131
to‘planadigan hosilning umumiy miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
atmosfera azotining biologik yo‘l bilan o‘zlashtirilishini o‘rganish kishloq xo‘jaligi
va biologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biridir.
Yer qobig‘idagi azotning umumiy miqdori (massasi) 0,04%, havo tarkibida
78% molekulyar azot uchraydi yoki 4×10
15
t ga teng. Lekin na odamlar, na
hayvonlar va na o‘simliklar molekulyar holatdagi azotni o‘zlashtira ololmaydilar.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, bir yilda yer yuzi bo‘yicha o‘simliklar 100-110
mln tonna azot talab qilar ekan. Mineral o‘g‘itlar bilan esa atigi 30 % azot tuproqqa
tushar ekan.
Mishustinning hisobiga ko‘ra, sobiq ittifoq mamlakatlarida barcha
dukkakdosh o‘simliklar bir yilda 2,3 million tonna, azot to‘plovchi bakteriyalar 3,4
million tonna azot to‘plar ekan. Shunday qilib, biologik yo‘l bilan to‘planadigan
azot miqdori 5,7 million tonnani tashkil etar ekan.
Demak, tabiatda azot doim aylanib turar ekan. Yashil o‘simliklar bog‘langan
azotdan va uglevodlardan o‘zining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil
moddalarni sintezlaydi. O‘simliklarni hayvonlar iste’mol kiladi. Nobud bo‘lgan
o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i bakteriyalar tomonidan chirish jarayoniga uchraydi
va NN
3
hosil bo‘ladi. NN
3
ning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, bir
qismi nitrifikatsiyaga uchraydi.
Azot to‘plovchilar atmosfera azotini o‘zlashtirib, yana oqsillar sintezini
ta’minlaydi, bu oqsillar chirituvchi bakteriyalar tomonidan parchalanadi.
Denitrifikatorlar nitratlarni parchalab, atmosferaga azot qaytaradi. Shunday qilib,
azot tabiatda aylanib yuradi.
Dostları ilə paylaş: