P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Birlamchi metabolitlarning olinishi

Birlamchi metabolitlar – mikroblarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan, 
molekulyar massasi 1500 daltondan kam bo‘lmagan, past molekulali birikmalardir. 
Ularning ba’zilari makromolekulalarning qurilish bloki, boshqalari esa 
kofermentlar sintezida qatnashadilar. Sanoatdagi eng muhim metabolitlar – 
aminokislotalar, organik kislotalar, purin va pirimidin nukleotidlari, erituvchilar va 
vitaminlar hisoblanadilar. Mikrob hujayralari, boshqa tirik organizmlar singari 
ko‘p miqdorda birlamchi metabolitlarni ishlab chiqarmaydi. Birlamchi metobolitlar 
ishlab chiqarishda ko‘proq autotrof mikroorganizmlardan foydalaniladi. 
Autotrof mikroorganizmlar sintez qiladigan ko‘plab aminokislotalar va 
nukleotidlar, fermentatsiya jarayonida ishlab chiqariladi. 
Brevibacterium flavum
va 
Corynebacterium glutamicum
shtammlari ozuqa muhiti tarkibidagi qandlarni 1/3 
qismini lizinga aylantira oladilar. Shu yo‘l bilan 1 l muhitda 74 gramgacha lizin 
olinadi. Lizin – metabolitik yo‘lning oxirgi mahsuloti bo‘lib, bu yo‘l metionin va 
treoninni hosil bo‘lishiga ham olib keladi. Lizin va treonin ushbu yo‘lning birinchi 
fermenti aspartatkinaza bilan o‘zaro bog‘lanib, uni faolligini boshqaradi. Ikkala 
aminokislotaning yig‘ilishi aspartatkinaza fermentining faolligini ingibirlaydi. 
Gendagi birinchi tip mutatsiya ushbu fermentning faolligini buzadi hamda treonin 
va metionin sintezini bog‘lab qo‘yadi. Natijada ushbu fermentlar ingibitorlaridan 
biri (treonin) yo‘qoladi. So‘ngra bunday auksotrof mutant tarkibida treonin va 
metionin bo‘lgan muhitga eqiladi. Lekin mavjud bo‘lgan treonin, lizin biosintezini 
to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmaydi va u to‘plana boshlaydi. 2-tip mutatsiyalar 
aspartatkinaza rementining faolligini o‘zgartiradi. Natijada u lizin bilan o‘zaro 
ta’sirga kirisha olmaydi va ushbu aminokislotaning sintezi ingibirlanmaydi. 
Oqsil molekulasini tashkil qiladigan 21 ta aminokislotadan tashkil topgan 
oqsillarning 8 tasi (yosh bolalar uchun esa 10 tasi) almashmaydigan 
aminokislotalar bo‘lib, ular organizmga oziqa bilan birga tushishi kerak. Bulardan 
eng muhimlari metionin va lizindir. Metionin sintetik yo‘l bilan, 80% lizin esa 
fermentatsiya 
yo‘li 
bilan 
biosintetik 
usulda olinadi. 
Aminokislotalarni 
mikrobiologik sintezlashning ahamiyatli tomoni shundaki, bu jarayon natijasida 
biologik faol izomerlar ham olinadi. 


 155 
Natriy tuzi ko‘rinishida ziravor sifatida ishlatiladigan glutamin kislotasi 
Brevibacterium flavum
va 
Corynebacterium 
glutaminicum kulturalaridan olinadi. 
Sanoatda keng ishlatiladigan organik kislotalardan biri sirka kislotasi 
hisoblanadi. U, rezina, plastmassa, atsetat tolalari, farmatsevtik preparatlar, 
insektitsidlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yaponiyada sirka kislota, aminokislota 
ishlab chiqarish jarayonida olib boriladigan fermentatsiyada substrat sifatida ham 
ishlatiladi. 
Sut kislotasi, bijg‘ish yo‘li bilan olingan birinchi organik kislotadir. U oziq 
ovqat sanoatida oksidlovchi sifatida, shuningdek, galvanostegiyada va tez 
parchalanuvchi plastmassa ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Ikkilamchi metabolitlarning olinishi

Ikkilamchi metabolitlar (idiolitlar ham deyiladi) – toza kulturada o‘sish 
uchun zarur bo‘lmagan past molekulali birikmalardir. Ularni chegaralangan 
taksonomik guruhlar ishlab chiqaradilar. Ikkilamchi metabolitlarga antibiotiklar, 
alkaloidlar, fitogormonlar va toksinlar kiradilar. 
Ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar birinchi 
bosqichda tez o‘sadi, so‘ng tropofaza bosqichini o‘taydilar. Bu bosqichda kam 
miqdorda ikkilamchi moddalar sintezlanadi. Mikroorganizmlar o‘stirilayotgan 
ozuqa muhitida bitta yoki bir nechta ozuqa moddalarini kamayishi hisobiga 
idiofazaga o‘tiladi. Aynan shunday sharoitda idiolitlar sintezi kuchayadi. 
Antibiotiklar olinayotganda, mikroorganizmlar ko‘pincha tropofaza vaqtida 
o‘zining shaxsiy antibiotiklariga sezgir bo‘lib qoladi. Idiofazada esa ularga 
nisbatan chidamli bo‘ladi. Antibiotik ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarni o‘z-
o‘zini yo‘q qilishini oldini olish maqsadida, tezlik bilan idiofazaga o‘tqazib olishga 
xarakat qilinadi. So‘ngra mikroorganizmni ushbu fazada o‘stirish davom ettiriladi. 
Antibiotiklar – mikroblar sintezlaydigan farmatsevtik birikmalarning eng 
katta sinfidir. Bu sinfga zamburug‘larga qarshi dorilar, o‘smaga (shishga) qarshi 
dorilar va alkaloidlar kiradi. 
Filamentoz zamburug‘larning 6 turi (xususan, sefalosporinlar --- 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin