7.2. Nitrafikatsiya va denitrafikatsiya jarayonlari
Nitrifikatsiya jarayoni
.
Ammonifikatsiya jarayonida hosil bo‘lgan
ammiakning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, qolgan qismi
nitrifikatsiya jarayonida azot kislotagacha oksidlanadi. Nitrifikatsiya jarayonida
ishtirok etadigan bakteriyalarni 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu jarayon
ikki fazada boradi:
Birinchi fazada Nitrosomonas avlodiga kiruvchi bakteriyalar ishtirok etadi
va NH
3
ni HNO
2
gacha oksidlaydi:
2NH
3
+ 3O
2
→ 2HNO
2
+ 2H
2
O + 658 kJ
Ikkinchi fazada Nitrobacter avlodiga kiruvchi bakteriyalar ishtirok etadi.
Ular HNO
2
va HNO
3
gacha oksidlaydi:
2HNO
2
+ 3O
2
= 2HNO
3
+ 180 kJ
Nitrobacter tuxumsimon shakldagi kurtaklanuvchi bakteriya, rivojlanish
siklida harakatchan bosqichni ham o‘tadi.
Nitrosomonas va Nitrobacter doim birga uchraydi, birining hosil qilgan
mahsuloti, ikkinchisi tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunga
metabioz
deyiladi. Birining
hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi uchun oziqa manbai hisoblanadi.
Nitrifikatorlar ximiyaviy energiya hisobiga S0
2
va N
2
O dan organik
moddalar sintezlaydi, energiyani esa NH
3
ning HNO
2
gacha va HNO
2
ning HNO
3
gacha oksidlanishidan oladilar, ya’ni xemosintez jarayonini amalga oshiradilar.
Nitrifikatsiya jarayonining birinchi bosqichi ikkinchisnga nisbatan jadal
o‘tadi, chunki birinchi bosqichda 658 kJ, ikkinchi bosqichda atigi 180 kJ energiya
ajraladi.
123
Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o‘simliklar singari,
SO
2
ni yoki NaNSO
3
ni o‘zlashtiradi. Bikarbonatlar tez parchalanib, SO
2
hosil
qiladi:
2NaHCO
3
→ Na
2
CO
3
+ CO
2
+ H
2
O
Vinogradskiy, nitrifikatorlar organik moddalarga nisbatan juda sezgir
ekanligini aniqlaydi, juda sezgir, agar muhitda bir oz ko‘proq organik modda
yig‘ilib qolsa, bakteriyalarning o‘sishi sekinlashadi, agar yanada ko‘proq to‘plansa,
bakteriyalar
butunlay
o‘sishdan to‘xtaydi. Bularni quyidagi 8-jadval
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
8-jadval
Nitrifikatsiyalovchi
bakteriyalarning
o‘sishiga organik moddalarning ta’siri
Moddalar
Nitrozomonas
Nitrobakter
o‘sishni
sekinlashtiradi
(%)
o‘sishni
to‘xtatadi (%)
o‘sishni
sekinlashtiradi
(%)
o‘sishni
to‘xtatadi
(%)
Uzum shakari
Pepton
Asparagin
0,025
0,025
0,025
0,05
0,2
0,3
0,05
0,08
0,05
0,2
1,25
0,5
Nitrozomonas bir qism uglerod o‘zlashtirishi uchun, 35 qism azot,
nitrobakter esa 135 qism azot oksidlashi kerak, buni quyidagi jadval
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
9-jadva
l
Nitrozomonas
va
nitrobakteriyalarning
uglerod
o‘zlashtirishi
bilan azotni oksidlashi orasidagi bog‘lanish
Nitrozomonas birligi
Oksidlangan azot
O‘zlashtirilgan uglerod
Azotning uglerodga nisbati
722,0
19,7
36,6
506,1
17,2
33,3
928,3
26,4
35,2
124
Natrobakter
Oksidlangan azot
O‘zlashtirilgan
uglerod
Azotning uglerodga nisbati
475
3,52
135
46
3,55
131
385
2,63
146
Albatta, fotosintezga nisbatan xemosintez jarayonida oz miqdorda organik
modda sintezlanadi, lekin xemosintez jarayonining o‘ziga xos xususiyati bor,
chunki shu yo‘l bilan ham organik moddalar sintezlanishining o‘zi muhim
ahamiyatga ega va boshqa organizmlarning yashashi uchun zamin tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |