar
bo‘lib, ular mikroblarga qarshi antitelalar ishlab chiqaradi va mikroblarga salbiy
ta’sir etadi.
Immunitet faktorlari va mexanizmlari
.
Odamni kasalliklarga berilmaydigan
qilib qo‘yadigan himoya faktorlari spetsifik, ya’ni ma’lum bir qo‘zg‘atuvchiga
qaratilgan va nospetsifik, ya’ni odam va ko‘pgina hayvonlarga xos bo‘lishi
mumkin. Nospetsifik faktorlar xilma-xil mikroorganizmlarga qarshi himoyani
amalga oshiradi.
Odam va hayvon organizmida patogen mikroblar kirishiga to‘sqinlik
qiladigan yoki ularni nobud qiladigan tabiiy himoya vositalari bor. Bularga teri,
shilliq pardalar, limfa, ichak va oshqozon shirasi, lizotsim fermenti, o‘t, safro va
boshqalar misol bo‘ladi. Teri organizmga ko‘pgina mikroblarning kirishiga yo‘l
qo‘ymaydigan to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Undan ajralib turadigan ter va yog‘
bezlar tarkibida bo‘lgan sut va yog‘ kislotalarning salbiy ta’siridir, teriga tushgan
141
mikroblar 30 minutdan so‘ng nobud bo‘ladi. Agar teri iflos bo‘lsa, uning
bakteritsidlik xossalari susayib ketadi, shuning uchun terini doim toza holda
saqlash muhim ahamiyatga ega.
Burun, halqum, nafas yo‘llari, ichak, siydik-tanosil yo‘llari va ko‘z
konyunktivlarining shilliq pardasi yanada kuchli himoya xossalarnga ega. Bu
shilimshiq, ko‘z yoshi, so‘lak, hazm bezlari ishlab chiqaradigan sekretlar tarkibida
ko‘pgina mikroblarga salbiy ta’sir etuvchi alohida moddalar bo‘ladi. Ana shunday
moddalardan biri lizotsimdir, u ko‘pgina saprofit mikroblarga, patogen
mikroblarga ta’sir etadi va ularni eritib yuborish xususiyatiga ega.
Nafas yo‘llari shilliq pardasining epiteliysi organizmga kirgan patogen
bakteriyalarni ushlab qoladi va tashqariga chiqaradi. Eng mayda zarrachalar o‘pka
alveolalariga yetib boradi va bu yerda fagotsitlar tomonidan tutib qolinadi, undan
limfa tugunlariga o‘tkaziladi va zararsizlantiriladi.
I. I. Mechnikov fagotsitoz nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Bu
nazariyaning ma’nosi, quyidagilardan iborat: organizmga tashqi muhitdan kirgan
mikroorganizmlarni myozoderma hujayralari hazm kilib yuboradi. Donador
leykotsitlar, limfotsitlar, monotsitlar va plazmatik hujayralar fagotsitlarga misol
bo‘ladi.
Qo‘pgina yukumli kasalliklar vaqtida, bemorning qon zardobida spetsifik
antitelalar hosil bo‘ladi, ularni ma’lum antigen orqali bilish mumkin. Immunitet
reaksiyalari spetsifik va nihoyatda sezgir bo‘lib, diagnostikada keng qo‘llaniladi.
Immunitet reaksiyalari agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, komplementni
bog‘lash reaksiyalaridir. Immunitet reaksiyalari antigen bilan antitelaning spetsifik
ravishda o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan.
Ma’lum antigenlar yordamida bemor yoki tekshirilayotgan odamning qon
zardobida antitelalar bor-yo‘qligini aniqlash mumkin.
Agglyutinatsiya
reaksiyasi
.
Agglyutinatsiya
reaksiyasi
antitelalar
(agglyutininlar)ning yaxlit mikrob hujayralari yoki boshqa hujayralar bilan
spetsifik ravishda o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. Shunday o‘zaro ta’sir natijasida
cho‘kmaga tushadigan aglomerat zarralar hosil bo‘ladi (agglyutinat). Bu reaksiya
ikki fazada o‘tadi: birinchi fazasi - antigen bilan antitelaning spetsifik tarzda
birikishi, ikkinchisi - nospetsifik faza, ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan agglyutinat hosil
bo‘lishidir.
Agglyutinat natriy xlorid ishtirokida cho‘kmaga tushadi. Agglyutinatdagi
mikroorganizmlar uzoq vaqtgacha tirik koladi, lekin harakatchanligini yo‘qotadi.
Agglyutinatsiya reaksiyasi yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasini
hamda ajratib olingan mikroblarning antigen strukturasini aniqlash uchun keng
ko‘llaniladi.
Pretsipitatsiya reaksiyasi
.
Bu reaksiyalarda ishtirok etadigan antitelalar
pretsipitatlardir. Organizmda hosil bo‘ladigan mayda dispersli antigen - antitela
kompleksi oddiy metodlarda qo‘yilgan pretsipitatsiya reaksiyasida ma’lum bo‘ladi.
Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit kasalliklarni diagnostikasida
halqasimon pretsipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka
probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam
142
qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida xalqa, ya’ni pretsipitat paydo
bo‘lishi tegishli antigen borligini ko‘rsatadi.
Komplementni
biriktirish
reaksiyasi
.
Bakteril,
virus,
protozoy
infeksiyalarida, bemorlar qon zardobidagi antigenni topish uchun, shuningdek,
kasal kishilardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va tipini belgilash uchun shu
reaksiyadan foydalaniladi. Bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan
tashqari, reaksiya natijasini ifodalaydigan gemolitik sistema ham ishtirok etadi.
Komplementni biriktirish reaksiyasi ikki fazada o‘tadi. Birinchi fazada -
komplement ishtirokida antigen bilan antitelaning o‘zaro ta’sirini, ikkinchisida
komplementning birikish darajasini gemolitik sistema yordamida bilib olish
mumkin.
Komplementni biriktirish reaksiyasi zaxm (Vasserman reaksiyasi), so‘zak
(Borjangu
reaksiyasi),
toksoplazmoz,
rikketsioz
va
virus
kasalliklari
diagnostikasida ko‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |